Yaponiya davlat moliyaviy nazorat tizimi Yaponiya nazorat organlari tizimining o'ziga xos xususiyatlaridan biri barqarorlik deb e'tirof etiladi. Dastavval, bu e'tirof 116 yil muqaddam davlat byudeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan Nazorat-taftish boshqarmasi (NTB) ga tegishli bo'lgan. Boshqarma tashkil etilgandan to shu paytgacha katta o'zgarishlarga uchramadi, faqatgina tekshirish obyektlari o'zgardi va doimiy ravishda ish hami o'sib bordi. "Nazorat-taftish boshqarmasi to'g'risida" gi Qonunga ko'ra boshqarmaga davlat boshqaruv tizimining bir qismi yuklangan bo'lib, u o'z faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasiga nisbatan mustaqildir. Nazorat-taftish boshqarmasi Nazorat taftish komissiyasi tomonidan boshqariladi. Komissiya o'z tarkibiga boshqarma prezidenti va ikki komisarni olib, ularni Vazirlar Mahkamasi va Parlament o'zaro kelishgan holda tayinlaydilar. Komissiya, shuningdek, muhokama organini ham o'zida mujassam etgan bo'lib, bu organ tekshiruvlar yuzasidan qarorlarni qabul qilish funksiyasini bajaradi. Muhokama organining a'zolari nizomga ko'ra tekshiruvlarda ishtirok etish va boshqarmaning muayyan bo'limiga biriktirilish huquqiga ega emaslar. Komissarlar, davlat vazirlari va yuqori sud sudyalari kabi imperator tasdiqlagandan so'ng o'z vakolatlirini qabul qiladilar. Ular yetti yilgan tayinlanib, bu vaqt davomida ularning faoliyati mustaqilligi qonun bilan kafolatlanadi. Nazorat-taftish boshqarmasi prezidenti esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan eng munosib 3 nomzod ichidan muqobil tanlash asosidagi saylovlar natijasi bo'yicha tasdiqlanadi. President komissiya majlislariga raislik qiladi va parlamentning iqtisodga oid masalalar yuzasidan o'tkazadigan kengashlarida Nazorat-taftish boshqarmasi nomidan maslahat ovozi beradi. Boshqarma boshqaruvchilariga qonunga ko'ra, bir vaqtda hukumat idoralarida yoki hududiy o'z-o'zini boshqarish organlarida muayyan lavozimni egallash va parlament saylovlariga o'z nomzodini qo'yish man etiladi. Nazorat-taftish komissiyasi boshqarma faoliyatiga oid barcha muhim masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qiladi. Bunday qarorlarga misol tariqasida boshqarma ish tartib-qoidalarini belgilash, tekshirilishi lozim bo'lgan tashkilotlarni
aniqlash, tekshirishlar natijalari bo'yicha hisobot tayyorlash va xodimlarni ishdan bo'shatish va yangi xodimlarni ishga qabul qilishni ko'rsatib o'tish mumkin. Nazorat-taftish boshqarmasi tekshiruvlarini bevosita Bosh ijro byurosi amalga oshiradi.U kotibiyat va besh byurodan tashkil topgan. Boshqaruv kotibiyati umumiy masalalar, kadrlar, buxgalteriya, tadqiqotlar o'tkazish va shikoyatlar bilan shug'ullanish kabi boshqaruv ishlarini amalga oshiradi. Byuro o'z ichiga kadrlar bo'limi, ilmiy ishlar bo'limi, xo'jalik muammolari bo'yicha bo'lim va boshqa bir nechta bo'limlarni oladi. Jami bo'lib 34 taftish bo'limi byuro tuzilmasiga kirib, ularning har biri vazirliklar (masalan, moliya, qurilish, transport, mudofaa vazirliklari) va tashkilotlarni tekshirish vazifasini bajaradi. Byurolar va kotibiyat apparati 1991 yilda o'z tarkibida 1230 nafar xodimni jam qilgan. Ularning 60 % dan ko'p qismini iqtisod va huquq masalalari bo'yicha yetuk taftishchi mutaxassislar va tegishli tarmoq bo'yicha boy tajribaga ega bo'lgan xodimlar tashkil qiladi. Bu omillar boshqarmaga xodimlarni qabul qilishda asosiy mezonlar bo'lib xizmat qiladi. Nazorataftish boshqarmasi apparatining asosiy vazifasi davlatning daromad va xarajatlari va qonun bilan belgilangan boshqa yakuniy natijalarni hujjatli tekshirish hisoblanadi. Tekshiruvlarda davlat korporatsiyalari va boshqa tashkilotlarning moliyaviy natijalari va moliyaviy hisobotlarining har bir jihati ko'rib chiqiladi. Ma'lumotlarga ko'ra Nazorat-taftish boshqarmasi har yili qariyb 70 million betdan iborat 200 ming jildlik hisobotlar va to'lov topshiriqnomalarini
tekshirib chiqadi. Shunday qilib, apparatning bosh vazifasi turli vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar va xususiy subyektlarning davlat mablag'laridan samarali foydalanishini tekshirish hisoblanadi. Byudjet mablag'laridan foydalanishni tekshirishda tez-tez kelishmovchiliklar ham yuzaga kelish holatlari kuzatilib turadi. Masalan, tekshirilgan firma Nazorat-taftish boshqarmasi nazoratchisining xulosasini to'g'ri deb tasdiqlamasligi mumkin. Bunday hollarda nazorat-taftish komissiyasining qaroriga binoan joriy firmani tekshirish kelgusi moliyayiliga qoldiriladi. Qayta tekshirish natijalari va qonunbuzarliklarni yashirishlar bo'yicha hukumatga yoki parlamentga hisob beriladi. Qonunbuzarga nisbatan hisob raqam yopilgunga va taftish natijalari prokurorga yuborilgunga qadar ma'muriy jazo choralari qo'llanadi.