Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


YO`RG`A TUVALOQ TABIAT MUHOFAZASIDA



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   414
Bog'liq
Туплам

 
YO`RG`A TUVALOQ TABIAT MUHOFAZASIDA 

Achilova N.R., Jalolova M.J.


Navoiy davlat pedagogika instituti 
Sayyoramizda tiriklikning asosiy xususiyatlardan biri bu-biologik xilma-xillikdir. Bu evolyutsiya 
jarayonida tirik organizmlarning muhitning konkret sharoitlariga moslashish natijasida yuzaga keladi. 
Biologik xilma –xillik bu jamiyat ehtiyojini iqtisodiy-ekologik va madaniy-estetik jihatdan 
qondirishning zaruriy potensial zahirasidir. 
O`zbekistonda so`ngi yillarda bioxilma-xillikni saqlab qolish borasida bir qancha jiddiy tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. Ularni yanada jadallashtirish kamyob va yo`q bo`lib ketayotgan hayvonlar 
muhofazasini kuchaytirishga va sonini tiklashga xizmat qilish kerak. Respublikamiz qo`riqxonalarida 
qizil kitobga kiritilgan Buxoro bug`usi, morxo`r, Qizilqum arxari, ko`k sug`ur, Turkiston silovsini kabi 
hayvonlar, yirik yirtqich qushlar va hashorotlar muhofazaga olingan. Yo`q bo`lib ketish ostida turgan 
yo`rg`a tuvaloqni sun`iy sharoitlarda ko`paytirish va keyinchalik yovvoiy tabiatga chiqarishlari Navoiy 
va Buxoro viloyatlarida bir qator hayvonlar ko`paytiriladigan joylarda amalga oshirilmoqda [1]. 
Biologik xilma-xillik to`g`risidagi xalqaro Konvensiya 1992 yil Rio-de-Janeyroda qabul 
qilingan, 1995 yil 17 oktyabrida kuchga kirgan, ―Yo`qolib ketish havfi ostida turgan yovvoiy 
hayvonlar va o`simliklar turlari bilan xalqaro savdo qilish to`g`risida‖ gi, yovvoiy hayvonlarning 
ko`chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasini Respublikamiz tomonidan 1998 yil 1-
mayda ratifikatsiya qilingan. O`zbekistonda, xususan Navoiy viloyati xududida uchraydigan uchib 
o`tuvchi yo`rg`a tuvaloqning populyatsiyasi ayni paytda qisqarib borayotganligini hisobga olgan holda 
uni Xalqaro va O`zbekiston Qizil kitobi ro`yhatiga kiritilgan. 
O`zbekistonda noyob hayvonlar, jumladan, yo`rg`a tuvaloqni ko`paytirish va muhofaza qilish 
maqsadida ikkita pitomnik faoliyat ko`rsatmoqda. Navoiy viloyatidagi ―Emirates Centr for 
Conservation of Houbara‖ nodavlat notijorat tashkiloti hamda Buxoro viloyatidagi ―Emirates Birds 
Breeding Center‖ pitomniklari O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo`mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo`lib, miqdori kam qolgan noyob qush turini 
ko`paytirish bilan shug`ullanadilar. Mutaxassislarning ta`kidlashlaricha, Birlashgan Arab Amirliklari 
vitsi prezidenti shayx Muhammad bin Roshid Al-Makrum janoblari sarmoyasi evaziga ish boshlagan 
Navoiydagi mazkur markaz loyihasining umumiy qiymati 300.million AQSh dolloriga teng [2]. 
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda loyihaning asosiy vazifa etib Osiyo yo`rg`a tuvalog`ini 
ko`paytirish va O`zbekistonda hozirgacha chit ellik biolog ornitolog mutaxassislar tomonidan yo`rg`a 


51 
tuvaloq uchraydigan mahalliy sharoit batafsil o`rganilib, qusharni parvarish qilish uchun fermalar, 
vaqtinchalik turar joylar barpo etildi. Zamonaviy talablarga javob beradigan pitomnik 2007 yilda 
tashkil etilgan bo`lib, umumiy maydoni 300 gektardan iborat. Navoiy shahridan janubiy-g`arbida 30 
kilometr masofada Karmana tumaning cho`l hududida joylashgan [3]. 
Respublikamiz hududida faqat Qizilqum cho`llaridagina uchraydigan noyob qushlar toifasiga 
mansub tur. O`zbekistondan tashqarida bu qush Qozoqiston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkazorti, 
Misr; G‘arbiy Osiyo, Oltoy, Mug‘iliston, Xindistonda tarqalgan. Uning yashash joylari, cho‘llarning 
barxanli, sho‘rxok qismi, vohalardan tashqari barcha tekisliklar hisoblanadi. Uni bizning hududga 
uchib kelishi fevral va mart oylarida kuzatiladi, aprel-mayda yerga 2-4 ta tuxum qo‘yadi va 21-24 kun 
bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyulda ucha boshlaydi. Kuzda, avgust-noyabrda bizdan janubga uchib 
ketadi. Ular asosan o‘t va o‘t urug‘lari, umurtqasiz hayvonlar, mayda kemiruvchi va sudralib 
yuruvchilar bilan oziqlanadi. Dastlab yovvoyi tabiat bag‘rida 69 ta yo`rg`a tuvaloq tuxumini yig‘ib 
olib ish boshlagan mutaxasislar bugungi kunda 1072 ta qushni parvarish qilmoqdalar. Xalqaro Qizil 
kitobiga kiritilgan bu qushni sun‘iy sharoitda saqlash, oziqlantirish va ko‘paytirish jarayoni juda 
mashaqqatli. Yo‘rg‘a tuvaloq uch yoshdan oshgandan so‘ng 2 tadan 4 tagacha tuxum qo‘yadi. Voyaga 
yetgan jonivorning og‘irligi to‘rt kilogrammgacha, qanotini yozganida bir yarim metrgacha boradi. 
Ushbu qush bo‘yicha uning populyatsiyasini qo‘llab-quvatlash yovoyi tabiatga uchirish dasturini o‘z 
ichiga olgan. Ko‘rsatgichlarni ko‘paytirish maqsadida bu yerda naslchilik ishlari zamonaviy uslubda 
tashkil etilgan.
Hozirgi vaqtda davlatamiz tomonidan ona tabiatni asrab-avaylash, ekologik muvozanatning 
buzilishiga yo`l qo`ymaslik biologik xilma xillikni saqlagan holda cho`llanishga qarshi kurashga katta 
e`tibor berilayotgani, yo`qolib borayotgan noyob quhlarni ko`paytirish imkonini bermoqda.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish