Hotam Umurov adabiyot qoidalari


Felyeton (ital. feuilleton“ — varaqa



Download 1,16 Mb.
bet97/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Felyeton (ital. feuilleton“ — varaqa), ko‘pincha, hayotda haqiqatdan mavjud bo’lgan illatlarni, shu illatlarni o‘zida tashuvchi aniq kishilarning qusurlarini tadqiq etuvchi, uning ijtimoiy mohiyatini yorqin fosh etuvchi satirik janrdir.

Darvoqe, D. Zaslavskiy aytgan gap (Советская печать, 1959, 10- son, 24- bet) judayam asoslidir: „Felyetonning faktik jihati g‘oyat aniq bo’lishi lozim. Faktni to‘qishingiz ham, unga har narsa to‘qib qo‘shishingiz ham mumkin emas. Felyetonning adabiy jihati esa, felyetonchining ishidir, uning mahorati, badiiy didi, g‘oyaviy saviyasiga bog‘liqdir“.

Ushbu mulohazadan ko‘rinadiki, hayotdagi har qanday ikir-chikirlar, yengil-yelpi voqealar emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo’lgan, rivojlanishga to‘siq bo’layotgan muayyan (manzilli) kamchilik va illatlarning ildizi, sabablari, mohiyati chuqur tadqiq va tahlil qilinadi; shundan so‘ng „pishgan“ material adabiy jihatdan ishlanadi: mazmunga mos shakl ixtiro etiladi; qiyoslash yoki tadrijiy ketma-ket bayon qilish, tipiklashtirish, badiiy to‘qima bilan boyitish va hokazo usullar ishga tushadi. Natijada hujjatli yoki adabiy felyetonning yuragi bo’lgan satirik obraz butun bo‘yi-basti, to’laqonli xarakteri bilan namoyon bo’ladi. A. Qahhorning „Ig‘vogar“, „Quyushqon“, „Pora“, Said Ahmadning „Kolbasa,qori“, X. To’xtaboyevning „Muzeydagi besh surat“, „Gipnoz“ asarlari shular jumlasidandir.

Xotira (arabcha so‘z bo’lib, ma’nosi: 1. xotir; 2. biror kimsa yoki narsa haqida yodda, esda saqlangan taassurot; 3. ism) ham hujjatli janr. U ko‘rgan-kechirganlarni shunchaki aytib (yozib) berishdan iborat emas, balki u muhim bir voqeaning yaxlit va ta’sirchan tasviridan iborat bo’lishi lozim. Ko‘pincha, xotirada muayyan san’atkorning hayoti va ijodiga oid yodnomalar naql qilinadi, bu naql fakt-dalillarga suyanadi, chuqur tahlil va tadqiqni talab etadi. Jumladan, Habibulla Qodiriyning „Otam haqida“, Olmosning „Ta’zim“ , Said Ahmadning „Yo‘qotganlarim va topganlarim“, Zarifa Saidnosirovaning „Oybegim mening“, Kibriyo Qahhorovaning „Chorak asr hamnafas“, Shukrulloning „Javohirlar sandig‘i“ kabi yodnomalari Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor kabi san’atkorlarning ijodiy va insoniy qiyofalarini to’liqroq, teranroq anglashimizga yetaklaydi, ularni hayajonlantirgan qahramonlarni asosliroq tushunishga, ijodiy laboratoriyalariga, mashhur asarlarining yaratilish jarayoniga ko‘proq kirib borishga, ijodiy tajribalaridan saboqlar va ibratli xulosalar chiqarishga imkoniyat tug‘diradi.

„Sen elimning yuragida yashaysan“, „Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida“, „Oybek zamondoshlari xotirasida“, „Mirtemir zamondoshlari xotirasida“ , „Ustozlar davrasida“ (Nosir Fozilov) kabi o‘nlab to‘plamlarning vujudga kelishi — san’atkorlar haqidagi qimmatbaho tarixiy hujjatlardir, qalb so‘zlaridir, baholaridir. Ularning barchasi muayyan san’atkor qiyofasini tasavvurda jonlantirishda mutaxassislar va ixlosmandlar uchun bebahodir.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish