Hotam Umurov adabiyot qoidalari


E. EPIK TURNING MAXSUS JANRLARI



Download 1,16 Mb.
bet96/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

E. EPIK TURNING MAXSUS JANRLARI
Ko‘pincha, xat, ocherk, feleton janrlari badiiy publitsistika deb yuritiladi. ..Badiiy publitsistika gazeta janrlariga xos aktuallik, operativlikni o‘ziga singdirgan eng hozirjavob janr... U mantiqiy muhokama va obrazlar bilan ish ko‘ruvchi... fikr poeziyasidir“ (Ochil Tog’ayev) deb baholanadi. Bu asosning mag‘zida ham haqiqat bor... Lekin ularning barchasi ana shu maxsus xususiyatlariga qaramay, epik turning „farzandlari“ sanaladi.

Ocherk (rus. „Чертить“ „Очерчивать“ — chizmoq, bayon qilmoq , tasvirlamoq) hayotda yuz bergan muayyan voqea-hodisaning asosiy xususiyatlarini yoki kishilar xarakteridagi muhim belgilarni qisqa, ixcham, yaxlit tasvirlovchi badiiy publitsistik janrdir. Ochil Tog‘ayevning fikricha, „badiiy adabiyotga xos belletristik va gazeta janrlariga xos publitsistik xususiyatlarning uzviy birligi ocherkning muhim janr xususiyatini belgilaydi“87, ya’ni bir vaqtning o‘zida ocherkda hayotning badiiy manzarasi, voqea, qahramon taqdiri yaratiladi, ijtimoiy jihatdan keng, mufassal izohlanadi.

Ocherklar manzilli va manzilsiz bo’ladi. Manzilsiz „ocherkda hujjatlilik faqat unda aks ettirilgan ijtimoiy hodisalardir, boshqa o‘rinlarda xuddi o‘zga janrlarda bo’lgani kabi muallifning qo’li erkindir. Bunda aniq manzilni ko‘rsatmasdan asarga to‘qima personajlar kiritish, badiiy to‘qima va umumlashtirishdan keng foydalanish mumkin“ (V. Ovechkin). Manzilli (hujjatli) ocherklarda esa „yozuvchi, muallif shunday shaxs yoki hayot parchasini tanlab olsinki, u voqelik uchun tipik bo’lsin“ (V. Solouxin). Ayni paytda, badiiy to‘qima faktning hujjatlilik xususiyatini ko’mib yubormasligi, balki uni qavariqli tarzda ochishi lozim; bu hamma vaqt hayotiy faktga asoslanishi shart.

Ochil Tog‘ayev ocherkning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini jamlab, uning uch xili: 1. Portret ocherk; 2. Safarnoma (yo‘1 ocherki); 3. Muammo ocherklari mashhurligini ta’kidlaydi. Uningcha, portret ocherkda, asosan, bir kishining hayoti, taqdiri markaziy o‘rin tutadi (93- bet). Muallifning qishloqlar, shaharlar va mamlakatlararo safar paytida yig‘ilgan mushohada va mulohazalari, o‘rgangan va eshitganlarining badiiy publitsistik tasviriga safarnoma (yo’l ocherki) deyiladi (99-bet). Muhim siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy muammolar: a) kishilar obrazlari, b) obrazli publitsistik vositalar orqali maxsus tadqiq etilgan ocherklar muammo ocherk deb ataladi (105-bet).

XX asr o‘zbek adabiyotining bu janriga Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qanhor, Nazir Safarov, Sunnatilla Anorboyev kabi yozuvchilar salmoqli hissa qo‘shdilar.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish