Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet118/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

IJODIY METOD VA OQIMLAR

Tayanch tushunchalar

Ijodiy metod va uslub. Ijodiy metodning yuzaga kelishi. Romantizm. Realizm. Ijod tiplarining o‘zaro aloqasi. Oqimlar va ularning kelib chiqish sabablari.
Badiiy uslub har bir yozuvchi-san’atkorning, har bir yetuk asarning, har bir davr adabiyotining o‘ziga xos barcha xususiyatlarini qamrasa, badiiy metod muayyan guruhga mansub san’atkorlar ijodining umumiy va mushtarak barcha belgilarini o‘zida aks ettiradi. Bu xususiyat va belgilar hayot materialini tanlash, umumlashtirish, baholash borasidagi umumiylik va ayni paytda, ana shu umumiylikning yakka shaxs (yozuvchi) iste’dodi, qudrati ila „pishib yetilishidir“. Ko‘rinadiki, garchi uslub va metod bir-biriga o‘xshamasa-da, lekin ular birlashganda, bir-biri bilan chatishganda voqe bo’ladilar, ana shundagina ular yaratish xislatiga, ta’sirchanlik fazilatiga, go‘zallikni bunyod etishga qodir bo’ladilar.

Bundan ko‘rinib turibdiki, badiiy asar yaratilganidanoq uslub ham, metod ham tug’iladi. Nazariy adabiyotlarda aytilganidek, dastavval, romantizm, keyinchalik yoki to‘g‘rirog‘i XIX asrga kelib realizm dunyoga keldi, degan tushunchani rad etadi. Demoqchimizki, uslub va usul (metod) adabiyotning paydo bo’lishi bilan bir vaqtda tug’iladi. Faqat adabiyotning rivoji, kamolot sayin o‘sishi, g‘oyaviy badiiy kashfiyotlarning umumlashtirilishi va saboqlariga bog’liq holda uslub ham, usul ham turfa xillik kasb etadi; jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlarga javob tarzida usul ham, uslub ham yangicha sifat kasb etib, bahor yanglig‘ qayta tug’ilib boraveradi.

Har bir yozuvchining o‘z uslubi uning uchun metod vazifasini o‘tayveradi. Shuning uchun „Iliada“ ham, „Ramayana“ ham, „Xamsa“ ham, ,,O‘tgan kunlar“ ham hamma avlodlarga estetik zavq ulashaveradi, insonni komillik yo’lida tarbiyalayveradi. Chunki ularning hammasida hayot va inson mohiyatini tushunish, idrok etish, ezgulikni ulug’lash va uning amaliyotiga chorlash bosh pafosdir, insoniyat tuyg‘ulari tarbiyasi uchun o’lmas namunadir; ana shu sohaning anglangan jihatlaridan saboq olib, anglanmagan qirralarini kashf etish adabiyot taraqqiyotining tuganmas, nihoyasi yo‘q yo‘nalishidir.

Shu mulohazalardan kelib chiqsak, hayot va insonning badiiy modelini yaratishning ikkita yo’li eng qadimgi davrdan bugungacha davom etib kelayotgani aniqlashadi va bu haqiqatni allomalar ham tasdiqlaydilar. Jumladan, Aristotel „Poetika“ asarida: „Sofoklning aytishicha, u odamlarni qanday bo’lishi kerak bo’lsa shunday tasvirlagan, Evripid esa qanday bo’lsa o‘shanday tasvirlagan“ (53- bet.) Rus tanqidchisi V. G. Belinskiy ham (XIX asrda) bu haqiqatni tasdiqlaydi: „Aytish mumkinki, poeziya ikki usul bilan hayot hodisalarini qamrab oladi va qayta tiklaydi. Bu usullar, garchi biri ikkinchisiga qarama-qarshi bo’lsa ham, bir maqsad tornon yetaklaydi. Shoir uning narsalarga nazari tarziga, uning dunyoga munosabatiga, o‘zi yashagan asri va xalqiga bog‘liq idealiga moslab hayotni qayta yaratadi (пересоздает) yoki shoir bu hayotni butun yalang‘ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklab (воспроизводит) hayot voqeligining hamma tafsilotlariga, bo‘yoqlariga va nozik tomonlariga sodiq keladi. Shuning uchun aytish mumkinki, poeziyani ikki bo’lakka — ideal poeziyaga va real poeziyaga bo’lsa bo’ladi“ (I. Sulton, 356- bet).

I. O. Sultonov: „Hozirgi zamon adabiyotshunosligida birinchi xil badiiy tafakkur — „romantik tafakkur tipi“, ikkinchi xil tafakkur — „realistik tafakkur tipi“ deb ataladi“ (I. Sulton, 356-bet), deb yozadilar va romantik tafakkur yoki realistik tafakkurning ma’lum tarixiy davr uchun xarakterli va hukmron ko‘rinishini „ijodiy metod“ tushunchasi bilan yuritishni taklif etadilar...

Darvoqe, hayotni obrazli tasvirlashning ikki yo‘nalishi „ham aslida inson tabiati bilan bog’liq hodisa sanaladi. Chunki odam real hayot qo‘ynida hamda orzu-havaslar dunyosida yashaydi. Inson tabiatida mavjud hayot tarziga qanoat qilishdan ko‘ra, turmushni o‘zgartirish istagi, uni yanada yaxshilash havasi baland turadi. Bu havas... kuchli bo‘ladi“ (A. Ulug‘ov, 79-bet).

Ana shu ikki yo‘nalish — ijod tipi turli-tuman davrlarning, jamiyatlarning talablariga doimo javob berib kelmoqda, faqat, bizningcha, evolutsion rivojlanish romantizmni, revolutsion taraqqiyot realizmni birinchi o‘ringa olib chiqadi. Ko‘pincha badiiy asarlarda ijodning bu janrlari qo‘shaloqlashgan bo’ladi. Realistik asarda romantizmning xislatlari yordamchi vazifani bajarsa, romantik asarda realizmning unsurlari ham shunday vazifani o‘taydi. „Xamsa“ (Navoiy)da ham, „Qiyomat“ (Ch. Aytmatov)da ham, „Yolg‘izlikda yuz yil“ (G. G. Markes)da ham, ,,O‘tgan kunlar“ (A. Qodiriy)da ham bu holat yaqqol ko‘zga tashlanishi va barchaga ayonligi isbot talab etmaydi.

Shunday bo’lsa-da, yana bir asos: Sadriddin Ayniyning ta’kidlashicha, „Xamsa“ dostonlarida Navoiy salbiy tiplarni o‘z zamonasidan olgan, ijobiy tiplar esa Navoiy fantaziyasi va idealining mahsulidir, lekin romantizm ustundir.

Yana shuni ta’kidlash lozimki, muayyan yozuvchi ijodida, muayyan asarda yo romantizm, yo realizm doimo yetakchilik qiladi. Professor Abduqodir Hayitmetovning ilmiy xulosalari ham shu hodisalarni isbot qiladi. Uningcha, Navoiyning asosiy metodi —romantizm, ayni paytda, uning Said Hasan Ardasherga yozgan maktubi, „Mahbub ul-qulub“, satirik g‘azallari va qit’alari,

„Lison ut-tayr“dagi ba’zi hikoyatlari realistik xarakterdadir.

Albatta, har bir san’atkorning „o‘ziga xos“ligini unutmaslik kerak. Birida isyonkorlik, birida jamiyat bilan kelishib yashaydigan donolik ustun bo’lishi ham mumkin. Biri realliklarga chiday olmay, biri undan ko‘ra orzular dunyosida yashashi — o‘zini voqe qilishi ham tabiiydir.

Jumladan, Alisher Navoiy inson haqidagi orzu-havaslarini akslantiruvchi asarlar yozgan bo’lsa, uning yosh zamondoshi Bobur o‘z zamonidagi voqea va odamlarning haqqoniy, real tasvirini beradi. G‘. G‘ulom, H. Olimjonlar sotsialistik voqelikni ulug’lagan bo’lsalar, A. Qodiriy, Cho’lponlar bu voqelikdan isyonga keladilar. Mirmuhsin, H. G‘ulom, Shukrullolarda jamiyat bilan kelishib yashash ustunlik qilsa, A. Oripov, E. Vohidovlarda bu jamiyatning kirdikorlarini fosh etish, yuksakroq voqelikni istash tuyg‘ulari kuchlilik qiladi va hokazo.

Jahon adabiyoti taraqqiyoti tarixidagi realizm va romantizmni ijod tiplari, ijod yo‘nalishlari, badiiy tafakkur tiplari deb yuritish ham asoslidir. Chunki ularning turfa xil ko‘rinish va qirralarini turli davrlarda ro‘yobga chiqargandir.

Jumladan, klassitsizm (P. Kornel, J. Rasin), ekzistensionalizm (Jan Pol Sartr, M. Prust, F. Kafka), syurrealizm (Pol Elyuar, Oskar Uayld, A. Axmatova), tanqidiy realizm (Maxmur, Muqimiy, L. Tolstoy, F. Dostoyevskiy), sotsialistik realizm (Oybek, G‘. G‘ulom, M. Gorkiy) va sh. k. romantizm va realizm (ikki daryo)ni metod deb yuritish va bu ko‘rinishlarning hammasini oqimlar (irmoqlar) deb atash (ikki daryoning birikuvidan tug’ilgan irmoqlar deya tasavvur qilish) ma’qulga o‘xshaydi. Chunki oqimlarning hammasi ham yo realistik, yo romantik tasvirlash prinsiplarining qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Shu qonuniyatlarga tayanganlari holda, uning hali to’liq anglanmagan yangi qirralarini ochadilar, xolos.

Yangi qirralarni kashf etish va ifodalash jarayonida muayyan o‘ziga xosliklar ham yuzaga kelishi tabiiydir. Jumladan, realizmning o‘ziga xos bir ko‘rinishi — klassitsizmni (lot. — namuna, ibrat) ko‘raylik. Uning vakillari o‘tmish antik adabiyoti namunalarini o‘zlari uchun ibrat namunasi deb sanaganlar. Ular adabiyotda hamma narsalar aniq va qat’iy qoida asosida tasvirlanishi shart deb tushunganlar va estetik qarashlarini „uch birlik“ka moslaganlar: asarda tasvirlanayotgan hodisa bitta yaxlit sujetda gavdalantirilishi („harakat birligi“), bir joyda bo’lib o‘tishi („joy birligi“) va yigirma to‘rt soat ichida yuz berishi („vaqt birligi“) lozim bo’lgan. P. Kornelning „Sid“ („Said“), „Goratsiy“, J. Rasinning „Andromaxa“, „Britanik“, Molyerning „Xasis“ singari go‘zal, betakror asarlari shu qoidalarga muvofiq yaratilgan.

Klassitsizm vakillari „Adabiyot saroy va shahar uchun yaratilishi kerak“ (N. Bualo) deb hisoblaganlar va janrlarni tabaqalashtirganlar. Ularning estetik tushunchalaricha drama eng yuksak janr, komediya quyi janr hisoblangan. Roman, qissa, hikoya janrlariga ikkinchi darajali unsurlar deb qarashgan. Ko‘pincha, ularning asarlarida inson hayoti va xarakterining bir qirrasi chuqur va batafsil tasvirlangani uchun, insonning ko‘pqirrali xarakteri to’liq gavdalanmagan...




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish