Guruh Turdaliyev Davlatbek Seminar mashg’ulotlari 8 mavzu: xotira



Download 113 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi113 Kb.
#253290
  1   2   3   4   5
Bog'liq
seminar8


Seminar mashg’ulotlari

8 - MAVZU: XOTIRA

Seminar savollari

1. Xotira va uning nazariyalari.

Inson xotirasining qonuniyatlarini o’rganish psixologiya fanining markaziy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ma'lumki, insonning har qanday kechinma, xatti-harakatlari uzoq muddat ongda saqlanib, ma'lum bir sharoitda qayta namoyon bo’luvchi izlar qoldiradi. Shuning uchun, xotira deganda, inson tabiat, jamiyat, koinot to’g’risida ma'lumot, xabar va taassurot to’plash imkoniyatini beradigan 185 hamda ilgarigi tajriba izlarini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutishni tushuniladi.

Bunga bog’liq ravishda psixologiya fani oldida xotira jarayonlarini o’rganish bilan aloqador bo’lgan qator murakkab muammolar masalalarini tadqiq qilish masalasi turibdi. Bular quyidagilardan iborat: izlarni esda olib qolishning fiziologik mexanizmlari qanday, esda olib qolishga qanday ob'ektiv (tashqi), sub'ektiv (ichki), tabiiy, biologik va ijtimoiy, psixologik sharoitlar ta'sir qiladi, ularning chegaralari qanday kabi masalalarga qaratilgan.

Hozirgi zamon xotirani tadqiq qilish bilan bog’liq tadqiqotlarda markaziy o’rin xotira jarayonining asoslariga ajratilgan.

Xotira jarayonining asoslari 3 yo’nalishda o’rganilgan: psixologik, neyro-fiziologik, bioximik. Xotiraning psixologik nazariyalari inson faolligi bilan bog’liq bo’lgan xotira jarayonlarini shakllantirishni tadqiq etadi. Ulardan birinchisi assosiativ nazariyadir. Ma'lum bir bilimlar inson ongida birin ketin o’rin olishi tufayli ularda assosiativ bog’liqlikni yuzaga keltiradi va ushbu bog’liqlikda biror bir narsa esga tushiriladi. Ushbu assosiasiyalarni 3 turga bo’lish mumkin, ya'ni ob'ektlarning fazoviy bog’liqligi, bir-biriga mosligi va qarama-qarshiligidir. Bundan 3 ta assosiasiya kelib chiqadi: bir-biriga bog’liqlik, o’xshashlik va qarama-qarshilik. Assosiasiya nazariyasi bo’yicha xotira assosiativ bog’lanishlar asosida mavjud ma'lumotni saqlash va qayta tiklash imkoniyatiga ega.

Ikkinchi psixologik nazariya xotiraning geshtalt nazariyasidir. Ushbu nazariyaning asosiy ta'limoti narsaning negizi, yaxlitligi, yig’indisidir. Ushbu nazariyaga asosan xotira yaxlit hodisa sifatida tahlil etiladi.

Bixeviorizm - inson xotirasida, esda olib qolishda takrorlashning ahamiyatiga diqqatni qaratadi.

Freydizm xotirani emosiyalar, motivlar va ehtiyojlar bilan bog’laydi.

Xotiraning mantiqiy nazariyasi A.Bine va Byullerlar tomonidan ilgari surilib, ular xotiradagi materialni xotiraning mantiqiy esda olib qolinishi bilan bog’laydi.

A.N.Leontev, N.I.Zinchenko, A.A.Smirnovlar tomonidan faoliyat nazariyasi ilgari surilib, turli tasavvurlar orasidagi bog’liqlik esda olib qolingan materialning qandayligiga emas, balki odamning u bilan nima qilishiga bog’liqdir.

Bioximik nazariya tashqi ta'sir ostida nerv hujayralarida yuz beradigan o’zgarishlarni qayd qilish va xotira jarayonida DNK va RNK ahamiyatini aniqlashga qaratilgandir. DNK xotirani genetik tug’ma tashuvchi sifatida, RNK esa individual xotiraning ontogenetik asosi sifatida qabul qilinadi. Kibernetik nazariya bo’yicha xotira ma'lumotni qabul qilib olish, qayta esga tushirish va unutishdir.

Adabiyotlarda keltirilishicha, navbatdagi nazariya xotira jarayonlari asoslari haqidagi fiziologik nazariyadir. Vaqt oraliqida esda olib qolish, saqlash va esga tushirish xotiraning asoslari fiziologik nazariyasini tashkil qiladi. Har qanday tashqi ta'sir nerv tizimida izsiz o’tmaydi va qandaydir "iz" qoldiradi. "Iz"ning fizik ta'siri qayta impuls harakatini engillashtiradi. Vaqtinchalik nerv munosabatlarining yuzaga kelishi, ularning izini va keyinchalik faollashtirilishini xotira jarayonlari asoslari nazariyasi sifatida ko’rib chiqiladi.

80-yillarda nemis psixologi German Ebbingauz o’z "sof" xotira qonunlarini o’rganish imkonini beruvchi, boshqacha so’z bilan aytganda, tafakkurga bog’liq bo’lmagan holda izlarning esda qolish jarayoni tadqiq etishning yangi uslubini taklif qilgan, ya'ni ma'nosiz bo’g’inlarni yod olishdan iborat bo’lgan bu uslub Ebbingauzga materialni esda olib qolishning egri chiziqiga oid qonunni kashf qilishga, uning asosiy qoidalarini bayon etishga va ana shularning asosida izlarni xotirada saqlanish muddatini hamda asta-sekin so’nish holatini tekshirishga imkoniyat yaratgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Amerikalik psixolog Eduard Torndaykning tekshirishlari paydo bo’ldi. U birinchi bo’lib tekshirish predmeti sifatida hayvonlarda ko’nikmalarni paydo bo’lish jarayonini tanlagan edi.

XX asrning birinchi 10 yilida xotirani tekshirish yangi ilmiy talqinga ega bo’ldi, uning moddiy asosi to’g’risidagi muammolarga mohiyati jihatidan mutlaqo boshqacha yondashish ro’yobga chiqdi.

Xuddi shu davr xotira psixologiyasida keskin burilish nuqtasini vujudga keltiradi. Akademik I.P.Pavlov shartli reflekslarni o’rganishning ilmiy metodini taklif etadi, bu narsa o’z navbatida bosh miya yarim sharlarida yangi bog’lanishlar paydo bo’lishiga va mustahkamlanishning asosiy fiziologik mexanizmlarini tekshirish imkoniyatlarini tug’dirdi. Ana shunday qilib, ushbu bog’lanishlar paydo bo’lishiga va saqlab qolishga yordam beradigan shart-sharoitlar, shuningdek, bog’lanishlarning saqlani-shiga ta'sir qiluvchi holatlar, omillar va mexanizmlar tasvirlab berildi. I.P.Pavlov oliy asab faoliyati ta'limoti va uning asosiy qonunlari xotiraning fiziologik mexanizmlariga oid bilimlarning asosiy manbasiga aylanib qoladi.

Bolalarda xotiraning yuksak (yuqori) shakllarini birinchi marta tadrijiy ravishda tadqiq qilish taniqli psixolog L.S.Vigotskiyga nasib etgan. U 20-yillarning oxirlarida maxsus tekshirishlarning predmeti qilib, xotiraning yuksak shakllarining rivojlanishi muammosini tanlagan va u o’z shogirdlari A.N.Leontev (1905-1979) va A.V.Zankov bilan birgalikda xotiraning yuksak shakllari ruhiy faoliyatning murakkab shakli ekanligini, kelib chiqish jihatidan ijtimoiyligini ko’rsatadi. Shuning bilan birga u murakkab, mohiyatiga ko’ra esda olib qolishning asosiy bosqichlari rivojlanishini isbotlab berdi.

Psixologlardan A.A.Smirnov, P.I.Zinchenkolar ham xotira bo’yicha ilmiy tekshirish ishlarini olib bordilar, uning yangi qonunlari va mexanizmlarini ochdilar. Esda olib qolishning faoliyat maqsadiga bog’liqligini yoritdilar, murakkab materialni esda olib qolishning oqilona usullarini ko’rsatib berishga muvofiq bo’ladilar.

Yuqoridagi fikrlardan ko’rinadiki, psixolog olimlar tomonidan xotira borasida qator ilmiy izlanishlar olib borilgan va borilmoqda.



Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish