5-7-боблар – сўз таърифи, Низомий Ганжавий, Хусрав Деҳлавий, Абдураҳмон Жомий мадҳи
1.Дарду ғам тасвирига аҳамият берилмагани
8-бобда Навоий салафларига мулоҳаза билдиради. Улар шоҳ Баҳром образини тасвирлашда уч хато қилганлар деб ҳисоблайди
2.Мастлик ва ғафлатдаги шоҳга етти канизнинг эртак айтиши
3.Қаҳрамон сифатида нодон кишининг олинганлиги
9-11-боблар Султон Ҳусайн Бойқаро, Ҳадичабегим мадҳи ва шоҳ Баҳром тарихи
Ошиқлик ва шоҳлиқ бир-бирига мувофиқ эмас, шоҳ ишқида собит туролмади, ишқ шартларини адо этмади, натижада гуноҳлар қилиб, Аллоҳ тажаллийси бўлган табиатга зарар етказгани учун жазоланди
UMUMIY XULOSALAR
Milliy Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab xalq ma’naviy salohiyatini yuksaltirish davlat miqiyosidagi eng ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi. Buning uchun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim tо‘g‘risidagi qonunchilikni qayta ishlab chiqish, “Kadrlar tayyorlash”ning milliy dasturini yaratish kabi strategik vazifalar kun tartibiga qo‘yildi. Bugungi kunda mazkur dastur talablarini amalga oshirish, yuksak intellekt va mustahkam ma’naviy poydevorga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, milliy til va milliy adabiyotning о‘qitilishi bilan bog‘liq kechiktirib bо‘lmaydigan masalalarni alohida ta’kidlash о‘rinlidir. Shu jihatdan ming yillik tarixga ega bo‘lgan sharqona ta’lim-tarbiya qadriyatlarini saqlab qolgan holda, so‘nggi bir necha asr davomida muttasil taraqqiy etib kelayotgan g‘arb davlatlari ta’lim tizimidagi yutuqlar, qo‘lga kiritilgan natija va joriy etilayotgan innovatsiyalardan chetda qolmaslik, ulardan foydalangan holda milliy ta’lim tizimimizning samaradorligi va raqobatbardoshligini yanada oshirish eng muhim vazifalardan ekanligi hech kim uchun sir emas.
Bugungi talaba uchun ma’lumot berish va ma’lumot olishning o‘zi kifoya emas, albatta. Binobarin, “Xamsanavislik an'anasi” modulini o‘qitishda ham ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olish, ilg‘or xorijiy tajribalardan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, hazrat Navoiy me’rosining haqiqiy vorislari sifatida mamlakatimiz yoshlari, filolog va adabiyotshunos mutaxassislari bu borada – navoiyshunoslik borasida raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishi modulni o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsaddir.
Xamsanavislik tarixi va Alisher Navoiy “Xamsa”sining yaratilishi masalasi navoiyshunoslik ilmi hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish” ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga kiritilgan "O'zbek adabiyoti tarixi", “Navoiyshunoslik” fanining eng murakkab va muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Ayni kunlarga qadar dunyoning turli ilmiy markazlarida jiddiy izlanishlar doirasida tadqiq etilayotgan mazkur masalani ta’lim jarayonida o‘rganish va o‘rgatish pedagog-tadqiqotchidan alohida mas’uliyat, nazariy bilimlar majmui va amaliy ko‘nikmalarni talab etadi.
Navoiyshunoslikning hudud va chegarasiz geografiyasi, dunyoning beshta mamlakatida hazrat xotirasi uchun haykal o‘rnatilganligi bobokalonimizning nafaqat millat, balki butun insoniyat oldidagi buyuk xizmatlarining yuksak e’tirofidir. Binobarin, dunyoning turli chekkalarida Alisher Navoiy hayoti va adabiy merosi, xususan “Xamsa”dek inson tafakkurining cheksiz qirralaridan guvohlik beruvchi monumental asar tadqiqi va ta’limi bilan bog‘liq erishilgan natijalar yutuqlar va ilg‘or tajribalardan bahramand bo‘lish, o‘z navbatida, navoiyshunoslikning tom ma’nodagi markazi bo‘lgan mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi tomonidan erishilgan yutuqlardan dunyo ahlini bahramand etish bugungi kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridandir.
Ushbu bitiruv loyiha ishida "O'zbek adabiyoti tarixi", “Navoiyshunoslik” fanlari doirasidagi “Xamsanavislik an'anasi” modulini o‘qitishning zarurati, ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy talablari, imkoniyat va istiqbollari haqida imkon qadar to‘laqonli tasavvur hosil qilishga yordam beradigan o‘quv-didaktik va metodik tizimni yaratish maqsad qilingan edi. Kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, xamsanavislik Sharq mumtoz adabiyotining eng murakkab va yirik adabiy an’analaridan biri. Uning tarixi, taraqqiyoti, Navoiy ijodidagi “takmili” masalasini Hazrat hayoti va adabiy merosi tizimida o‘qitish ahamiyatini inkor etmagan holda, alohida modul sifatida o‘rganish va o‘rgatish yanada samaraliroq natijalarga erishish omili bo‘lishi mumkin.
“Xamsanavislik an'anasi” modulini o‘qitishning to‘laqonli didaktik va metodik ta’minotini yaratish uchun birgina “O‘zbek adabiyoti tarixi” yoki "Navoiyshunoslik" fanlari doirasida chegaralanish kutilgan natijaga olib kelmaydi. Masalaga innovatsion yondashuv ushbu muammoni adabiyot nazariyasi, jahon, xususan, fors-tojik adabiyoti tarixi, Sharq xalqlari tarixi, dinshunoslik, tasavvuf nazariyasi va amaliyoti kabi turdosh va turdosh bo‘lmagan fanlar bilan aloqadorlikda shakllantirilgan modul asosida o‘qitish maqsadga muvofiq. Uning didaktik ta’minotini, xususan, nazorat materiallarida ham buni inobatga olish (jumladan, giterogen test va topshiriqlardan foydalanish) muhim ahamiyat kasb etadi.
"Xamsanavislik an'anasi” modulini o‘qitishda zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari chegaralanmagan. Biroq barcha texnologiyalar oxir-oqibatda eng asosiy maqsad – matnni o’qiy olish, tushunish, tahlil va talqin etish ko’nikmasini sakllantirishga xizmat qilmog’i lozim.
Xamsanavislik an'anasi va tarixi, Alisher Navoiy adabiy “Xamsa”sini o’qitishda muayyan bir muammoni bir necha ta’lim texnologiyalarini birgalikda, ketma-ket qo’llash ham ta’lim samaradirligiga xizmat qiladi. Jumladan “Xamsa”ga nisbatan qo’llanadigan “dostonlar majmui”, “an’ana”, “janr”, “turkum”, “superjanr”, “universal janr” kabi atamalar mohiyati, asosli yoki asossiz ekanligi, kuchli va kuchsiz jihatlari, oddiy qilib aytganda, qaysi biri to’g’ri degan savolning javobini topish uchun dastlab BBB, so’ngra klaster, keys-stadi va SWOD texnologiyalarini uyg’unlikda qo’llash mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Siyosiy va mafkuraviy adabiyotlar
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
Karimov I.A. Adabiyotga e’tibor - ma’naviyatga, kelajakka e’tibor.- Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» // Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent: Sharq, 1997.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - T.: Yangi avlod, 2001. - 184 b.
II. Ilmiy adabiyotlar
5. Abduraxmonov A. Qadimgi turkiy adabiyot. – Sam.: SamDU nashri, 2004.
6. Abdug‘afurov A. Buyuk beshlik saboqlari. - T.:, 1995.
7. Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati (N.Mallaev tahriri ostida). – T.: O‘qituvchi, 1967.
8. Адабиёти форсу тожик дар асрҳои XII-XIV. – Душанбе: Дониш, 1983.
9. Alisher Navoiy «Xamsa»si. Tadqiqotlar. – T.: Fan, 1986.
10. Alisher Navoiy asarlari tilining izohlilug‘ati. 1-4-tomlar. – T., 1983-85.
11. Alisher Navoiy va ijod saboqlari. – T.: Fan, 1981.
12. Bertels E.E. Navoiy (Rus tilidan I.Mirzaev tarjimasi). – T: Tafakkur qanoti, 2015.
13. Bertel’s E.E. Izbrannыe trudы. Navai i Jami. – M.: Nauka, 1965.
14. Valixo‘jaev B. O‘zbek adabiyoti tarixi (O‘quv qo‘llanma). II qism. – Sam.: SamDU nashri, 2002.
15. Valixo‘jaev B. Valixo‘jaev B.N. Xamsa takmili. Alisher Navoiy «Xamsa»si. Tadqiqotlar. -T.: Fan, 1986. 81-89 b.
16. Valixo`jayev B. Mumtoz siymolar. -T.: A.Qodiriy, 2002.
17. Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi (O‘quv qo‘llanma) –T.: Yangi asr, 2006.
Yo‘ldoshev Q. va boshq. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 1994.
Jo‘raqulov U. Nazariy poetika masalalari. – Toshkent: Gafur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015. 126-132-betlar.
Ishmuhammedov R., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. –Toshkent: Nihol, 2013.
Karomatov H. Qur’on va o‘zbek adabiyoti. – Toshkent, 1996.
Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. - Toshkent: YOzuvchi, 1996.
Komilov N. Xizr chashmasi. –T.: Ma’naviyat, 2005.
Ma’naviyat Yulduzlari. – Toshkent: Xalq merosi, 2001.
Muhiddinov M. Komil inson – adabiyot ideali. – Toshkent: Fan, 2005.
Muhiddinov M. Nurli qalblar gulshani. – Toshkent: Fan, 2006.
Salohiy D. Navoiy nazmiyoti (O‘quv qo‘llanma). – Toshkent, 2012.
Sayidahmedov N., Indiaminov H. Pedagogik mahorat va pedagogic texnologiya. – T.: Fan va texnologiya, 2014.
Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. – T.: Akademnashr, 2011.
Tohirov S. «Saddi Iskandariy» dostonidagi bir bayt haqida mulohazalar. Yosh sharqshunoslarning akademik U.Karimov nomidagi X ilmiy-amaliy konferensiyasi tezislari. – Toshkent, 2013. 174-178-betlar.
Tohirov S. O‘zbek she’riyatida aruz. - Samarqand: SamDU nashri, 2010.
Tohirov S. Alisher Navoiy «Xamsa»sini o‘rganish muammolari. // «Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda ilmiy maktablarning o‘rni (Ilmiy-nazariy konferensiya materiallari) – Sam.: SamDU nashri, 2012. 50-52-b.
33. To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T. Yangi asr avlodi, 2007.
Yusupova D. O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti (Alisher Navoiy davri). O‘quv qo‘llanma. –T.: Tamaddun, 2016.
Xidirnazarov S. Poema «Xayrat al-abror» («Smyatenie pravednыx») Alishera
Navoi. Problemы tipologii i poeticheskoy arxitektoniki. Avtor. kond. nauk. –Tashkent, 1990.
O‘zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 2-tom. – T.: Fan, 1974.
37. Qayumov A. «Hayrat ul-abror» talqini. - T., 1977.
38. Qayumov A. «Saddi Iskandariy». – T.: Badiiy adabiyot, 1991.
39. Qur’oni karim (O‘zbekcha izohli tarjima. Tarjima va izohlar muallifi A.Mansur). – T.: Cho‘lpon, 1992.
Hayitmetov A. Navoiyxonlik suhbatlari. - T.: Fan, 1993.
Hayitmetov A. «Xamsa»da islom nuri. - T.: Fan, 1998.
III. Adabiy manbalar
Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at. 1-2-jildlar /Mas'ul muharrir Sh.Sirojiddinov. – T.: Sharq, 2016.
Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 7-tom. Hayrat ul-abror. – T.: Fan, 1991.
Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 8-tom. Farhod va Shirin. – T.: Fan, 1991.
Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 9-tom. Layli va Majnun. – T.: Fan, 1992.
Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 10-tom. Sab’ayi sayyor. – T.: Fan, 1992.
Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 11-tom. Saddi Iskandariy. – T.: Fan, 1993.
Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik. 16-tom. Muhokamat… – T.: Fan, 1996.
Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006.
Alisher Navoiy. Sab’ayi sayyor. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006.
Amir Xusravi Dehlavi. Osori muntaxab. Jildi yako‘m. Oinai Iskandariy. – Dushanbe: Irfon, 1971. 7-230-sah.
Nizomii Ganjavi. Kulliyot. Jildi panjo‘m. “Maxzan ul-asror”. (Nashrga tayyorlovchi Z.Ahroriy). – Dushanbe: Irfon, 1984.
52. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari. – T.: Fan, 2003. 196-223-betlar.
IV Internet manzillar va saytlar
www.ziyouz.uz
www.turkicstudies.ru
www.oriyentalstudiyes.ru
www.e-adabiyot.uz
Ziyonet-kutubxona
Do'stlaringiz bilan baham: |