Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet46/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

MAXSUS LEKSIK BOYLIKLAR
Tayanch tushunchalar

So‘z va so‘zlarning leksik ma’nolari. Omonim, sinonim, antonim. Eskirgan so‘zlar, jargonlar, yangi, sheva, dag’al, chet so‘zlar.
Leksikologiya ilmining uqtirishicha51, so‘zning ikki xil — grammatik va leksik ma’nolari bo’ladi. Jumladan, ,,O‘rik gulladi“ gapining grammatik ma’nosi deganda, „O‘rik“ turdosh ot, bosh kelishik shaklida kelgan, son jihatidan birlikdir. „Gulladi“ — fe’l so‘z turkumiga oid, o‘tgan zamon, uchinchi shaxs, birlik, o‘timsiz, aniqlik maylini bildirishi tushuniladi; leksik ma’nosi deganda, „o‘rik“ — meva daraxtining bir turini, „gulladi“ so‘zi esa o‘rikning gul ochishga kirishganligini bildiradi.

So‘zning faqat leksik jihatini ko‘zdan kechirganimizda ham, u o‘ta murakkabdir, ya’ni so‘z har qanday ma’noga ega bo’lsa-da, uning mavqe darajasi bir xil emas, ularning barchasi ham muayyan tushunchani bir xilda ifoda qila olmaydi. Jumladan, „barno, zebo, go‘zal, malak“ sinonimlari —„chiroyli“ tushunchasini beradi, lekin „malak“ so‘zi o‘z sinonimlaridan ifodadagi belgi („chiroylilik“) darajasining judayam ortiqligini, undan pastrog’ini „barno“ , „barno“dan pastrog’ini „go‘zal“ ifoda qiladi. Masalan, H. Olimjonning „Oygul va Baxtiyor“ dostonida husnda tengi yo‘q Oygulni ko‘rgan podshoning aqli shoshadi, chunki u:

Bunday go‘zal yulduzni,

Bunchalik barno qizni,

Aslo ko‘rmagan edi,

Ishrat surmagan edi.


Bu tasvirda „go‘zal“ga nisbatan „barno“ so‘zi „chiroylilik“ tushunchasini bir bahya balandlatadi va shu insoniylashgan xislati bilan kitobxonda emotsional (hissiy) tuyg‘uni tiriltiradi.

Demoqchimizki, adabiyot uchun so‘zning asl va ko‘chma ma’nolari, ya’ni leksik ma’nosi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aniqrog’i, tasavvur qilishingiz uchun shuni aytish yetarlidir: „anor, shirin, yemoq“ kabi so‘zlar predmet, belgi, harakat va holat haqida ma’lumot beradi, asl ma’nosini bildiradi. Bu so‘zlardagi ma’no xususiyatlarini odamga ko‘chirilsa (insoniylashtirilsa), ko‘chma ma’noda ishlatilsa — „Anor yuzli, shirin so‘zli Oybek yemoqqa kirishdi“, desak, „Oybek“ degan odam (tushuncha)ning ko‘rinishini, sifatini, holatini ongimizda in’ikos ettiramiz, aniq tasavvur qilamiz.

Adabiy asar tilining obrazliligini, ta’sirchanligini, muallif va qahramonlar nutqining badiiyligini, oqibatda, muayyan g‘oyaning tirikligini ta’minlashda shakldosh (omonim), ma’nodosh (sinonim), zid (antonim), eskirgan (arxaizm), tarixiy (istorizm), yangi (neologizm), sheva (dialektizm) va shu kabi so‘zlarning ham ahamiyati beqiyosdir. Ularning jami maxsus leksik boylik (resurs)lar deb yuritiladi.

1. Omonim (yunon. „homos“ — bir xil va „onyuma“ — nom) shakli (talaffuzi va yozilishi) bir xil, ammo ma’nolari har xil so‘zlar va iboralardir.

Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,

Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.

Nasihatim yod qilib ol, yolg’izim,

Yolg’iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot.


Fozil Yo’ldosh o‘g’lining „Ravshan“idan keltirilgan bu nasihatomuz tuyuqning birinchi misrasidagi „ot“ — „nom“ ma’nosida, ikkinchi misradagi „ot“ — „qo‘y“ („itqit“ , „otib yubor“) ma’nosida, to‘rtinchi misradagi „ot“ — „hayvon“ ma’nosida qo’llanilmoqda.

Badiiy asarda so‘zlarning yoki ayrim harflarning talaffuzi va yozilishidagi o‘xshashligi asosida bir xil yoki o‘xshash shaklda ham turli ma’nolar ifodalanishi mumkin:

Qizarib pishgan olmadi,

Olmadan nega olmadi?

Olmagani xo‘p bo‘bdi,

Endi kelsa — olma di!


(Birinchi misradagi „olma“ — meva, ikkinchisidagi „olmadi“ —uzmadi, to‘rtinchisida „olmasin” ma’nosida qo’llanilmoqda.)

Omonim ko‘p ma’noli so‘zlar (polisemantizm)ga ham o‘xshab ketadi. Ko‘p ma’noli so‘zlardan biri „jon“ so‘zidir. ,,O‘zbek tilining izohli lug‘ati“da uning (I tom, 286-287- betlar) o‘n uch xil ma’nosi qayd qilingan. 1. Din va falsafada: tandan jon chiqib, ruhga aylanib abadiy yashaydigan narsa. 2. Sezuvchi, his etuvchi tan, badan. 3. Hayot, hayot-mamot. 4. Kishi, odam. 5. Ko‘pincha, aniqlovchilar bilan qo’llanib „bosh“, „jussa“ (Qiz joning bilan qayoqqa borasan!) ma’nolarini ifodalaydi. 6. Ko‘chma ma’nolarda: kuch, quvvat, mador. 7. Yaxshi ko‘radigan, sevimli, yoqimli kishi yoki narsa. 8. Biror ish, soha yoki doirada ilhomlantiruvchi, tashkil etuvchi, tashkilotchi shaxs. 9. Hayot manbayi, hayot bag’ishlovchi narsa va h. k.

Ko‘rinadiki, „jon“ so‘zining hamma ko‘chma ma’nolari uning asl ma’nosidan kelib chiqadi, ular o‘rtasida ichki bog’lanish bo‘ladi. Omonimlarga bu xususiyat xos emas. Shu sababga ko‘ra yuqoridagi „ot“ va „olmadi“ so‘zlari — omonim, „jon“ so‘zi esa polisemantizmdir.

2. Sinonim (yunon. „synonymas“ — bir xil) shakli (talaffuzi va yozilishi, hissiy buyog’i va ohangi) har xil bo’lgan ma’nodosh so‘zlardir. Jumladan, barno, dilbar, zebo, gulyuz, dildor, dilnavoz, dilozor, malak, nigor, pari, parivash, sanam, sitamgar, ma’shuqa, farishta kabi so‘zlar „yor“ va „go‘zal“ ma’nolarini ifodalagan. Ikki yoki undan ortiq ma’nodosh so‘zlarning kelishi — sinonimik qator. Shu qatordagi so‘zlardan adabiy tilda eng ko‘p ishlatiladigani bosh (dominanta) so‘zdir. Beg‘ubor, zilol, musaffo, nafis, jilvakor, fusunkor sinonimik qatorning bosh so‘zi „beg‘ubor“dir.

Chappar urib gullagan bog‘in,

O‘par edim Vatan tuprog’in.

Bu shundayin ajib diyordir,

Buning qiziq hikmati bordir.

Shunday o’lka doim bor bo’lsin,

Shunday o’lka elga yor bo’lsin.

Yuqoridagi misolda „Vatan“ ma’nosi „Vatan“ so‘zidan tashqari „diyor“, „o’lka“ so‘zlari orqali qirralarini chuqurlashtirgan, bir-biriga muvofiqligi — musiqiylikni yuzaga chiqargan.

3. Antonim (yunon. „antonimos“ — qarshi nom, zid) bir-biriga qarama-qarshi, teskari ma’nolarni ifodalovchi so‘z va iboralardir. Jumladan, E. Vohidovning „Yomonning so‘zi“ she’ri shunday boshlanadi:

Sen yaxshisan,

Men yomondirman,

Sen borsanki, men omondirman.

Meni qattol yaratgan hayot,

Seni qilgan ojiz, benajot.

Sen — niholsan, zavoling o‘zim,

Sen — tiriklik, men esa — o’lim.

Kunduz bo’lang, men tun bo’laman,

Sen bor bo’lsang, butun bo’laman.

Beomonman, lekin omonman,

Chunki sendek men ham insonman.
Bu bandda „yaxshi-yomon“ , „qattol-ojiz“ , „tirik –o’lik “, „kunduz-tun“ kabi bir-biriga zid so‘zlarning ketma-ket kelishi „Yomon“ning ichki dunyosini bo‘rttirib va yorqin qilib ifodalashga yordam beryapti, eng asosiysi, „Yomon“ni borligicha namoyon bo’lishiga imkoniyat yaratyapti.

Mumtoz adabiyotda ham bu vosita ko‘plab qo’llanilgan bo’lib, u tazod deb yuritilgan. Tazodda qarama-qarshi qo‘yilgan ikki taraf (obraz, predmet, hodisa) ayni zamonda uzviy ravishda bir-biriga bog’lanib kelgan.

E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo,

Sheva birla ko‘zlaring jonimni bemor ayladi.


Ey, Iso payg‘ambar nafaslik (Iso payg‘ambarning nafaslari jonbaxsh bo’lgan) begim, daming (og‘zing) birla shifo bergil, chunki jonimni sheva bilan ko‘zlaring bemor ayladi, mazmunini keltirib chiqarish uchun og‘iz bilan ko‘z qarshilantirilmoqda, ayni paytda, ular bir-biriga bog’liq, ikkalasi ham yornikidir.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish