Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
M.Nabiyev.,
T.Odilov.,
O`.Pratov.,
G`.Shermatov.
Qiziqarli
botanika.
Toshkent.
―O‘zbekiston‖- 1975 yil
2.
B.K.Shishkin. Botanicheskiy Atlas. Moskva-1963 g.
3.
O‘.Pratov, A.S.To‘xtayev, F.O.Azimovna ―Botanika‖ Toshkent ―O‘zbekiston‖ 2003 yil.
DALACHOY –
HYPERICUM PERFORATUM
NING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA
SIRLI XOSIYATLARI
Boratova M.G`., Aliyeva K.
Navoiy davlat pedagogika instituti
O`simliklar dunyosi turli tuman bo`lishi bilan birgalikda, ularning har birining bir qancha
xususiyatlari, jumladan, biologik, ekologik, dorivorlik yoki farmatsevtik, zaharli, ingibitorlik
xusuiyatlari mavjud. Ana shunday o`simliklardan biri dalachoydir.
55
Dalachoy
yoki
qizilpoycha –
Hypericum perforatum
(Зверобой продырявленный или
обыкновенный), mahalliy nomlanishi dalacho`p, sariqchoy, choy o`t, sarqbosh deb ataladigan bu
o`simlik, dalachaoydoshlar oiasiga mansub ko`p yillik o`t o`simlik. Poyasi 30-35 sm, yuqori qismidan
shoxlangan, ostki qismi qizil (Qizilpoycha nomi shundan olingan). Barglari mayda, poyada qarama-
qarshi o`rnashgan, bargi juda ko`p, yaltiroq bezchalar bilan qoplangan. Gullari sariq, poya uchidagi
qalqonsimon to`pgulga joylashgan. O`simlik, ayniqsa, uning gullari hushbo`y hidli. U martning
ikkinchi yarmida unib chiqadi, iyundan boshlab to avgustgacha gullaydi. Dalachoy O`zbekistonda
adirlardan boshlab to tog`ning o`rta qismigacha bo`lgan yerlarda ko`plab o`sadi. U O`rta Osiyoning
hamma tog`liq rayonlarida, Kavkazda, Sibirda va G`arbiy Yevropada ham keng tarqalgan.
Keyingiyillardauningurug`iShimoliyAmerikaga ham boribqolgan.Bu o`simlikni fan olamiga birinchi
bo`lib, Karl Linney 1753 yilda olib kirgan va unga Hypericum
degan nom bergan. Bu o`simlikning
―Zveroboy‖ deb atalishiga sabab, uning tarkibidagi zahar hayvonlarning o`limiga sababchi bo`ladi.
Ilm-fan va chorvadorlar tajribasi buning sababini allaqachon aniqlab, tasdiqlab berdi. Qizilpoycha
hayvonlarda quyosh nuriga nisbatan sezuvchanlikni juda oshirib yuborar ekan. Bu holat qora rangli
hayvonlarda uncha sezilmasa ham oq rangli – albinos, ya‘ni terisi pigmentlardan mahrum bo`lgan
hayvonlarda og`ir zaharlanish vujudga keltiradi.
Kimyoviy tekshirishlar natijasida qizilpoychaning bargida 10 % oshlovchi moddalar, 0,1 %
alkoloidlar, saponinlar va giperitsin deb nomlangan pigment bilan bog`liqdir. Giperitsin hammadan
ko`ra o`simlikning gullash davrida bargi va gullarida ko`proq bo`ladi. Shuning uchun ham
qizilpoychani g`unchalash va gullash davrida hayvonlar uchun xavfli hisoblanadi. Qizilpoychadan oq
va chavkar tusdagi qo`ylar, echkilar, qisman, cho`chqalar va otlar ham zaharlanadi. Boshqa rangdagi
hayvonlarda zaharlanish alomatlari ko`rinmaydi. Buning isboti uchun dengiz chochqalarida tajriba
o`tkazilgan. Qizilpoycha bilan boqilgan dengiz chochqalarining faqat oq rangdagilarigina 48 soatdan
so`ng zaharlangan. Boshqa rangdagilarda esa zaharlanish alomatlari mutlaqo ko`rinmagan.
Bu o`simlikdan zaharlanish Qozog`istonda bir necha marta kuzatilgan. Bulardan birihda 180
echki, ikkinchisida 597 qo`y zaharlangan va ulardan 190 tasi o`lgan. Har ikkala holda ham zaharlanish
mollarni qizilpoycha ko`p o`sgan o`tloqlarda boqish natijasida sodir bo`lgan. Tekshirish natijasida o`z
og`irligiga nisbatan 4 % iga teng miqdorda qizilpoycha yegan qo`yda va 1 %iga teng qizilpoycha
yegan qoramolda zaharlanish alomatlari paydo bo`lgan. Agar qoramol bu o`tdan o`z og`irligining 5
%iga teng keladigan miqdorda yesa albatta, o`ladi. Yosh mollar katta yoshdagi mollarga nisbatan
ko`proq zaharlanadi. Zaharlangan mollarda butun tana bo`ylab pigmentsiz yerlarda (ayniqsa bosh,
quloq va peshonada, burun usti, og`iz va ko`z atrofida) teri yallig`lanib shishadi va yoriladi. Qattiq
zaharlangan hayvon tanasining shu yerlarida yaralar paydo bo`ladi. Hayvon tinchligini yo`qotadi,
to`xtovsiz qashinadi, ba‘zan o`zini tishlab yaralarni ko`paytiradi. Qichinish ayniqsa, oftobda
kuchayadi, soyada bir oz kamayadi. Kasallik alomatlari paydo bo`lgan hayvonlarni tezda boshqa
qizilpoycha kam bo`lgan o`tloqlarga ko`chirish va ularni mumkin qadar soyada saqlash mollarning
tezroq tuzalishiga imkon beradi. Mollarni zaharlanishini oldini olish uchun qizilpoycha ko`p o`sadigan
dalalarni oldindan aniqlab, o`simlik gullagan vaqtida oq va chovkar mollarni boqmaslik maqsadga
muvofiqdir. AQShning Kaliforniya shtatida, Avstraliya va Tunis o`tloqlarida qizilpoycha haddan
tashqari ko`p bo`lsa, oq mollarning butun tanasi, chovkarlarining esa faqat oq pigmentsiz yerlarini
sun‘iy ravishda qoraga bo`yaladi va shu usul bilan zaharlanishdan saqlab qolinadi.
Qizilpoychaning dorivorlik xususiyatlari ham yuqori. Yurtimizda ba‘zi yerlarida bu o`simlikni
dalachoy, choycho`p yoki choy o`t deb atashadi. Sababi undan choy tayyorlab iste‘mol qilishadi.
Qozog`istonda bu o`simlik ―Jarabay‖ (jarohatlarni boylovchi yoki jarohatlarni tuzatuvchi) deb,
nomlangan. Rossiya federatsiyasining ko`p oblastlarida ―Xvoroboy‖ (―xvor‖ - xastalik, ―boy -
kurash‖) deb atashadi. Bu nomning ma‘nosi ―xastalik bilan kurashuvchi‖ demakdir. Bu o`simlikni
shifobaxshligi qadimgi yunonda ham ma‘ lum. Rossiyada XVII asr boshlaridanoq bu o`simlikdan
kasalliklarni davolashda ishlatishgan. Xalq orasida ―unsiz non yopib bo`lmaganidek, dala choysiz
odamni shifolab bo`lmaydi‖ degan ishonch paydo bo`lgan. Qizilpoychaning shuxrati Rossiyaga Sibir
hududlari qo`shilgandan keyin yana oshib ketdi, chunki Sibir xalqlari juda qadim zamonlardan beri
dalachoy barglari bilan turli jarohatlarni davolar ekanlar. Tarixiy hujjatlarda Mockvapodshoshi
Mixailning 1683yili Sibir qo`shinlari boshlig`i Romadonovskiyga, qizilpoychani yig`ish, quritib tolqon
qilish va undan har yili bir puddan (16 kg) Moskvaga yuborib turish haqida bergan buyrug`i saqlanib
qolgan.
56
Meditsinada dalachoyni ―to`qson to`qqiz dardga davo bo`luvchi giyoh‖ deb ta‘riflananadi. Xalq
tabobatida dalachoyni boshqa dorivor o`tlar bilan bilan birgalikda ichni qotiruvchi, qonni to`xtatuvchi,
siydik va safroning ajralishini tezlashtiruvchi, og`riqni qoldiruvchi, ishtahani ochuvchi, asabni
bosuvchi, jarohatlarni bitiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Abu Ali ibn Sino uni jarohatlarni tuzatish va
quymich nerv tomirlarining yallig`lanishi natijasida sodir bo`ladigan og`riqlarni qoldirish uchun
ishlatishni tavsiya qilgan. Nemis xalqi uning damlamasidan oshqozon ichak kasalliklarini, jihar va
buyrak xastaliklarini, bodni va bavosil kasalligini davolashda qo`llaniladi.
Qizilpoychaning ko`k yaproqlari jarohatlarga boylansa uni tezda bitiradi. Uning o`simlik
moyidagi damlamasini skipidarga aralashtirib bodga yo`liqqan oyoq va qo`lllarga surtiladi. Spirtdagi
damlamasining suvda kuchsizlantirilgani bilan milklarni mustahkamlash va qo`lansa hidni yo`qotish
uchun og`iz chayiladi. Dalachoyning tarkibida turli kimyoviy birikmalar mavjud (1-jadval). Ilmiy
metidsinada qizilpoychaning spirtda tayyorlangan damlamasi har xil formadagi kolit kasalligini
dabolashda qo`llaniladi. Bu o`simlikdan olingan
imanin
preparati turli teri kasalliklarini, ya‘ni 2-va 3-
darajadagi kuyish, terining yallig`lanishi, jarohatlar, yaralar, chipqonlarni davolashda hamda yiringli
quloq-tomoq kasalliklarini davolashda keng qo`llaniladi. Imaninni surilishi bilan kuchli tumov ham bir
necha soatdan so`ng tarqaladi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |