10
Har safar to’gri ish qilishdan qaytganingizda notog’ri ishlarni qiladigan odatingizni
rivojlantirib borasiz. Har safar yolg’on so’zlaganingizda, aldoqchilik odatingizni
oziqlantirib borasiz. Biror kishiga nimanidir qilishga va’da berdingizmi bajaring. Har
doim gapirib hech qanday harakat qilmaydigan inson bo’lgandan ko’ra bir so’zli shaxs
bo’ling. Ona Tereza aytganlaridek: “Kamroq gapirish kerak; voizlik qilish emas. Unda
nima qilish kerak? Shunchaki supurgini olingda kimningdir uyini tozalang. Shuning o’zi
yetarli gap bo’ladi”.
7.
O’tmishingizni qadrlang
Har bir sekundni o’tmishingizda yashab o’tganingizda,
vaqtni kelajagingizdan
o’g’irlab olasiz. Har daqiqani muammolaringizga e’tibor qaratishga sarflaganingizda
uning yechimini topishga vaqt qolmaydi. Yoki siz orzu qilgan narsalarning amalga
oshmasligini o’ylayverganingizda, o’sha narsalarning hayotingizga kirib kelish
yo’llarini yopib tashlaysiz. Haqiqat shundaki, kuni bilan kim bo’lishni o’ylasangiz o’sha
insonga aylanasiz. O’ylagan narsangizni ikkinchi
bor boshdan kechirishni
xohlamagunizcha, o’tmishdagi xato va kamchiliklar haqidagi xavotir uyg’onmaydi.
O’tmishdan o’rgangan hayot darslaridan foydalangandan ko’ra yuqori darajadagi
doimiy ogohligingizni kuchaytirganingiz yaxshiroq.
Hayotdagi katta muvaffaqqiyatsizlik uning katta imkoniyatlariga yo’l ochadi. Yevropa
antik davri mutafakkirlari ta’kidlashicha: “Eng arzirli baxt bu- baxt uchun bo’lgan eng
buyuk o’zgarishlarni bajargandadir”. Agar siz ko’p marotaba hayot qiyinchiliklaridan
azoblangan bo’lsangiz, balki bu sizni kelajakdagi katta maqsadlar uchun tayyorlab
boradigan
sinovlarda, erishadigan tajribalaringizda donolik bilan ta’minlanganidir.
Mana shu hayot qiyinchiliklaridan kelajagingiz rivoji uchun foydalaning. Shuni eslab
qolingki, baxtli insonlar ham xuddi baxtsiz insonlardek qiyinchiliklarni boshdan
kechirishadi. Faqat ular hayotlarini boyitishda o’tmish xotiralaridan to’g’ri foydalanadi.
Shu narsani tushungan holda, agar siz boshqalardan ko’proq yiqilgan bo’lsangiz, unda
siz uchun hayotda ko’proq to’la-to’kis yashash uchun imkoniyat bor. Boshqalardan
ko’ra
ko’proq
imkoniyatlarga
ega
bo’lgan
insonlar
odatda
ko’proq
muvaffaqqiyatsizlikka uchraydi. Lekin shaxsan men hayotda
biror ishni hech qachon
qilib ko’rmagandan ko’ra, uni qilib ko’rishga va keyin muvaffaqqiyatsizlikni boshdan
kechirishga kuch topishni afzal ko’rardim. Men shunchaki qulay, tinch va zerikarli
hayotda yashashdan ko’ra o’zimning insoniy
chegaralarimni kengaytirib, qilib
bo’lmaydigandek tuyuladigan narsalarni ehtimollikka chiqarishni afzal ko’raman.Mana
shu hayotiy muvaffaqqiyatning mohiyatidir. Geradot donolarcha aytganidek:
“Kutilayotgan dushmanlarga oliyjanoblik bilan qarshi kurashish, nima bo’lishini qo’rqib
11
kutib o’tirgandan ko’ra yaxshiroq”. Yoki adib T. Vashington shunday degan edi. “Men
omadni biror inson hayotda erishilgan yutuqlariga qarab emas, omadga erishish yo’lida
qanchalik to’siqlarga uchraganiga qarab o’lchanishini o’rgandim”.
Do'stlaringiz bilan baham: