Chora yo‘qtur chu bu nav’ ermas ekandur taqdir,
Mumkin ermas kishi taqdirg‘a bermoq tag‘yir.
Do‘stlar, dahr vafosini xayol aylamangiz,
Burj-u kohig‘a tama’ g‘ayri zavol aylamangiz.
Turfa mahbub durur umru vafosi yo‘q aning,
Andin istarg‘a vafo fikri mahol aylamangiz.
Har kishi komil erur, bas ang‘a haq bandalig‘i,
Mundin o‘zga tama’i kasbi kamol aylamangiz.
Yo‘q jamol ichra vafo husnig‘a dog‘i bunyod,
G ‘arroi husn bo’lib arzi jamol aylamangiz.
Olami foniy uchun ranj-u mashaqqat chekmang,
Mol uchun g‘am yemangiz, fikri manol aylamangiz.
Ishq dardig‘a Navoiy kebi mag‘rur o’lmang,
O‘zni har mahvash uchun shifta hol aylamangiz.
Turk piri kebi olamdin etakni silking,
Do‘stdin g‘ayri tamannoi visol aylamangiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |