Endoplazmatik to'r (EPT) - Endoplazmatik toʻr hujayrada oʻzaro tutashgan bir qavat membrana bilan sitoplazmadan chegaralangan mayda vakuolalar va naychalar sistemasidan iborat. Endoplazmatik toʻr qalinligi 5— 7 nm, koʻpincha yadroning tashqi membranasi va hujayra membranasi bilan tutashgan. Endoplazmatik toʻr silliq (agranulyar) va donador (granulyar) boʻladi. Silliq Endoplazmatik toʻr membranasida ribosomalar boʻlmaydi. Silliq Endoplazmatik toʻr lipidlar horil boʻlishi va toʻplanishida, glikogen almashinuvida, triglitseridlar, steroid gormonlar sintezida, zaharli moddalar toʻplanishi va ajratilishida qatnashadi. Donador Endoplazmatik toʻr membranasi ribosomalar joylashgan naychalar va yassi qopchiqlardan iborat. Donador Endoplazmatik toʻr membranalariga birikkan ribosomalar kompleksi — poliribosomalarda oqsil sintezlanadi. Sintezlangan
- oqsillar Golji kompleksiaa toʻplanadi yoki hujayradan
- tashqariga chiqariladi. Sintezlangan oqsillar dastlab
- donador Endoplazmatik toʻr naychalariga tushib, u
- yerdan ATF sarfi hisobiga hujayraning boshqa
- qismlariga tashilishi yoki naychalarda toʻplanib,
- modifikatsiyaga uchrashi mumkin. Donador
- Endoplazmatik toʻr oqsil sintezlaydigan organlar
- (meʼda osti bezi, soʻlak bezlari va boshqalar)
- hujayrasida koʻp boʻladi;
Ribosomalar - O'lchami 15 dan 35 nm gacha bo'lgan, ikkita teng bo'lmagan bo'linmadan iborat va taxminan teng miqdordagi oqsil va RNKni o'z ichiga olgan mayda sharsimon organellalar.
- Ribosoma bo'linmalarining ko'p qismi nukleollarda sintezlanadi va yadro membranasining teshiklari orqali sitoplazma ichiga kiradi, ular endoplazmatik to'r pardasida yoki erkin joylashadi.
- Proteinlar sintez qilinganda, ular xabarchi RNKda guruhlarga birlashtirilishi mumkin (polisomalar)
Golji aparati - Golgi aparati-bu 5-10 tekis qatlamlar to'plami bo'lib, ularning qirralarida novdali naychalar va mayda pufakchalar joylashgan. U membrana tizimining bir qismidir: Funksiyasi — oqsillarni modifikatsiyalash (glyukozalash, sulfatlash, fosforlash, qisman polipeptid zanjirni parchalash va b.), ajratiladigan mahsulotlarni granulalar holida taxlash, ayrim polisaharidlarni sintezlash, hujayra membranasini hosil qilish, lizosomalarni sintezlash. Oqsillar membranali pufakchalar ichida endoplazmatik toʻrdan G.k. ga oʻtadi. G.k.da ulardan murakkab oqsillar (lipoproteidlar,
- mukoproteidlar, mukopolisaharidlar) hosil
- boʻladi. Tayyor mahsulotlar pufakchalarda
- toʻplanadi. Pufakchalar diktiosomalar uchidagi
- xaltachalardan sitoplazmaga chiqib, u yerda
- toʻplanadi yoki mikronaychalar orqali
- hujayradan tashqariga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |