Hotam Umurov adabiyot qoidalari


Ruboiy (arabcha — to‘rtlik)



Download 1,16 Mb.
bet101/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Ruboiy (arabcha — to‘rtlik) „ikki baytli she’r“ bo’lib, uning yuzaga kelishiga, xalq she’riyatidagi to‘rtliklar asos bo’lgan“ (B. Sarimsoqov, N. Hotamov). Aruz hukmronlik qilgan davrlarda „Hazaj bahrining „ahram“ va „ahrab“ shajaralaridagi 24 sho‘bada yaratilgan... uning yetakchi janr belgisi — undagi chuqur mazmunni hazaj bahri vaznlarida ifodalash“ (R. Orzibekov) sanalgan.

„Odatdagi ruboiyning birinchi misrasi tezis, ya’ni shoir keyin isbot qilishi lozim bo’lgan fikrning da’vo shaklida o‘rtaga tashlashidir. Ikkinchi misra — antitezis avvalgisiga zid, uning aksidek jaranglaydi. Biroq dastlab qo’yilgan tezisning isbotiga xizmat qiladi. Uchinchi misra qofiyasiz bo’lib, moddayi ruboiyya deb ataladi. Shoir xulosa chiqarishga tayyorlanar ekan, bu go’yo asosiy maqsadga, xulosaga olib keluvchi ko‘prik burchini o‘taydi. Nihoyat so‘nggi misrada maqsadning ochiq, ravshan aytib tugatilishi sintezdir. Ruboiy, to‘rt misraga sig‘dirilgan butun bir she’riyat dunyosi, insonning g‘oyat xilma-xil va juda boy fikr-hislari, „qalb dialektikasi“ning ajoyib tarjimonidir“89.

Ruboiy qofiyalanishiga qarab ikki xil bo’ladi. Agar u a-a-b-a tarzida qofiyalansa xosiy ruboiy, a-a-a-a tarzida qofiyalansa taronayi ruboiy deb yuritiladi.

Bugungi poeziyamizda ham ruboiylar ko‘plab yaratilmoqda „... inson hayotida, ichki kechinmalarida yuz bergan eng teran va keskin lahzalardagi mulohaza va fikrlarni quyma satrlarda gavdalantirishi“90 va uning falsafiy mohiyatini g‘oyatda chuqur, ixcham va lo‘nda aks ettirishi hazaj bahridan keyingi yetakchi belgiga aylandi.

Shoirlar majlisi — hislar to‘foni,

O‘tkir tuyg‘ularning tinmas bo‘roni,

Unda olam tirik, ona-Yer uyg‘oq,

Unga erisholmas dunyo sultoni.

(To’lan Nizom. „Uch yuz uch ruboiy“)
Ular (bahr va falsafiylik)ning bir butunligi, ayniqsa, Umar Xayyom ruboiylarida go‘zal ifodasini topgan. Xayyom mayni — Allohni ulug’laydi, undan boshqa ishonchi ham, umidi ham, hamdami ham yo‘q. Uning faryodi ham, tug‘yoni ham, baxti ham, baxtsizligi ham o‘zligining mohiyati falsafasiga aylanib, quyma satrlarda jilolanaveradi. Ha, „Xayyom ruboiylari foniy bandaning javobsiz faryodlaridir“ (A. Muxtor):

May ichsang, oqil-u dono bilan ich,

Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.

Oz-oz ich, goh-goh ich, ham yashirin ich,

Ezma, rasvo bo’lma, hayo bilan ich.
Yoki:

Ichganda, aqldan begona bo’lma,

Es jo‘yib, jahlga sen xona bo’lma.

Istasang qizil may halol bo’lishin,

Hech kimni ranjitma, devona bo’lma.

Tuyuq (arabcha — tuslash, tuymoq) lirikaning o‘ynoqi, shoirning so‘z san’atini yaqqol ko‘rsatuvchi janrdir. R. Orzibekovning ta’kidlashicha, 1) tuyuq „to‘rt misradan iborat mustaqil va to’liq ma’noga ega bir butun asar ekanligi; 2) ko‘proq a-a-b-a, ba’zan a-a-a-a shaklidagi qofiyalanishi; 3) xuddi ruboiydagi singari tezis (1- misra), antitezis (2- misra), moddayi tuyuq (3- misra) va sintez (4-misra) kompozitsiyasiga ega bo’lishi va nihoyat 4) murabba’ she’rlaridan farqli o’laroq so‘nggi misralarda shoir taxallusining ko‘rsatilmasligi kabi xususiyatlari bilan ruboiylarga o‘xshasa ham, ammo o‘ziga xos yagona vazn — „ramali musaddasi maqsur“ (foilotun foilotun foilun)da yozilishi va shu „vazn bilan o‘z badaniga noz libosini kiyishi“ (A. Jomiy), aksar qofiyalarining tajnisli so‘zlardan iborat bo’lishi bilan farq qiladi“91.

Tuyuqlar tajnis san’atining ishtirok etishi yoki etmasligiga ko‘ra 1) tajnisli va 2) tajnissiz tuyuqlarga bo’linadi. Garchi bitta vaznda yozilishi shartligi uning imkoniyatlarini cheklasa-da, shoirning omonimlardan foydalanish mahoratini to’liq namoyon etishi bilan ardoqlidir. Jumladan:

G‘am yuki to qomatim yo qilmadi,

Ohim o‘tig‘a falak yoqilmadi,

Qilmadi rahmi mango, xud o‘zgaga

Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi.
Ogahiyning tuyug’idagi qofiya shaklan bir xil, mazmunan uch ma’noga ega bo’lgan „yo qilmadi“ so‘zi asosiga qurilgan, birinchi misrada — qomatni egmadi, g‘am yukida qomatim bukilmadi ma’nosida, ikkinchi misrada — ohim o‘tidan falak yonmadi ma’nosida, to‘rtinchi misrada — qilmadi ma’nosida qo’llanilgan.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish