Hotam Umurov adabiyot qoidalari


Drama (yunon. „drame“ — harakat



Download 1,16 Mb.
bet113/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Drama (yunon. „drame“ — harakat) atamasi keng ma’noda dramatik turni, tor ma’noda drama janrini bildiradi. Drama, V. Belinskiy asoslaganidek, tragediya bilan komediya o‘rtasidagi janrdir, u mash’um falokatni ham, yumoristik va satirik kulguni ham talab qilmaydi. Balki hayot hodisalarini yuqori darajali tarzda, jiddiy holatda tasvirlaydi. „Dramada muhim narsa uzundan uzoq hikoyalarning yo‘q bo‘lishidir, har bir so‘z dramada harakat — amal bilan ifodalanishi lozim. Drama tabiatdan oddiy ko‘chirmakashlik emas, ayrim sahnalarning, garchi ular go‘zal bo‘lsalar ham yig‘indisi emas, drama ayrim, xos, yopiq bir dunyo bo‘lishi kerak, unda har bir shaxs o‘z maqsadiga intilib, faqat o‘zi uchun harakat qilib, o‘zi bilmasdan ham, pyesaning umumiy harakatiga yordam beradi, drama xayol, mulohaza orqali yopishtirilmasdan, balki fikrdan tug‘ilgan bo‘lsagina shunday xarakterga ega bo‘ladi“ (V. Belinskiy, 207- bet).

Dramaning qahramoni ko‘pincha hayotdagi oddiy kishilar, ularning dramatizmga to‘la qismatlaridir. Ularning taqdirlarida ro‘y beruvchi jiddiy konfliktlarning oqilona bartaraf qilinishidir.

Agar tragediya qahramoni noilojlikdan halok bo‘lsa, uni taqdir boshqarsa, drama qahramoni o‘z irodasiga, xarakteriga muvofiq yakun topadi, uni tipik sharoit mantig‘i to‘liq asoslaydi. Izzat Sulton va Uyg‘unning „Alisher Navoiy“, O‘lmas Umarbekovning „Qiyomat qarz“, ,,O‘z arizasiga ko‘ra“, Izzat Sultonning „Imon“ kabi asarlari dramaning harakat birligiga asoslangan eng yaxshi namunalari sanaladi.

Agar tragediyani fojia, komediyani kulgu, dramani jiddiylik boshqarsa, ba’zi dramatik asarlarda bu vositalarning birlashganini ko‘rish mumkin. Tragikomediya (tragediya va komediyaga xos xususiyatlarning birlashuvi) janrida inson fojiasini kulguli voqealar orqali ko‘rsatish yetakchilik qiladi. Sharof Boshbekovning „Temir xotin“ asarida „lovullab yonayotgan ayolning dod-faryodi, yetim qolgan bolalar yoki dard-u alam girdobiga irg‘itilgan ota-onalarni ko‘rmaysiz. Yuraklarni qon qiluvchi sud jarayoni ham yo‘q“ (Sh. Boshbekov), unda qishloq ayolining uqubatli, og‘ir hayoti kulguli (yumoristik va ba’zan satirik) voqealar (masalan, Alomat nomli temir-robotning taqdiri) orqali tasvirlanadi (ko‘rsatiladi).

Dramaturg o‘z asarini „Jiddiy komediya“ deb ataydi va „umuman inson fojiasi haqida komediya yozish“ mumkinligini ham ta’kidlaydi. Bu ta’kidlar bitta xulosani isbot etadi, ya’ni sof adabiy janrlar bo’lmaydi, ularning barchasi hamkorlikda, o‘zaro bog’liqlikda yashaydi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish