TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOTI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Fan: Kreativ fikrlash
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Raqamli texnologiyalarga tanqidiy fikrlarni shakllantirish
Bajardi: Nurmuhammedov E.
Tekshirdi: Xudoyorov U.
Reja:
1. Tanqidiy fikrlash mazmun-mohiyati
2. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bosqichlari
3. Texnologiya tushunchasi
4. “Holat”, “psixik holat” tushunchalari
1. Tanqidiy fikrlash mazmun-mohiyati
Tanqidiy fikrlash bu – XXI asr talablarini muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishimizga imkoniyat yaratuvchi, o‘rganayotgan va bajarayotgan ishimizni yanada chuqurroq anglashimizga yordam beruvchi ijobiy ko‘nikmadir.
Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun uchun quyidagilar bo‘lishi kerak:
Talabada o‘ziga xos nuqtai-nazarni paydo qilish
Bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati
Murakkab muammolarni yechish mahorati
Bahsni dalillar bilan olib borish
Yagona fikrni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlash mahorati
Qarashlar va tasavvurlarga hayotiy tajriba qanday ta’sir qilishini tushunish
2. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bosqichlari
Tanqidiy fikrlash ni rivojlantirish oson ish emas. Tanqidiy fikrlashga olib boradigan aniq va ravshan yo‘llar yo‘q. Biroq o‘qitish shartlarining muayyan to‘plami borki, uning yordamida tanqidiy fikrlashni tarbiyalash mumkin.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun quyidagilar zarur hisoblanadi:
Turli g‘oya va fikrlarni qabul qilish
O‘quv jarayonida o‘quvchilarning faol qatnashishlariga imkon berish
Talabalarni ularning ustidan hech kim kulmasligiga ishontirish
Tanqidiy fikrlash paydo bo‘lishini qadrlash
Har bir talabani u tanqidiy mulohaza yuritishga qodir ekanligiga ishontirish
Tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir;
Axborot– tanqidiy fikrlashning boshlanishidir;
Tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi
Tanqidiy fikrlash – ijtimoiy fikrlashdir
3. Texnologiya tushunchasi
Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan – “texos” (tecne) – san‘at, hunar va “logos” (logos) – fan so‘zlaridan tashkil topib “hunar fani” ma‘nosini anglatadi.
4. “Holat”, “psixik holat” tushunchalari
Holat tushunchasi falsafiy tushuncha sifatida Kant va Gegel ishlarida ham keltirilgan. Psixik holatlarni izchil o’rganish U. Djemsdan boshlanadi. Ong holati sifatida u sezgi, xohish, emotsiya, fikrlar va niyatlarni tushunadi. Psixik holat tushunchasining keyingi bosqichlari rus psixologiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq. Bu sohadagi eng birinchi ilmiy ish O. A. Chernikovaning 1937- yilda bosilib chiqqan maqolasi bo’lib, u sportchining startdan oldingi hissiy holatlarini o’rganishga bag’ishlangan edi.
Kovalyov fikricha esa: Psixik holat lar ko’p hollarda mazkur shaxs uchun tipik bo’lgan xususiyatga aylanadi va shaxsning psixologik xususiyatlarida o’z aksini topadi. Psixik holat lar ko’p hollarda vaziyat yoki faoliyatga javob (reaksiya) sifatida namoyon bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
- Jumanova S.B. Kreativ fikrlash “Издательский решения” 2020
- Helene Edberg. Creative Writing for Critical Thinking