Himoyaga tavsiya etildi


Moliyaviy Nazoratning sohalari



Download 235,13 Kb.
bet4/14
Sana20.03.2022
Hajmi235,13 Kb.
#501672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MOLIYA

Moliyaviy Nazoratning sohalari
oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o’rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi. Davlat moliyaviy nazoratining obyekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi byudjeti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tekshirish orqali uning buzilishiga yo’l qo’ymaslik, buzilish holati sodir bo’lsa, aniqlash va kamchiliklarni bartaraf eitsh hisoblanadi.
Davlat moliyaviy nazorati quyidagicha guruhlashtiriladi:

  • nazoratni amalga oshiruvchi organning bog’liqligiga qarab, ichki va tashqi davlat nazorati;

  • byudjetning tegishli darajasiga bog’liq holda, davlat boshqaruvi va mahalliy darajada.

Davlat moliyaviy nazorati tizimiga quyidagilar kiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari;

O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi byudjet bajarilishini nazorat qilsa, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bo’linmalari, Moliya vazirligi nazorat taftish Bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari respublika va mahalliy darajada byudjet nazoratini amalga oshiradi. Davlat nazorati haqida gap borar ekan, shu o’rinda xo’jalik yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan nazorat qilinishiga ham alohida to’xtalib o’tish lozim. Bunday nazorat O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida”gi 717-I-son Qonuniga asosan olib boriladi. Mazkur qonunga muvofiq xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: tekshirish, shu jumladan taftish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish;

    • statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish;

    • idora qaramog’idagi organlarni tekshirishdan o’tkazish.

Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini statistika va boshqa axborotlarini tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek idora qaramog’idagi organlarni tekshirishdan o’tkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy prinsiplari esa quyidagilardan iborat:

    • nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;

    • yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

    • xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashmaslik.

Nazorat tartibida tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy bo’linmalari bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorati organlari o’zlarining vakolatlari doirasida quyidagi nazorat turlarini amalga oshiradilar: kompleks nazorat - aniq davr bo’yicha hamma masalalar bo’yicha nazorat obyektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;

  1. tematik nazorat - aniq davr bo’yicha ayrim masalalar bo’yicha nazorat obyektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;

  2. muqobil nazorat - uchinchi shaxs nazorati, tekshirilayotgan savol doirasida asosiy nazorat obyekti bilan bog’liq faqat o’zaro munosabatlar savollari qarab chiqiladi;

qo’shma nazorat – davlat moliyaviy nazorati organlari boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda o’tkazadigan nazorat. Xo’jalik aloqalarining kengayishi hususiyatlarining va davlat tasarrufidan chiqarilishi jarayonlarini jadallashuvi natijasida turli mulk shakllariga asoslangan korxona va tashkilotlarning paydo bo’lishi, xo’jalik faoliyatlarining erkinlashuvi nodavlat moliyaviy nazoratning shakllanishini va rivojlanishiga turtki bo’ldi. Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (ko’rinishlari, turlari) nazoratni amalga oshirish metodlarining o’xshashligiga qaramasdan, o’zlarining pirovard maqsadlari bo’yicha bir-biridan tubdan farq qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo’lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratining (ayniqsa, firma ichidagi moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasiga ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o’zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qo’yilgan. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to’g’ri belgilash muhim hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo’lish maqsadga muvofiq hisoblanadi: byudjet moliyaviy nazorati, moliyaviy-xo’jalik(tadbirkorlik, tijorat) nazorati , mustaqil audit.

Byudjet moliyaviy nazorati

Moliyaviy- xo’jalik (tijorat, tadbirkorlik
nazorati)

Mustaqil audit

Taftish va tekshirish natijalarini kamomad hamda
o’g’irliklar sodir bo’lganda yuqori tashkilotga taqdim etish

Auditorlik
firmasining maslahat xizmatlari

Download 235,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish