101.
Bekam-u ko’st yashang, xursand bo’lib dunyodan o’tasiz
Ko’p odamlar hayotni o’lishlaridan oldin o’zlari uchun kashf qila olishmaydi. Yosh
vaqtimizda kunlarimizni ijtimoiy ishonchimizni saqlashga harakat qilamiz. Biz
hayotning qulayliklari ortidan quvish bilan band bo’lib, bolalikni sog’inamiz : yomg’irli
havoda bog’
atrofida raqsga tushganimizni, atirgul ekkanimizni yoki quyosh chiqishini
kutganimizni. Biz baland tog’lar bilan o’ralgan arsda yashaymiz, lekin hali biz ideal
bo’lganimiz yo’q. Bizda balanddan-baland binolar lekin kamdan-kam mehr-muruvvat ,
ko’p mol-mulk
lekin kam uchraydigan baxt, aqlga to’la miya lekin bo’m-bo’sh hayot
bor.
Tobutingizga yetganda hayotning mazmuni nima ekanligini bilishni kutib o’tirmasdan,
siz unda qimmatbaho rolni o’ynay olishingiz kerak. Insonlar hayotining orqa
tomonidagi narsalarga e’tibor berishadi: bilim olishdan ko’ra ular narsalarga erishish
ketidan quvishadi, lekin baxt
bu siz erishadigan narsa emas, siz yaratadigan narsadir.
Qachonki ishlaringiz natijasi o’z mevasini bersa, yuqori qobiliyatingizni
maqsadlaringiz, insonlar hayotiga yaxshilik kiritish uchun sarf etsangiz baxt va
hayotning to’kisligi sizning yoningizga o’zi keladi. Barcha nopok narsalar
hayotingizdan
uzoqlashsa, haqiqiy ma’no yuzaga chiqadi: nimadir qilish uchun
80
o’zingizga harakat qilgandan ko’ra ko’p kuch sarflash. Oddiy aytilgan, hayotning
maqsadi bu maqsadning hayoti.
Bu so’ngi dars bo’lar ekan, men bu kitobni sizlar bilan bo’lishishni afzal bilaman,
Sizlarga hikmatlarga to’la buyuk hayot, baxt va to’kin-sochinlik tilayman. Kuningizni
kitobdan
rohat olib, ilhomlanib, uni sevib o’tkazishingiz mumkin. Men so’zim oxirida
so’ngi darsni mening izohlarimdanda mukammal tushuntira oladigan Jorj Bernard
Shouning dono fikrini aytib o’tmoqchiman: Bu haqiqatdan ham hayotning mazmuni.
Ma’lum maqsad uchun o’zini baxshida etish-qudratli kuch,
kasallikning virusi va
shikoyati bo’lish o’rniga tabiatning kuchi bo’lish sizni baxtli qiladi. Mening hayotim
butun jamiyatga bog’liq va shuningdek, men nima qilishimdan qat’iy nazar bu men
uchun iftixor.
Men hayotdan ko’z yumganimda ham, mendan foydalanishlarini xohlayman.
Qancha
qattiq ishlasam, shuncha ko’p yashayman. Men hayotimdan xursandman. Hayot men
uchun qisqa sham emas. U hamma yoqqa tarqalgan mash’alaning turi bo’lib , men uni
qo’limga olib , kelajak avlodga berish oldidan yorqin alanga olishini istaym