Hotam Umurov adabiyot qoidalari


Giperbola (grekcha „huperbole“ — mubolag‘a)



Download 1,16 Mb.
bet49/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Giperbola (grekcha „huperbole“ — mubolag‘a) mubolag‘a (arabcha — lof urish, bo‘rttirish)da san’atkor tasvirlanayotgan shaxs, predmet, voqea-hodisalarni boshqalaridan ajratib ko‘rsatish, diqqatini jalb qilish maqsadida judayam bo‘rttirib tasvirlaydi. Aslida, san’at va adabiyotning hamma vositalarida, ularning voqe bo’lishi va yashashida mubolag‘a qatnashadi; mubolag‘a qatnashmasa san’at ham, adabiyot ham bo’lmaydi. Ularning asosida real tasavvur qiladigan, odam to’liq ishonadigan mubolag‘a bo’lsa, giperbola usulida bu yanada orttirib, o‘ta kuchaytirib tasvirlanadi. Bu usul ko‘pincha sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish kabi vositalar bilan hamkorlik qiladi va shu yo‘1 bilan o‘zining behisob qudratini, o’lchovi yo‘q kuchini yaqqolroq namoyish etadi. Masalan, shu vosita asosida yaratilgan mifologik obrazlarni ko‘plab uchratish (Dev, Ajina, Iblis; Gerakl, Prometey, Ram, Ilya Muromes) mumkin. Ular shu qadar bo‘rttirilgan mubolag‘a bilan tasvirlanadiki, ularning real qiyofasini shartli suratda tasavvur qilish mumkin. „Alpomish“da:

Shomurti yoqalab har yoqqa ketgan,

Ichida sichqonlar bolalab yotgan,

Izidan tushgan pishak oltoyda yetgan..

Odam tushmas uning aytgan tiliga,

Besh yuz quloch arqon yetmas beliga.

Bu qalmoqdir Qalmoqlarning ravishi,

Oh ursa olamni buzar tovushi,

To‘qson molning terisidan kovushi... —
kabi tasvirlar orqali qalmoq alplarining vahimali obrazlari yaratiladi. Alpomishning shunday haybatli dushmanlar ustidan g‘alabasi — uning o‘ta mard, benihoyat jasorat egasi ekanligini ta’sirli qilib ko‘rsatadi. Uning qiyofasini alohida ajratib alplardan-da zo‘r haybatliligini yorqin ifodalaydi. Adabiyotshunoslikda bu san’atning uch xil ko‘rinishi borligi qayd qilingan:

1. Tasvirdagi bo‘rttirishni aql qabul qilsa-da, lekin hayotda u uchramaydi. Bu tablig’ (arabcha katta, kuchli ma’nosini beradi) deb yuritiladi: „Olganing oltin, ko‘zlaganing kumush bo‘lsin“, ,; Tuproq olsang — oltin bo’lsin“ kabi.

Qamarg‘a buyla tosh o‘lg‘och havola,

Bo’lub qalqon aning olida hola.


Ko‘rub anjum yog‘arni ul ushoq tosh,

Taharrukdin o‘g‘irlab har taraf bosh.


Ushoq tosh aylabon gardun yuzin resh,

Nechukkim qullalar hamun yuzin resh.


Falak har lahza garchi bosh o‘g‘urlab,

Yer uzra yog‘dururg‘a tosh o‘g‘urlab.


Jafo toshiki holo charx etar fosh,

Hamonokim tuganmaydur hamul tosh.


Farhod tog‘ning toshlarini yo‘nar ekan, uning metinidan uchgan toshlar borib oyga tegarkan. Oyga toshlar shu xilda otilavergach, u atrofdagi gardishini o‘ziga qalqon qilib oladi. Yulduzlar bunday ushoq toshlarning yog‘ishini ko‘rib o‘z boshlarini har tarafga olib qochar edilar. Cho‘qqilardan sahroning yuzi ilma-teshik bo’lganday, ushoq toshlar ham osmon yuzini g‘alvir qilib yuborgan edi. Ayni vaqtda osmon har nafas boshini olib qochgani bilan yer yuziga qayta yog‘dirish uchun tosh o‘g‘irlar edi. Taqdir — falak jafo toshini yog‘dirishdan haligacha to‘xtamaganining sababi ham hali o‘sha yig‘ib olgan toshlarning tugamaganidir.

2. Tasvirdagi aqlga sig‘maydigan, inson tafakkuri mantig’iga to‘g‘ri kelmaydigan mubolag‘a ig‘roq yoki ifrot (arabcha — haddan oshish, chegaradan tashqariga chiqish) deb yuritiladi: „Sar hovuzdan katta edi kosasi...“ ( „Alpomish“), Semurg‘ uchganda bo‘ron qo‘zg‘oladi, yashin uchganday bo’ladi, qanoti ko‘kni qoplaydi (H. Olimjon, „Semurg‘“) kabi.

Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o’ltirur,

G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo’lur.


Atoiyning tasviricha, bu sanam juda go‘zal, go‘yo nurdan yaratilgan, bir so‘z bilan aytsak, parining o‘zi, shunchalik nozikki, bir qultum suv bilan yutib yuborish mumkin. Bu aqlga sig‘maydi, hayot mantig’iga tamoman zid keladi.

3. Tasvirdagi tasavvur qilib bo’lmaydigan, haddan ziyod mubolag‘ani hayotda hech kim ko‘rmagan. Bu g‘uluv (arabcha —1. Qiy-chuv; 2. Haddan oshmoq) deb yuritiladi: „Go‘ro‘g’li qilichining har hamlasi qirq ming lashkarning bo‘ynini uzardi...“ yoki „Ko‘kan yig’layverib shudgorni ko’l qilibdi“ (G‘. G‘ulom) kabi.

„Jangchi Tursun“da ona-Vatan tuprog’ining har qarichini asrash lozimligini uqtirar ekan, „Qayoqqa chekinasan? Bormi keraksiz yering? Ne uchun odam bo’lding, kelmasang dushmanga teng?“ deya hayqiradi:

Sening uchun butun elni

Og‘ir uyat tutsinmi?

Seni ko‘rganda quyosh

Yuzini bekitsinmi?..

Ko‘zing tushganda Amu

Ilondek to’lg‘onsinmi?

Zarafshon uyatingdan

Yantoq kabi yonsinmi?..
Bu kabi mubolag‘alar aniq asarning g‘oyasini ochishda eng zarur va yaratuvchan vositadir, ayni paytda, ular san’atkor qalbining bepoyonligini, tafakkurining xalqchilligini, shoironaligini ko‘rsatadi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish