www.ziyouz.com
кутубхонаси
78
Bu noma’qbul(kotib)lar bir necha sanoq bo‘lgani kabi, ularning maqbullari ham bir necha sanoqdan
iborat? Ularning birinchisi gavhar sochuvchi munshidir. U goh maktub yozadi, goh farmon. Maktubidan
xijronga asir bo‘lganlar shod, nomasi esa maktubidan ham yaxshiroq. Nomasidan kishi o‘ziga kerakli
so‘zlarni topadi, go‘yo bunday so‘zlarni gul sahifasidan bulbul topib o‘qiganday. U bitgan sahifani o‘qib,
so‘zga chechan ma’shuqa ham kulib, xursand, xuddi to‘ti o‘z aksini ko‘zguda ko‘rganday, (chunki uning
yozgan so‘zlari) xijronning qora shomida najot tongiday, furqat qorong‘iligida esa obi hayotdaydir; u
yo‘llagan maktub eng yoqimli xushxabardan iborat bo‘ladi; farog‘atli hayot haqida yozgani zavq-shavq
belgisidir. Uning xati zulm vaqtida mazlumlar uchun bu zulmdan qutulish vositasidir. Bu xatni ko‘rganda
zolimlar vaximaga tushadi. Bu xat odamlarga nurli quyoshdek foydali, yuksak osmonday qudratlidir.
Yangi oy shaklidagi sarlavha ustiga bosilgan muxr tongning shafaq rangi ustidagi quyoshga o‘xshaydi.
Shu xildagi uning qanday maktublari bo‘lmasin, hammasi, o‘ylab qarasang, biri biridan yaxshi. Kim
kitob tuzish yo‘lini tanlagan jbo‘lsa, unga toza durday qimmatbaho narsalar nazm va nasrdir. Bular -
hikmatli so‘zlar, tarixiy voqealar, hikoyalar, she’r bilan bitilgan turli-tuman maqolatlardan iboratdir.
Bundagi’ajoyib g‘azallar jannatning bog‘iga o‘xshaydi. Uni ajoyib g‘azal dema, xushbo‘y ohuning
bolasi deb ata. Bunda uning qalami gavharlarni qora ipga, xuddi tun ipiga yulduzlarni tizganday tizadi.
Unda qog‘ozlarning yuzi mahbubaning yuziga, chiziqlar mo‘ylabiga, har tomonda sochilib yotgan
nuqtalar esa xoliga o‘xshab ketadi. Sahifalarning har biri bir gulzordek; atrofidagi chiziqlari bog‘ning
devorlariga o‘xshaydi. Bu chamandagi atirgullarni tomosha qil. Chamanning paxsa devori oltindan va
lojuvarddan. Har qator xat saf-saf gul, sarv va sumanga o‘xshash; har ikki misraning orasi go‘yo bir
dilkash chaman. Bundagi so‘zlarning har biri bir tup atirgul; ma’nosi esa uning shirin mevasidir. Baytlari
xuddi Ka’ba uyining o‘zi. Chiroyli ko‘rinishi mazmunan Eram bog‘iga monand. Agar unda shunday
chuqur mazmun bo‘lmasa, uni odamlar nima qiladi? Bunday nazmni ko‘tarib, qayoqqa ham olib borardi?
Kimki bunday varaq va uning Tahririga extiyot bilan qarar ekan, Xudo uni har qanday yanglish va
xatolardan saqlasin!
Bular hammasi (kotiblarning) shoxchalari edi. Asosiy shox deb shundaylarini bilki, qalamining uchi
tilini uzun chinarix, ular «Qur’on» oyatlarini yozishga kirishadi: «Hadisi Saxix» kabi asarlarni Tahrir
qiladi. Bu o‘rinda ular tafsirlarni ham ko‘chirishadi. Ularning Tahriri bilan birga sharxini ham beradi.
«Tazkirat ul-avliyo»ni bitib, «Qissas ulanbiyo»ni ham ko‘chirib, «Ixyo» bilan bir nafas farog‘at topadi,
bilimsizlik tufayli o‘lgan taniga ruh beradi. Goho «Futuxot» ni ko‘chirib yozar ekan, uning
kushoyishidan yuzlab odamlar o‘z murodini topadi. Ko‘chirish uchun u go‘zal «Kimiyo»ni olar ekan,
odamlarning mis qalbi oltinga aylanadi. Yozishga u «Nafahot»ni qabul qilar ekan, do‘stlik shabadasi
ko‘ngullarni shabadalatadi. Qalami «Shavohid»ni ko‘chirishga kafil bo‘larkan, bu maqsadining amalga
oshishiga dalil. Qalam chiqarib, yana bir yozgani «Haqoyiq»; nimaiki ko‘chirsa, uning bittasi
«Maorif»dir
121
. Bu asarlarga ko‘z tashlaganlar ko‘ngliga fayz nur sochsin! Ularni ko‘chirganlar ruhiga
ham fayz yetsin!
Kimki shu xilda xat ko‘chirish bilan mashg‘ul bo‘lib, sog‘liq va husnixat unga yor ekan, Tangri unga
shodlik nasib etib, unga xalq xursandchilik xatlarinigina yozdirsin. Qalami doim uning sahifalariga
bezak bo‘lsin, sahifalaridan xatoni ozaytirsin. U xat yozib, qanday chiziq tortmasin, bundan uning
maqsad manziliga yo‘l ochilsin.
XLV
121
Бу ўриндa тилгa oлингaн aсaрлaр ҳaммaси ислoм дини вa тaсaйвуфгa дoирдир.
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |