Hotam Umurov adabiyot qoidalari


Povest (ruscha so‘z bo’lib, hikoya, rivoyat qilish



Download 1,16 Mb.
bet93/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Povest (ruscha so‘z bo’lib, hikoya, rivoyat qilish demakdir)ning asosiy belgisi, unda „hayotiy qamrovning romanga nisbatan torligi, hikoyaga nisbatan kengligi; shunga muvofiq sujet va kompozitsiyaning ham romanga nisbatan soddaligi, hikoyaga nisbatan murakkabligi hisoblanadi“ (N. Hotamov, B. Sarimsoqov, 235- bet). „Romanda olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi“ bo’lishi shart bo’lsa, bu hodisaning bir qismi (parchasi)ning bir-ikki qahramon taqdiri misolida yechilishi povest uchun yetarlidir. Faqatgina hayotiy voqealar tasviridan katta umumlashmalar chiqarish, muayyan davr hayot tarzidan insonparvarlik falsafasini yorqin e’zozlash pafos darajasiga ko‘tarilishi kerak. Shu sababli V. Belinskiy: „Povest ham ayni romanning o‘zginasidir, faqat kichik hajmdadir, asarning hajmi mazmunning hajmi va mohiyatiga qarab belgilanadi“, degan edi „Poeziyaning xil va turlarga bo’linishi” maqolasida.

Povestda sujet ham, konflikt ham, kompozitsiya va boshqa unsurlar ham qissaga nisbatan ixchamroq bo’ladi, tezroq suratda rivojlanadi, realizm yetakchilik qiladi va chuqurroq ifodasini topadi. Asardagi asosiy personajlarning hayotlarida yuz bergan bir qator tipik voqealar siqiq tarzda, ko‘pincha, bitta yetakchi sujet yo‘nalishiga asoslangan holda yoritiladi. Jumladan, G‘. G‘ulomning „Yodgor“ Povestida Jo‘ra xarakterining shakllanishi bilan bog’liq voqealar tasvirlanadi, barcha voqealar, Yodgor, Saodat, Mehrixon, Abdug‘ani, Obid, Umar aka kabi obrazlar qahramon Jo‘ra xarakterining o‘ziga xos xususiyatlarini ochishga, asardagi insoniylik g‘oyasini bo‘rttirib ko‘rsatishga bo‘ysunadi. G’. G‘ulomning „Shum bola“, S. Ayniyning „Sudxo‘rning o’limi”, A. Qahhorning “Sinchalak”, O’. Hoshimovning „ Dunyoning ishlari “, N . Aminovning „Bir asr hikoyati” povest janrining yetuk namunalari sanaladi.

Poema (yunoncha „poiema“ — ijod)da hayot va odamlar qalbi epik (voqea) va lirik (kechinma, tuyg‘ular) tarzida kashf etiladi. To‘g‘rirog‘i, poemada enika va lirika birlashgan holda, yaxlit liro-epik oqimni vujudga keltirib, hayotiy voqea-hodisalarning va qahramon xarakteridagi kuchning ruhi (qalbi)ni ochadi, tahlil qiladi, hayajonli ifodalaydi. „Qisqasi, poema qalb qo‘shig‘i, undagi lirik element ham, epik element ham poeziya, qo‘shiq darajasiga ko‘tarilgan bo’lmog‘i lozim... Poemada voqea, dramatizm asosan qahramon qalbi orqali o‘tadi. Poemada kitobxonni voqealarning izchil tasviri emas, balki voqealar tufayli qahramon qalbida tug‘ilgan psixik kechinmalar — dramalar, o‘ylar, tuyg‘ular tasviri qiziqtiradi“84. Lekin bu poemada epik tasvir ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi, degani emas. Balki qahramon qalbidagi cheksiz o‘ylar, behisob tuyg‘ular dramatizmning haqqoniyligini, samimiyligini, boshqacha bo‘lishi mumkin emasligini asoslovchi, keltirib chiqaruvchi, rivojlantiruvchi omildir. Ana shu xislati bilan u epik turning “qo’shig’i”dir.

Poema —lirik, epik, liro-epik, dramatik bo’lishidan qat’i nazar, ularning barchasida hayot (davr)ninp epik qiyofasi shoir shaxsiyati (to‘g‘rirog‘i, lirik qahramon) qalbi orqali ochiladi; voqea hukmronlik qiladi, uning hukmiga asosan qalb qo‘shig‘ini kuylaydi. Lekin bu qo‘shiq doston janriga nisbatan ixcham, anchayin kichik, ayni pavtda, o‘ta real, o‘ta lirikdir.

„Zaynab va Omon“ (Hamid Olimjon), „Toshkentnoma“ (Maqsud Shayxzoda) “Surat“ (Mirtemir), „Ruhlar isyoni“ (Erkin Vohidov), ,,Jannatga yo’l” (Aodulla Oripov), “Xalil Sulton“ (Usmon Azim) kabi barkamol asarlar poema janrining barcha xislat-u fazilatlarini, mumtoz xususiyatlarini o‘zida jamlagan.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish