Himoyaga tavsiya etildi


Moliya nazoratining zarurligi va uning amallari oshirish yo'llari



Download 235,13 Kb.
bet2/14
Sana20.03.2022
Hajmi235,13 Kb.
#501672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MOLIYA

Moliya nazoratining zarurligi va uning amallari oshirish yo'llari

Moliyaviy nazoratni tashkil etish bu moliyaviy resurslarni boshqarishning majburiy elementi hisoblanib,bunday boshqaruv jamiyat oldidagi javobgarlikni aks ettiradi. Nazorat bu oxirgi maqsad hisoblanmaydi, nazorat bu boshqarish tizimining ajralmas qismi bo'lib, mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy shartidir. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo'lib hisoblanadi. Nazorat boshqarish siklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu qarorlarning amalga oshirilish darajasini haqiqiy natijalarning o'rnatilgan parametrlari va me'yoriy ko'rsatmalardan og'ish (farq qilish) darajasini aniqlash va salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratiladigan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida boshqariluvchi obyekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil qilish tizimidir. Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyektda mavjud bo'lgan haqiqiy holatni obyektiv o'rganish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat. Davlat moliyaviy nazoratning boshqaruv tizimining asosiy elementi bo'lgan umumiy nazorat tizimidagi muhim o'rni va ahamiyati shundaki, birinchidan, moliya o'zi iqtisodiy kategoriya sifatida obyektiv tarzda nazorat funksiyasini bajaradi; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotida moliyaviy munosabatlarning roli oshib boradi. Barcha uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonlarini, xo’jalik yuritishning barcha pog’onalari, davlat boshqaruvining barcha darajalarini qamrab olar ekan, moliyaviy nazorat universal qurol sifatida amal qiladi. Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning obyekti bo’lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim. Davlat moliyaviy nazoratining mohiyatini ochib berishi uchun bir qator holatlarni hisobga olmoq lozim: Moliyaviy nazorat davlat hokimiyati va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarini faoliyatining bir shakli, ko’rinishi sifatida namayon bo’ladi. Moliyaviy nazorat ma’lum darajadagi moliyaviy ishlab chiqarish munosabatlarini boshqarish va tartibga solish shaklida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning ta’sirchanligi uni moliyaning boshqa barcha funksiyalari bilan o’zaro bog’likda amalga oshirilgandagina ta’minlanadi. Moliyaviy nazorat xo’jalik sub’yektlari va aholi tomonidan me’yoriy- huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Haqiqatan ham, qat’iy va samarali moliyaviy nazoratsiz moliyaviy intizomni mustahkamlash qiyin. Moliyaviy intizom bo’lmagan joyda esa iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining yashash darajasini yaxshilashga qaratilgan muhim vazifalarni hal etib bo’lmaydi. Ayniqsa o’sish harakteridagi iqtisodiyotda ilgari ma’lum bo’lmaganlar va uchramagan moliyaviy buzilishlarning aniqlanishi ularni amaliyotda moliyaviy nazoratning barcha dastak va vositalarini qo’llab bartaraf etish talab qilinadi. O’zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati o’z ichiga davlat byudjeti va davlatning byudjetdan tashqari fondlari mablag’larining shakllanishi va ishlatilishi ustidan quyidagi vakolatga ega:

  • Pul muomalasini tashkil etish ustidan nazorat;

  • Davlatning ichki va tashqi qarzlari ustidan nazorat;

  • Davlat kredit resurslaridan foydalanish ustidan nazorat;

  • Davlat mulkidan foydalanish ustidan nazorat;

  • Davlat zahiralari ustidan nazorat;

  • Moliyaviy engilliklar va imtiyozlar berish ustidan nazorat.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazoratiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: davlat moliyaviy nazorati davlat xokimiyati organlarining hamda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining huquqiy normalari bilan tartibga solinadigan davlat moliyaviy resurslarining shpkllanishi, taqsimlanishi, maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishi ustidan, shuningdek, davlat va mahalliy mulkdan qonuniy tarzda foydalanish ustidan nazorat qilish yuzasidan moliyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan maqsadli faoliyatdir. Bu faoliyatning asosiy maqsadi nazorat qilinadigan ob’yektlar faoliyatidagi kamchiliklarni topish va mansabdor shaxslarni jazolashdan iborat bo’lib qolmasdan, balki bu kamchiliklarning oldini olish, ularga yo’l qo’ymaslik, ogohlantirishdan iboratdir. Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning muhim vazifalari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: Davlat byudjeti va davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish; Davlat moliyaviy resurslarining maqsadga muvofiq ishlatiishini, davlat va mahalliy mulkdan qonuniy ravishda va oqilona foydalanishini nazorat qilish; Xo’jalik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotni to’g’ri yuritilishini nazorat qilish, xo’jalik operatsiyalarining buxgalteriya xujjatlarida to’g’ri aks etirilishini tekshirish; Soliq va soliqqa tortish, valyuta, bojxona va bank faoliyatida amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish. Bu ro’yxat bilan davlat moliyaviy nazoratining vazifalarini chegaradash mushkildir. Chunki moliyaviy qonunchilikning o’zgarishi bilan moliyaviy nazoratning vazifalari ham o’zgaradi va aniqlashtiriladi. Bu ro’yxat bilan davlat moliyaviy nazoratining vazifalarini chegaradash mushkildir. Chunki moliyaviy qonunchilikning o’zgarishi bilan moliyaviy nazoratning vazifalari ham o’zgaradi va aniqlashtiriladi. Ayrim adabiyotlarda moliyaviy nazoratning nazorat funksiyasi deyarli bir xil talqin etilishini kuzatishimiz mumkin, ya’ni moliyaning nazorat funksiyasi nazorat qiluvchi organlar faoliyatida o’z aksini topashi to’g’risidagi noto’g’ri tushunchalarga duch kelamiz. Gap shundaki, moliya o’zining nazorat funksiyasini obyektiv tarzda barcha moliyaviy munosabatlarning amal qilish jarayonida bajarib keladi. Moliyaviy nazorat esa uning bu fuksiyasining amalda namayon bo’lish shakli Davlat moliyaviy nazoratni esa bu davlatning iqtisodiyotni boshqarish elementlaridan biri bo’lib, uning yordamida moliyaviy resurslardan foydalanishdagi qonunlarning bajarilishdagi kamchiliklar aniqlanadi bu kamchiliklarning omillari va sabablari tahlil qilinadi ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi va ularni amal chora tadbirlar belgilanadi va ularni amalga oshirish darajasi nazorat qilinadi. Davlat moliyaviy nazoratning funksiyalarning mamlakatda ishlab chiqilgan va amal qiladigan qonuniy va me’yoriy -huquqiy hujjatlarda o’z aksini topadi va tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.




Download 235,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish