Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet121/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Romantizm. Bu metodning bosh xislati „idealga moslab hayotni qayta yaratish“ (V. Belinskiy)dir, ya’ni orzu qilingan voqelikni tasvirlash; uni go‘zal va mukammal hayot tarzida ko‘rsatish; ana shu hayot qahramonlarining afsonaviy kuch-qudratga egaligini, mo‘jizakorligini ideallashtirishdir.

Esxilning „Prometey“, Sofoklning „Shoh Edip“, Evripidning „Yelena“, Navoiyning „Xamsa“, Rustavelining „Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon“ kabi asarlarida „odamlarning qanday bo’lishi kerak bo’lsa, shunday tasvirini“ berilgani ham yuqorida aytilgan bosh xislatni tasdiqlaydi.

Jumladan, Alisher Navoiyning „Farhod va Shirin“ dostonidagi Farhod real shahzoda obrazi emas, balki Navoiy orzu qilgan hukmron timsolidir. U shahzoda bo’lishiga qaramay, hunar egallaydi, ilm-fanni chuqur o‘rganadi. Yoshligidanoq mo‘jizakor kuch-quvvatga ega bo’ladi, ming-minglab odamlar eplay olmagan ishlarni bajaradi. U teshasi bilan arman tog‘i toshlarini pichoq sariyog‘ni kesganday kesib, kanal qazadi; Xisravning minglab qo‘shini ko‘ngliga g‘ulg‘ula solib, ularga bir o‘zi bas keladi.

Romantik asarlarda voqea-hodisalar va qahramonlar boshqa tarixiy davr va mamlakatlarga ko‘chirib tasvirlanadi. „Farhod va Shirin“ (Navoiy) dostonida voqea-hodisalar avval Chin (Xitoy)da, so‘ng Arman o’lkasida yuz beradi. Farhod, Bahrom — xitoylik, Mehinbonu, Shirin — armani, Shopur, Xisrav, Sheruya — eronlik. Holbuki, bu qahramonlar xarakteri, a’moli, ruhi bilan o‘zbeklarga tegishlidir, undagi voqea-hodisalar asosida Navoiy davri hayotining tipik manzaralari aksini topgan.

Insoniylikni ulug’lash, ezgulikni kuylash, muhabbat va sadoqatni yuksak darajada madh etish, unga ishontirish romantizmning eng xarakterli alomatidir. Unda hayotni judayam ko‘tarinki ruhda, serjilo bo‘yoqlarga boy tarzda, yorqin va nozik ifoda etish xislatga aylanadi va bu xislat kitobxon qalbini larzaga soladi.

„Farhod va Shirin“da tasvirlanishicha, Farhodning o’limidan so‘ng Shirin: „Men uning hajrida bemor-u bedilman, xuddi chala so‘yilgan qushdayman“, deydi:

Aning hajrida men bemori bedil

Qushemenkim, qilurlar nim bismil97.


Farhodni Armaniya tog‘idan keltirib, uni quchoqlab, jismiga jismin va joniga jonin ulaydi. Yuzini yuziga, ko‘ksini ko‘ksiga qo‘yib, o‘z bedilini quchog‘iga oladi. So‘ng yuragidan alangali bir oh tortib, uning ko‘zi ham birga uxlagani u bilan uyquga ketadi:

Qo‘yubon ro‘y-barro‘ do‘sh-bardo‘sh,

Bo‘lib o‘z bedili birla hamog‘ush.

Ko‘nguldin shu’laliq ohe chiqardi,

Ko‘zi hamhobadek uyquga bordi.
Mehinbonu va uning yonidagilar kajavaga yaqin qadam qo‘yib borib, pardani ochib sanamni ko‘rdilar. U yuzini yuziga, ko‘ksini ko‘ksiga berib, Farhod bilan hamog‘ush yotar edi. Ko‘zi ko‘zining ustida, qoshi qoshining ustida. Birorta mo‘y tashqarida ekanligi ko‘rinmasdi.

Cheksiz-chegarasiz ayriliqlar ketib, uning o‘rnini benihoya visol egallagan edi. O‘lgan oshiq bilan jonsiz ma’shuqa sarv daraxti bilan pechak guliday chirmashib yotar edilar. Ma’shuqa o‘z sevgilisini mahkam quchoqlab yotar, sevgilisi ham ma’shuqasini xuddi shunday quchoqlab yotardi:

Amori sori qo‘ydilar qadamni,

Ochibon parda, ko‘rdilar sanamni

Ki, Farhodi bila yotib hamog‘ush,

Qo‘yubon ro‘y-barro‘ do‘sh-bardo‘sh.

Ko‘zi-yu qoshi uzra, ko‘z-u qoshi,

Sari mo‘ bo‘lmayin zohir tahoshi.

Ketib ul furqati behaddu g‘oyat,

Bo’lub ro‘zi visoli benihoyat.

O‘luk oshiq bila ma’shuqi bejon,

Nechunkim sarv birla ishq pechon.

Quchub o‘z oshiqin ma’shuqi mahkam,

Nechunkim, oshiq o‘z ma’shuqini ham.


Bunday ajib holatga — muhabbatning bunchalik vafoga, sadoqatga yo‘g‘rilganini, pokligi va go‘zalligini ko‘rgan Mehinbonuning fig‘oni ko‘kka ko‘tarildi. Shu fig‘on bilan birga uning joni ham chiqib ketdi. Chunki Shirin uning joni edi. Usiz o’lishi mumkin edi. Shu paytda undan ajralgan edi, jonidan ham ajraldi-qo‘ydi:

Chiqib gardun sori afg‘oni oning,

Fig‘oni birla chiqti joni oning.

Chu Shirin joni erdi, onsiz o’ldi,

Damekim o’ldi onsiz, jonsiz o’ldi.
Ko‘rinib turibdiki, inson bekorga va bir o‘zi hech vaqt o’lmaydi. Mehr-u muhabbat rishtalari bilan bog’langanlar birga yashaydilar yoki birga rixlat qiladilar; bu vafoning, sadoqatning, insoniylikning, poklikning, niyatning yetukligi natijasidir; romantik tasvirning qudratidir.

Romantik metodning asosiy xususiyatlaridan yana biri har qanday jamiyat (quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializm)ning insonparvarlikka qarshi g‘oyasini doimo fosh etish va qoralashdir. Ijodda va hayotda erkinlik, shaxs ozodligi va komilligi uchun kurashdir. Bu xususiyat hamma romantik ijodkorlar faoliyatida pafos darajasiga ko‘tarilgan, o’lmas ruh bag’ishlaydigan, „hamma xalqlarda va hamma zamonlarda umumiy bo’lgan hodisadir“ (V. Belinskiy).




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish