Himoyaga tavsiya etildi



Download 235,13 Kb.
bet13/14
Sana20.03.2022
Hajmi235,13 Kb.
#501672
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
MOLIYA

Xulosa va takliflar

Bitiruv malakaviy ishining mavzusining o’zi u haqida dastlabki shaxsiy fikrlarni hosil qilish imkonini beradi va bu imkoniyat boshqa mavzularga qaraganda kengroq bo’ladi. Chunki rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etishi haqida umumiy tushunchalar, ularning yoritib berilishi va buni qanday qilib o’quvchi-talabalarga o’rgatish muammosi mavzu mohiyatini ochib beruvchi so’zlarda o’z ifodasini topgan. Mazkur bitiruv malakaviy ishi ikki xil yondashuvni o’z ichiga oldi va shuning barobarida ikki turdagi ilmni tadqiq qildi. Demak, xulosa va takliflar ham ikkiga bo’lingan holda berilishi munosibroq bo’ladi, deb o’ylaymiz. Dastavval, bitiruv malakaviy ishining iqtisodiy jihatdan yakuniy qismiga to’xtalib o’tsak. Rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o’rganish bilan bir qatorda ularning ijtimoiy, siyosiy va geografik xususiyatlarini ham o’rganib, ular bilan chambarchas ravishda dialektik xulosalar chiqarishga yetarli ma’lumotlar to’plandi va tahliliy ishlar amalga oshirildi. Germaniya Respublikasida qonun ustuvorligi va hokimiyatning qat’iy bo’linishi, bu bo’linish o’rtasida ma’lum bog’lanishlar mavjudligi aniqlandi. Bu orqali mamlakatda ichki va tashqi siyosiy barqarorlik ta’minlangan, moliya mexanizmining to’g’ri amal qilishiga sharoit yaratib berilgan. Shuningdek bu mamlakatda moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasida mahsus organlarga keng vakolatlar berilgan bo’lib, bu omil ularning samarali faoliyat olib borishlariga ko’maklashadi. Yaponiyada nazorat ishlarining yagona mahsus organ tomonidan amalga oshirilishi haqida bitiruv malakaviy ishining birinchi va ikkinchi boblarida muxtasar bayon etdik. Umumiy xulosa sifatida esa shuni qayd etish mumkinki, moliyaviy nazorat ishlarining bu taqlid olib borilishi iqtisodiyot subyektlari uchun ancha qulayliklar yaratadi. Tekshirishlarni bevosita amalga oshiruvchilar safida turli kasb egalarining bo’lishi hamda ularning nazorat tadbirlarini o’tkazish borasida qo’shimcha ravishda malaka oshirishlari tekshirilayotgan obyektning yakuniy dalolatnomasi subyektiv, ayni damda obyektiv bo’lishini anglatadi. 62 Rossiya Federatsiyasi moliya tizimi, uning bo’g’inlari moliyaviy nazoratni tashkil etish shakl va usullari bizning milliy moliyaviy nazorat bilan juda o’xshashdir. Asosiy o’xshashliklar shundan iboratki, Rossiyada ham byudjet ijrosi ustidan nazoratni olib boruvchi tashkilotlar Moliya vazirligi va federal g’aznachilik bo’lib, mamlakat umumiy iqtisodiyoti ustidan nazorat va tartibga solish ishlari Federal hisob palata tomonidan amalga oshiriladi. O’z o’rnida bir qancha xususiyatlar ham borki, ular bizdagiga qaraganda butunlay boshqacha ko’rinishga ega. 1998 yildan Hisob palatasi ishining oshkoralik tamoyili asosida yo’lga qo’yilishi fikrimizning isbotidir. To’plangan va o’rganilgan ma’lumotlar asosida quyidagi milliy moliya tizimiga joriy qilish mumkin bo’lgan takliflarni ishlab chiqdik:
 Moliyaviy nazorat organlari faoliyati oshkoraligini ta’minlash (Rossiya tajribasidan);
 Moliya organlari xodimlari uchun tabaqalanishni (xuddi harbiy sohadagidek) joriy qilish;
 Moliya organlari xodimlarining o’rtacha oylik ish haqini oshirish;
 Moliya organlari xodimlarini attestatsiyadan o’tkazishni elektron tartibda amalga oshirish;
 Byudjet muassasalari hisobchilariga qat’iy malakaviy va ilmiy salohiyatiga qat’iy talablarni o’rnatish;
 Mahalliy byudjet va byudjet tashkilotlari o’rtasida elektron hisobdorlikni joriy qilish (Germaniya tajribasidan);
 Yuqori nazorat organlari boshqaruv direksiya xodimlariga parlamentdan joy berish (Germaniya va Yaponiya tajribasidan);
 Nazorat organlari tarkibini byudjet muassasalari faoliyat olib borayotgan tarmoq mutaxassislari bilan boyitish (Yaponiya tajribasidan);
 Mamlakatimiz rezidentlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlari daxlsizligini ta’minlashga va ularga bu sohada konsalting xizmatlarini ko’rsatuvchi davlat organlarini tashkil qilish.


  1. Download 235,13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish