Hotam Umurov adabiyot qoidalari


BADIIY-TASVIRIY VOSITALAR



Download 1,16 Mb.
bet48/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

BADIIY-TASVIRIY VOSITALAR
Tayanch tushunchalar

Trop ko‘chimlar. Jonlantirish, mubolag‘a, litota. Sifatlash, o‘xshatish, tazmin, musoviyat tarafayn. Lafziy san’atlar. Ma’naviy san’atlar. Lafzi-yu ma’haviy san’atlar.
Badiiy asarda so‘z yoki so‘z birikmasining ko‘chma ma’noda qo’llanishi — trop (grekcha „tropos“ — ko’chim)lar deb yuritiladi. Aslida tilimizdagi hamma so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilishdan tug’ilgan bo’lsa ajabmas. Lekin ularning dastlabki davrdagi asl ma’nosi vaqt o‘tishi bilan odamlar tomonidan, ko‘pincha, unutib yuboriladi.

Trop — majoz (arabcha — so‘z yoki iboraning ko‘chma ma’noda ishlatilishi va shunday ma’noda ishlatilgan so‘z, ibora), tashbeh (arabcha o‘xshatish; majoz), ko‘chim (trop, oborot ma’nosini beradi) deb ham ataladi.

Ko‘chimlar adabiyotga jilo, joziba, ta’sirchanlik, bo‘yoqdorlik kabi ko‘plab rang-barang fazilatlarni beradi. Quyosh tomchida akslanganidek, san’atkorning badiiyati qudrati alohida olingan birgina tropda o‘zini namoyon eta oladi. Behisob majozlardan bir nechtasini o‘rganishning o‘ziyoq sizni mustaqil izlanishga, qolganlarini izlab, topib, talqin qilishga chorlaydi.

Badiiy-tasviriy vositalarning hammasi ham ikki vazifani o‘taydi:

1. Badiiy asarda ifodalangan g‘oyani, shu g‘oyani tashuvchi obrazlarni hayotiyroq va ta’sirliroq ifoda qiladi. Bu mazmuniy vazifa.

2. Misralar, baytlar, bandlarning (demakki, badiiy asarning) lafziy musiqiyligini, jilosini, jozibadorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu shakliy vazifa.

Mazmun va shaklning monolitlik xislati bu vositalarga ham xos bo’lgani sababli ular ikki vazifani birvarakayiga va bir vaqtda o‘taydilar. Ularning har biri san’atkor badiiy mahoratining kichik o’lchovi bo’la oladi, ya’ni san’atkor badiiy dunyosining hayotiyligini, go‘zalligini, betakrorligini, yangiligini ko‘z-ko‘z qila oladi. Kitobxonni hayratga sola biladi.

Hazrat Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida bir voqea bor: Kunlarning birida Lutfiy va Alisher Navoiy uchrashganlarida yomg’ir yog‘ayotgan bo’ladi. Lutfiy yomg’irga ishora qilib, Amir Xisrav o‘z g‘azallaridan birida shu hodisani nafislik — san’atkorlik bilan tasvirlaganini aytadi: mahbuba bahor ayyomida biron tomonga ketayotganida yomg’ir tufayli yerga yiqilay debdi-yu, noziklikdan yomg‘ir rishtalari (tomiri)ni ushlab qaddini rostlab olibdi. Navoiy bundan hayratga tushadi va uni saroy ahliga so‘zlab beradi. Hamma lol qolsa-da, sinchkov Husayn Boyqaro e’tiroz bildiribdi: „... ul e’tiroz budirkim, yol yog‘in qatrasi yuqoridin quyi inib keladur, muqarrardurkim, rishtag‘a dag‘i hamul holdir. Rishtaikim, mayli quyi bo’lg‘ay, aning madadi bilan yiqiladurg‘on o‘zin asramog’i maholdir“.

Ko‘rinadiki, badiiy tasviriy vosita qanchalik hayratomuz bo’lmasin, uning asosida hayot (yomg’ir) mantig’i buzilmasligi, yangiligi, betakrorligi asoslangan bo’lishi, kitobxonni to’liq ishontirishi badiiy qonuniyat bo’lib qolaveradi. Ana shu qonuniyatga amal qilgan san’atkorning badiiy mahorati namuna bo’la oladi.

Ha, „Shoirlarimiz borki, yozganlari, bir qaraganingda bus-butun, ravon, qofiyalar joyida. Lekin ularning asarlari na adabiyot tarixida, na xalq qalbidan bir umr joy olishi gumon. Sen minglab satr she’r yozsang-u, shundan aqalli ikki-uch misrasi ham yuraklardan joy olmasa — bu shoir uchun katta fojia. „Ey yor, men seni sevaman“. Ana shu gapni Mirza G‘olib „Ey yor, ostonang oldida yotgan toshni nima qilarding nariga surib qo‘yib, axir u mening peshonamga urilaverib, o‘z-o‘zidan yo‘q bo’lib ketardiku!“ deb berishida juda kuchli obrazlilik barq urib turibdi“56.

Xullas, bu mulohazalarning yanada chuqurroq, osonroq, aniqroq isbotini jonlantirishda, mubolag‘ada, litotada, o‘xshatishda, sifatlashda, tazminda ham ko‘rish mumkin.



Jonlantirish — odamlarga xos xususiyatlarni jonsiz predmetlarga, tabiatning turli hodisalariga ko‘chirish orqali, to‘g‘rirog‘i, ularni insoniylashtirish orqali paydo bo’ladigan tasvirdir. Bu tasvirning ikki xil ko‘rinishi mavjud: Birinchisi, tashxis (shaxs bilan bog’liq) jonsiz narsalarni jonlantirish usulidir; masalan, badiiy asarda quyosh yuguradi, daryo shoshadi, samo (yulduzlar) ko‘z yosh to‘kadi, harsang (tog‘) bardosh va sabr ko‘rsatadi, gul kuladi, bulutlar xo‘mrayadi, qovoq osadi, yig’laydi, tun uxlaydi, oy yuradi, yulduzlar guvohlikka o‘tadi, qashshoqlik kuladi...

„Zoriqtirmay kelsang-chi bir,

Intizor qilding buncha...“,

Deb yaproqlar tebranadi,

To charchab uxlaguncha.
Quyosh chiqib isitsa ham,

Sendursan deb o‘ylaydi.

Tunda oy kezib o‘tsa ham,

Sendursan deb o‘ylaydi.


Agar shamol qo‘zg‘ab qolsa,

Titrashadi keldi deb,

Yerga qadar egiladi,

Aytganlarim bo’ldi, deb.


Noyob yigit, bosib o‘t, deb

To‘kiladi yo’lingga.

Gul barglari uchishadi,

Tushayin deb qo’lingga.


Yori o‘tkazib ketgan nihol — judayam intiqqan, beadad sog’ingan, sadoqatli dildor, „ko‘zlariga surtmoq uchun erining gardi (changi, zarrasi)ga zor o‘zbek ayolining qalbi bo’lib so‘zlaydi. Bu qalbning yorga bunchalik intizorligini faqatgina jonlantirish san’ati, bu san’atning ustamoni Hamid Olimjongina g‘oyatda ta’sirli qilib, zarur milliylikka o‘rab tiriltira oladi. Bu san’atkorlikdir, bu insoniylikdir, bu ibratomuz darslikdir.

Ikkinchisi, intoq (nutq bilan bog’liq) nutqi yo‘q narsa va predmetlarni nutq egasi sifatida jonlantirish usulidir; masalan, badiiy asarda ot ham so‘ylaydi („Alvido, Gulsari“, Ch. Aytmatov), Qo‘zichoq va bo‘ri bahs yuritadi („Bo‘ri bilan qo‘zichoq“, ertak). Erkin Vohidovning „Aruz va barmoq“ she’rida ular o‘rtasidagi nifoq jonlantirishning ikkinchi usuli vositasida quyidagicha badiiylashtiriladi; ular o‘zlarining „jonli qiyofalari“ bilan jonlanadi:

Aruziy barmoqni

To‘pori, deydi.

Sen pastsan, men sendan —

Yuqori, deydi.

Barmoq uni ko‘hna —

Xarobasan, der,

Arobasan, der,

Parvozlar asrida.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish