Himoyaga tavsiya etildi


Germaniya federativ respublikasida moliyaviy nazorat amaliyotini tahlili



Download 235,13 Kb.
bet10/14
Sana20.03.2022
Hajmi235,13 Kb.
#501672
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
MOLIYA

Germaniya federativ respublikasida moliyaviy nazorat amaliyotini tahlili qilishda eng avvalo shu narsaga diqqatni qaratish kerakki, mamlakatda nazorat organlariga o’z faoliyatlari doirasida keng erkinlik yaratib berilgan. Buni nemiskonstitutsiyasining 14moddasi orqali bilib olishimiz mumkin. Bu moddaga ko’ra Federal Hisob palata hodimlari tekshiruv tadbirlari yo’sinini belgilashda, nazorat va taftish turlarini tanlashda va tekshiruv rejalarini ishlab chiqishda mutlaq davlat vakolatiga egadirlar. Bundan ko’rishimiz mumkinki, milliy Konstitutsiyaning muayyan moddasi aynan Hosib palatasi xodimlari uchun ishlab chiqilgan. Bu esa mamlakat moliya tizimida moliyaviy nazoratning nechog’lik ahamiyatga egaligini ko’rsatib beradi. Germaniya Respublikasi bundestagida (Germaniyada parlament “bundestag“ deb ataladi) moliyaviy nazoratning eng muhim vazifalarini bajaruvchi Byudjet qo’mitasi tashkil etilgan bo’lib, uning asosiy vazifasi byudjet ijrosi va uning nazoratini amalga oshirish bo’libgina qolmay, kelgusi moliya yili uchun byudjetni ishlab chiqish, uni tasdiqlash va qayta ko’rib chiqish kabi ishlarni ham amalga oshiradi. Germaniyada, boshqa ko’pgina mamlakatlar kabi, shu jumladan O’zbekistonda ham, byudjetni ishlab chiqish Moliya vazirligiga topshiriladi. Nemis siyosatiga ko’ra ijroiya organi hisoblangan Moliya vazirligi bundestagda ishtirok etish huquqiga ega emas. Byudjet qo’mitasi, bu vaziyatda vazirlik taqdim etgan kelgusi moliya rejasini bundestag nuqtayi nazaridan ko’rib chiqadi. Byudjet parametrlari to’g’ri kelgan holda kelgusi byudjetni bundestagda muhokamaga qo’yadi. Bundan olingan tahliliy xulosa shuki, byudjet qo’mitasi Germaniya Respublikasida qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlar o’rtasida o’zaro “ko’prik“ vazifasini o’taydi. Bu esa mamlakatda qonun chiqaruvchi organning siyosatdagi birlamchi o’rnini ta’minlab turishda beqiyos yordam beradi. To’plangan ma’lumotlardan ko’rinadiki, Germaniyada Hisob palatasiga keng vakolatlar berilgan. Buni palata boshqaruvining eng yuqori bo’giniga rais yoki direktor emas, prezident lavozimi joriy qilinganidan ko’rishimiz mumkin. Palata boshqaruvi ham yaxlit mamlakaniki kabi strukturaga ega bo’lib, masalalar yoki birlamchi ahamiyatga molik muammolar yuzasidan qarorlar qabul qilish borasida senat ishi ham kuzatiladi. Senatning 2 bo’limga bo’linishi esa va qayta ko’rib chiqish holatidagina masalaning katta senatga oshirilishi nazorat organining ishini ma’lum miqdorda yengillatilishiga olib keladi. Germaniyada moliyaviy nazorati amaliyotida statistik kuzatuvlar ham muntazam ravishda olib borilishi davlat va xususiy sektor korxonalarining mablag’lardan to’g’ri maqsadli foydalanilishlariga olib keladi. Doimiy tekshiruvlarning asosiylari kuzatuvli nazoratga asoslanadi. Kuzatuv natijalari raqamlarda aks ettiriladi va bu orqali eng ko’p kamchilikka ega bo’lgan korxonalar nomi aniq bo’ladi. Bunday korxonalar endilikda moliyaviy nazoratning taftishusulida tekshiriladilar va ularga nisbatan tegishli choralar ko’riladi. Bundan tashqari, olingan statistik ma’lumotlar mamlakat iqtisodiyotining qaysi tarmog’i, hudud va ijtimoiy birliklarda ko’proq qonunbuzarliklar sodir bo’layotganligini aniqlashda qo’l keladi. Bundestag bu vaziyatda yuqorida ta’kidlab o’tilgan birliklar bo’yicha umumiy xulosalar chiqaradi va qonunbuzarliklarning oldini olish uchun kerakli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi hamda bundesratga topshiradi. Ijroiya organi hisoblangan bundesrat parlament ishlab chiqqan rejani tegishli vazirlik va idoralar orqali amalga oshiradi. Germaniya Respublikasi demokratik tamoyillar eng ko’p ildiz otgan mamlakatlardan biridir. Bu omil nafaqat mamalakatning ijtimoiy sohasida, balki iqtisod-moliyaviy sohalarida ham ko’z tashlanadi. Hisob palatasi mamalakat moliyasi va iqtisodiyoti ustidan yalpi nazorat o’rnatish borasida mutlaq mustaqil bo’lsa, Germaniya Federal banki ham o’z vakolati doirasiga ko’ra palata bilan raqobatlasha oladi. Bank tizimi ustidan nazoratni amalga oshirish bilan birgalikda davlat qarzini boshqarish mas’uliyatini ham olgan bu tashkilot davlatga tegishli qimmatli qog’ozlar ustidan ham spekulyativ va strategik fond ishlarini olib borish huquqiga ega yagona tashkilot hisoblanadi. Federal moliya idorasi kabi tashkilotlar dunyoning ayrim mamlakatlarida faoliyat olib boradilar, xolos. Bu tashkilotning asosiy vazifasi Germaniya rezidentlarining tashqi bozordagi huquqlarini himoya qilish va mamlakat soliq siyosatini olib borishdir. Rivojlangan mamlakatlarda, tabiiyki, tashqi iqtisodiy munosabatlar ham makro darajada, ham mikro darajada keng yo’lga qo’yilgan bo’ladi. Iqtisodiy psixologiyaga ko’ra bu munosabatlarda ko’proq kelishmovchiliklar mikro darajada sodir bo’ladi va bu hol rivojlanish darajasidan qat’iy nazar har bir iqtisodiyot uchun tabiiy holdir. Federal moliya idorasining faoliyat ko’rsatishi esa ayni bozor iqtisodiyotiga xos kamchiliklarni bartaraf etishda eng samarali qurollardan biri hisoblanadi.

Download 235,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish