“Hayotning 101 qoidasi”
yoxud “Siz o’lganingizda
kim yig’laydi?”
3
Kim yig’laydi, siz o’lganingizda?
Ferrarisini sotgan
rohibdan hayot
darslari
Robin Sharma
Men bu kitobni sizga bag’ishladim, aziz mushtariy. Siz atrofdagilaringizni hayotini
o’zgartirishingiz davomida, bor iqtidoringizni namoyon qilish uchun shu sahifalardagi
hayot darslariga murojaat qilishingiz mumkun.
Bu kitob mening farzandlarim, Kolbi va Biankaga ham bag’ishlanadi, mening ikki
o’qituvchimga. Men sizlarni yaxshi ko’raman.
Hayot fojiasi o’lim emas, balki tirikligimizda ichimizda nimanidir
o’lishiga qo’yib berishdir.- Norman Kauzins
4
So’z boshi
Men siz bu kitobni tanlaganingizdan xursandman.Agarda siz shunga qaror qilgan
bo’lsangiz, demakki, mulohazaliroq zavqliroq va to’laligicha hayot kechirishni
xohlaysiz. Siz o’zingizning imkoniyatingiz yuzasidan emas, o’z tanlovingiz,
majburiyatdan emas,o’zingiz orzu qilgandek yashashga qaror qilgansiz.Va men sizning
bu qaroringizni ma’qullayman.
Men “Ferrarisini sotgan rohib”–ga o’xshash ikki kitobni yozganimdan so’ng o’rgangan
ilmlari orqasidan hayotlari o’zgarib ketgan mushtariylarimdan juda ko’p xatlar ola
boshladim. Bu erkak va ayollarning sharhlari meni ruhlantirdi va olg’a intilishga
chorladi. Ularning ko’pchiligi yashash haqida o’zlashtirgan bilimlarimni bir nechta
hayot darslariga aylantirishimga turtki buldi.Shunday qilib, men ularning eng
yaxshilarini to’plab, bitta kitobga jamladim va ular sizning hayotingizni o’zgartirishiga
ishonaman.
Sahifalardagi so’zlarni yuragimning tub tubidan chiqarib yozganman, umid qilamanki,
siz bu bilimlarni oddiygina hayot xatolarini tuzatish uchun emas balki hayotingizni juda
katta miqdorda o’zgartirishga sarflaysiz. O’z tajribamdan kelib chiqadigan bo’lsam,
bilishimcha, faqatgina nima qilishni bilishning o’zi yetarli emas, biz o’zimiz xohlagan
hayotda yashash uchun harakat qilishimiz kerak.
Siz Ferrarisini sotgan rohib yo’sinidagi kitoblarni varaqlar ekansiz, kasbiy, shaxsiy va
ruhiy hayotingizni boyitish uchun zarur bo’lgan bilimlar xazinasini kashf etasiz. Iltimos,
hayot yo’lingizda bu kitobdan qay darajada foydalanganingiz haqida menga xat yozing,
e-mail jo’nating yoki seminarlarimda ishtirok etib ularni men bilan bo’lishing. Men
sizning xatlaringizga albatta javob yozaman. Men sizga xotirjamlik, ulkan rivojlanish va
aniq maqsadlar yo’lida baxtli kunlarni o’tkazishingizni tilayman.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |