Hotam Umurov adabiyot qoidalari


Ashula (yakka xonanda, guruh yoki xor ijro etadigan vokal asar; qo‘shiq)



Download 1,16 Mb.
bet105/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Ashula (yakka xonanda, guruh yoki xor ijro etadigan vokal asar; qo‘shiq) to‘rt misradan iborat band tuzilishiga ega bo’lib, unda parallelizm keng qo’llaniladi, ya’ni to‘rtlikning birinchi ikki misrasi ramziy obrazlar asosiga qurilsa, keyingi ikki misrada asosiy maqsad ifodalanadi. Birinchi ikki misra asosiy maqsad ifodalangan keyingi ikki misrani isbotlashga, aynan shunday bo’lishiga shubha qoldirmaslikka xizmat qiladi:

Qaldirg‘och qora bo’lur,

Qanoti alo bo’lur.

Yoshlikda bergan ko‘ngil

Ayrilmas balo bo’lur...
Boshimdagi ro‘molim

Gul shoxiga ilindi.

Bevafo yorga qarab

Yurak bag‘rim tilindi.


Qo‘shiq (1. Vokal musiqiy asar, ashula; 2. Lapar, terma) ham ashula kabi eng qadimiy janrdir. Unda ham so‘z, musiqa, raqs birlashadi. Ashuladek hayotning hamma jarayonlari (to‘y, aza, bayramlarda, mehnat qilish, hordiq olish paytlarida ham)da kishilarga hamrohlik qiladi, dard-u hasratlarni, shodlig-u quvonchlarni, orzu-armonlarni (qo‘yingki, insonga xos barcha kechinmalarni) voqe qiladi, musiqiyligi va ohanraboligi bilan barcha qalblarni zabt etadi, qalb torlarini chertib, kechinma va tuyg‘ularga ezgulik jilosini beradi, harakatga yetaklaydi, hayotni sevishga, ardoqlashga, e’zozlashga chorlaydi.

Deyarli barcha nazariy adabiyotlarda, hattoki ,,O‘zbek tilining izohli lug‘ati“da ashula va qo‘shiq (so‘zlari) farqlanmagan. Holbuki, ashuladagi biz ta’kidlagan yuqoridagi xususiyatlar qo‘shiqda uchramaydi. Unda ifoda etilayotgan his-tuyg‘ular mantiqiy izchillikka bo‘ysunadi. Birinchi misra (bayt)ni ikkinchi misra (bayt), ikkinchi misra (bayt)ni uchinchi misra (bayt)... to’ldirib boradi. Bu xususiyat g‘azal, marsiya, lapar, yor-yor, alla kabi janrlarga ham xos bo’lgani (aslida bu xususiyat lirikaning deyarli barcha janrlariga tegishlidir) va yaqqol ko‘zga tashlangani uchun, ularni qo‘shiq qilib kuylash odat tusiga kirgandir. Ana shu asoslarga suyanib, adabiyot qo‘shiq (aslida xirgoyi)dan boshlangan, deyish mumkindir.

Bugungi adabiyotimizda Muhammad Yusuf, Oxunjon Hakimov, Normurod Narzullayev, Xosiyat Bobomurodova kabi ko‘plab qo‘shiqchi shoirlar bor. Ularning serzavq qo‘shiqlaridan biri — Xosiyat Bobomurodovaning „Vatan yagonadir“ asari hisoblanadi:

Derlar shirin so‘zning gadolari ko‘p,

Yonib turgan ko‘zning adolari ko‘p,

Yurtlar bor, hattoki xudolari ko‘p,

Vatan yagonadir, Vatan bittadir...
Nega uchgan qushlar qaytadi bot-bot,

Qozig’ini izlab kelur uchqur ot,

Dunyoda bor bo’lsin mehr-oqibat,

Vatan yagonadir, Vatan bittadir!


Vatan, deb vatandan ketganlar aytsin,

Sog’inch yoqasidan tutganlar aytsin,

Pushaymonlig‘ zahrin yutganlar aytsin:

Vatan yagonadir, Vatan bittadir!


Birov bor — onasin tashlab ketadi,

Birov bor —bolasin tashlab ketadi.

Ammo Vatan tashlab ketmas hech qachon,

Vatan yagonadir, Vatan bittadir!..


Sonet (ital. „sonare“ —jaranglamoq) 14 misradan iborat bo’ladi: uchta to‘rt misralik va bitta ikki misralik banddan, ba’zan esa ikkita to’rt misralik, ikkita uch misralik banddan tashkil topadi. Birinchi ikki band — dastlabki qism „katren“ (fran. „quatrion“ — to‘rtlik), yakunlovchi qism — „terset“(lot. „tres“ — uchlik) deb yuritiladi va ular g‘oyaviy-kompozitsion jihatdan o‘zaro bog’lanib, yaxlitlikni yuzaga chiqaradi. Sonetda fikr g‘oyatda siqiq, ta’sirchan tarzda voqe bo’ladi. Oxirgi bandgacha fikr izchil rivojlanadi yoki uning qirralari detallashtiriladi — bor bo‘y-bastining mohiyati ochilgandan so‘ng, eng so‘nggi bandda poetik fikrga yakun yasaladi.

I. Bexer sonetni badiiyatning eng yorqin dialektik ko‘rinishlaridan biri; dastlabki to‘rt misrasini tezis sifatida birinchi katren, keyingi to‘rtlikni antitezis tarzida ikkinchi katren, so‘nggi ikki uchlikni sintez deb yuritishni tavsiya qilsa, A. Muxtor uni she’riyatning olifta kamzuli, deydi. Sonetlar dastlab Italiyada (XIII — XIV asr) paydo bo’lgan. Dante, Petrarka, keyinroq Mikelanjelo; V. Shekspir (Angliya), Miskevich (Polsha), Derjavin, A. S. Pushkin, Shchipayev (Rossiya) ijodlarida sonetning go‘zal namunalari yaratilgan. O‘zbek adabiyotida sonetlarning namunalari Usmon Nosir, Maqsud Shayxzodalar tomonidan yaratildi. Barot Boyqobilov 700 dan ortiq sonetlar bitdi, uning ijodida sonetlar guldastasi yuzaga keldi. Sonetlar gulchambari — magistral (grek. „magistralis“ — boshqaruvchi) 15 sonetdan (210 misradan) iborat bo’ladi. Birinchi sonetning oxirgi misrasi bilan ikkinchi sonet boshlanadi. Ikkinchi sonetning oxirgi misrasi bilan uchinchisi boshlanadi. Shu tariqa 14 ta sonet yaratiladi va 15- magistral sonet 14- sonetning birinchi misralaridan tuziladi. Oxirgi misra esa o‘z navbatida birinchi misrani takrorlash bilan tugaydi. Muhammad Ali, Rauf Parfi, Mirzo To‘ra, Ibrohim Yusupov kabi ijodkorlar ham ko‘plab sonetlar ijod etdilar. Ularda falsafiylik, „yombi“lik —original fikrlar chuqurlasha boshladi, katren va tersetlarning vobastaligidan so‘nggi band uchun zarur bo’lgan poetik xulosalar chiqarish san’ati rivoj topdi.

O‘zbek sonetlarining eng go‘zallaridan biri Cho’lponning „Men va boshqalar“ (o‘zbek qizi og‘zidan) asaridir:

Kulgan boshqalardir, yig’lagan menman,

O‘ynagan boshqalar, ingragan menman.

Erk ertaklarini eshitgan boshqa,

Qullik qo‘shig‘ini tinglagan menman.
Boshqada qanot bor, ko‘kka uchadir,

Shoxlarga qo‘nadir, bog‘da yayraydir.

So‘zlari sadafdir, tovushi naydir,

Kuyini har yerda elga sayraydir.


Menda-da qanot bor, lekin bog’langan...

Bog‘ yo‘qdir, shox yo‘qdir, qalin devor bor.

So‘zlari sadafdek, tovushi naydek

Kuyim bor... uni-da devorlar tinglar.


Erkin boshqalardir, qamalgan menman,

Hayvon qatorida sanalgan menman.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish