O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TAHLIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
NUKUS FILIALI
“UMUMTEXNIKA” FAKULTETI
“UMUMKASBIY FANLAR KAFEDRASI”
“Materialshunoslik va konstruksion materiallar”
fanidan
MUSTAQIL ISH
Qabul qildi: Saparov.B Qodirov.B
Topshirdi: Kalimbetov B
Titan ishlab chiqarish texnologiyasi. Titan qotishmalari.
Sanoat va texnikaning rivojlanishi jarayonida erish harorati yuqori bo‘lgan materiallarga bo‘lgan talabni oshirdi, qiyin eriydigan metallarning erish temperaturasi 1539oC (toza temir erish) dan yuqori bo‘ladi va bularga quyidagilar kiradi: titan, sirkoniy, gafniy, vanadiy, niobiy, tantal, xrom, molibden, reniy, osmiy, radiy. Platina guruhidagi metallar ham qiyin eriydigan metallarga kiradi, lekin ularni qabul qilingan qoidaga qarab nodir metallar guruhiga qo‘shiladi.Gafniy, radiy, osmiy, reniylar kam uchraydigan elementlarga kiradi. Amalda ko‘p ishlatiladigani – volfram, molibden, tantal, titan, sirkoniy hisoblanadi.
Erish haroratlari: W=3400 oC; Re=3180 oC; Ta=2996 oC; Mo=2625
oC; Nb=2500 oC; Hb=2222 oC; Cr=1910 oC; V= 1900 oC; Zr=2860 oC;
Ti=1725 oC.
Qiyin eriydigan metallarning mexanik, elektrik, 115Qiyin eriydigan metallar (QEM)ning eng kerakli ekspluatatsion xossalariga ularning ishlash harorati, termoemissiya tokining zichligi, nisbiy elektroqarshiligi kiradi. Shuning uchun ular radio va elektron apparaturalarida ko‘p ishlatiladi.WMo; WCu; WAg larning elektroerroziya yeyilishiga qarshiligi katta, shuning uchun ular yuqori yuklangan kontaktlarda ishlatiladi. W ning erish harorati ancha yuqori – 3410oC. U qattiq qotishmalarni ishlab chiqarishda va po‘latlarni legirlashda ishlatiladi. Nb – atom texnikasida, elektrotexnikada, radioelektronikada, asbobsozlik va o‘tga chidamli po‘latlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Ta – tashqi muhit ta’siriga chidamliligi nodir metallardan qolish-
maydi. Shuning uchun u korroziyaga va yeyilishga chidamli qotish-
malar olishda ishlatiladi.
Re – mexanik xossalari yuqori, elastik deformatsiyasi yuqori, kor-
roziya bardosh. Reniyning molibden va nikel bilan qotishmasi yuqori
haroratda ham yuqori puxtalikka ega.
Zr – QEMlar ichida eng ko‘p qo‘llaniladi. Sababi, tabiatda yetarli
tarqalganligi, korroziyabardoshligi, texnologikligi.Uni tozalab “nak-
lep” – qilinsa, uning mexanik xossalari ortadi. KEM asosan kukun
metallurgiyasi usuli bilan qayta ishlanadi.
Ti – 1725oC da eriydi, 3000 oC da qaynaydi. Solishtirma og‘irligi
g=4,54kg/sm3. Ikki xil allotropik shaklga ega: 882oC dan yuqorida
btitan, pastda atitan holida. atitanning kristallik panjarasi geksago-
nal, atomlari zich joylashgan. btitanning kristallik panjarasi hajmi
markazlashgan kub.
Titan 1791yilda kashf etilgan bo‘lib, yer po‘stlog‘idagi zaxiri bo‘yicha 4o‘rinda (Al, Fe, Mg dan keyin) turadi. Titan yaxshi kesiladi, bolg‘alanadi va prokatlanadi. Titanni prokatlab, tunika, lenta va hatto zarli (“folga”) titan qog‘ozi hosil qilish mumkin.
Titanning korroziyabardoshligi zanglamas po‘latlardan ham yuqori.
Titan atmosferada, chuchuk suvda, dengiz suvida, organik kislotalarda,
ba’zi anorganik kislotalarda, o‘yuvchi ishqorlarda korroziyalanmaydi. Titan havoda 400–600oC qizdirilganda uning sirti yupqa oksid plyonkasi bilan (parda bilan) qoplanadi, bu parda o‘zi ostidagi qismini 116 korroziyalanishdan saqlaydi. Yana qizdirilsa, kislorod eriy boshlaydi. Natijada titanning plastikligi pasayib ketadi. Titan xlorid, sulfat va ftorid kislotalar ta’siridagina korroziyalanadi. Titan yuqoridagi xossalariga asosan hozirgi kunda energetika sohasida kondensatorlar, turbinalar, issiqlik almashinish apparatlarida keng qo‘llanib kelmoqda.Titan aluminiydan ozroq og‘ir (zichlik – Al uchun g=2,7 g/sm3; Ti uchun g=4,51g/sm3; Fe uchun g=7,68 g/sm3). Lekin puxtaligi alu-miniy puxtaligiga qaraganda 3 barobar ortiq. Titanning kamchiliklari ham bor: elastiklik moduli po‘latnikidan ikki barobar kichik. Bu bikir va ustuvor konstruksiyalar yaratishni qiyinlashtiradi. Yuqori haroratdagina emas, balki normal haroratda ham yeyiluvchanlik xossasini namoyon qiladi.Quyidagi 8.1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, titan tarkibidagi qo‘shimchalar miqdorining ortib borishi bilan, uning qattiqligi, mustahkamligi ortib plastikligi kamayib boradi.
ВT1, ВT2markali texnikaviy titandan xivich (prutok), tunuka,
lenta, pokovka kabi yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanadi. Mexanik xossalari yuqori emasligi sababli texnikaviy titan konstruksion material sifatida juda kam ishlatiladi.
Titan qotishmalari quyidagicha klassikatsiya qilinadi:
1. Qayta ishlash texnologiyasiga qarab: quyma, deformatsiyalanadigan.117
2. Mexanik xossalariga qarab: me’yoriy puxtalikdagi, o‘tga bardosh, yuqori puxtalikdagi, plastikligi oshirilgan.
3. Termik ishlanishiga qarab: puxtalanadigan va puxtalanmaydigan.
4. Strukturasiga qarab: a; a+b, va bqotishmalar.
O‘rta puxtalikdagi titan qotishmalari: ВT5, OT4. Asosida Al (3–5%), Mn(1,5%).
Yuqori puxtalikdagi titan qotishmalari: ВT14, ВT15, ВT16.
Asosida Al(2,5–4%), Mo (3–7,5%).
O‘tga bardosh titan qotishmalari: ВT3–1, ВT8, ВT9. Asosida
Al(5,5–8%), Mo (1,5–3,5%).
Yuqori haroratda – 300–600 oC titan qotishmalari mustahkamligi
Al, Mg qotishmalarinikidan bir necha barobar yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |