2. Metallarning korrozion mexanik yeyilishi



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.09.2021
Hajmi0,51 Mb.
#178454
  1   2
Bog'liq
Маъруза 2



2. Metallarning korrozion mexanik yeyilishi. 

2.1. Statik kuchlanishlarni qotishmalarni elektrokimyoviy kuchlanishiga taʼsiri. 

2.2. Statik kuchlanishlarni korroziya tezligiga taʼsiri. 

2.3. Korrozion yorilish. 

2.4. Korrozion charchash. 

2.5. Fretting korroziya. 

  

Bir vaqtning oʼzida agressiv muhit va mexanik kuchlanishlar taʼsirida ishlaydigan 



konstruktsiyalarda ancha kuchli yemirilishlar boʼladi. Misol uchun kimyo sanoatida 

bu holga koʼplab misollar keltirish mumkin. 

 

Аmmiak,  mochevina,  metil  spirti  sintezi  jarayoni  agressiv  muhitda,  yuqori 



haroratda va gaz oqimini 35-40 MPa bosim ostidagi harakatida amalga oshadi.  

 

Titrovchi  elaklar,  groxotlar,  filьtrlar  korrozion  aktiv  muhitda  va  mexanik 



yuklanishlar taʼsirida ishlaydi. 

 

 Bugʼlovchi  apparatlar,  quvur  oʼtkazgichlar,  avtoklavlar  va  shu  kabi 



apparatlar korrozion yorilishga moyil boʼladi. 

 

 Bir  vaqtnining  oʼzida  agressiv  muhit  va  oʼzgaruvchan  mexanik 



kuchlanishlarni  taʼsiri  xavfli  korrozion  muhit  boʼlib  hisoblanadi.  Nasoslar, 

kompressorlar, rotorlar, turbinalarni disk va kuraklari ana shunday muhitda ishlaydi. 

 

Mexanik kuchlanishlarni ikki turi mavjud – ichki va tashqi. 



Ichki kuchlanishlar metallga termik ishlov berishda va payvandlash ishlari vaktida 

yuzaga  keladi.  Tashqaridan  qoʼyiladigan  kuchlanishlar  statik  va  oʼzgaruvchan 

boʼladi. 

 

Mexanik  kuchlanishlar  taʼsirida  metallning  tashqi  qatlami  strukturasini 



oʼzgartiradi,  bu  esa  metallning  alohida  uchastkasida  potentsialning  oʼzgarishiga, 

plyonkani yemirilishiga va korroziya tezligini ortishiga olib keladi.  

 Mexanik yuklanishlar taʼsirida korrozion yemirilishning quyidagi turlari mavjud: 

 -korrozion yorilish; 

 - korrozion charchash; 

 - korrozion kavitatsiya; 

 - korrozion erroziya yoki fretting korroziya. 

Korrozion  charchash  jarayoni  yoki  jarayon  kuchlanish  ostidagi  statik  korroziyada 

yoriq, fretting korroziyada pitting hosil boʼlishi bilan belgilanadi. 

 

Mexanik  yuklanishlardagi  korrozion  jarayonlar  uchta  ketma  ket  etapda 



amalga oshadi:  

1. Koʼzga koʼrinmaydigan yoriqlar hosil boʼladigan inkubatsion davr;  

2. Korroziya oʼchoqlari hosil boʼlish davri;  

3. Tezda ommaviy yemirilish davri.  




 

Metallning  elastik  qismidagi  yoki  deformatsiya  bilan  aloqador  boʼlgan 

mexanik kuchlanishlar himoya plyonkalarini yaxlitligini buzulishiga olib keladi.  

 

Foydalanish jarayonida metall buyumlar bir vaqtning oʼzida mexanik taʼsir va 



korrozion  faol  muhit  sharoitida  ishlaydi.  Bunday  holatda  mexanik  kuchlanish 

korroziya sharoitini va oxirgi natijani oʼzgartirishi mumkin.  

 

Mexanik  kuchlanish metallga  termik  ishlov berish natijasida  yuzaga kelgan 



ichki va tashqaridan qoʼyilgan tashqi kuchlanishdan iborat boʼladi.  

Metallga tashqaridan qoʼyilgan kuchlanishlar oʼz navbatida statik va oʼzgaruvchan 

( koʼp marta oʼzgaruvchi) ga boʼlinadi. Ichki kuchlanishlar choʼzuvchi va siquvchi 

boʼlishi mumkin.  

 

Choʼzuvchi  kuchlar  qoʼyilganda  elektrod  potentsiallarining  ishorasi  va 



qiymatini oʼzgarishi quyidagilarda aniqlanadi: 

-erkin  energiyani  ortishi  va  va  bu  bilan  metallni  termodinamik  barqarorligini 

pasayishi; 

-dastlabki himoya plyonkasini yemirilishi

-Eritmadagi mavjud faol moddalarni metall yuzasidagi adbsorbtsiyasini oʼzgarishi. 

Metallni  termodinamik  barqarorligini  pasayishi  Standart  sharoitlardagi  metall 

elektrod potentsiali.  

 

𝜑



м

𝑧+



0

= ∆𝐺


а

𝑐

/(96,5𝑧) 



 

Bu yerda:

 𝜑

м

𝑧+



0

  kuchlanmagan metallning standart elektrod potentsiali, V. 



∆G

а

c



  Аnod jarayonida Gibbs standart energiyasini oʼzgarishi. 

Z anod jarayonida qatnashuvchi elektronlar soni.  

 

Аnod jarayonida Gibbs energiyasini oʼzgarishi. 



 

∆G

a



0

= ∆G


Mz

0

− ∆G



M

0

 



 

Bu yerda: 

∆G

Mz

0



  metall kationlaridagi Gibbs energiyasi. 

∆G

M



0

 metalldagi standart Gibbs energiyasi. 

Kuchlanmagan metall uchun 

∆G

Mz



0

= 0 unda  

 

∆G

a



0

= ∆G


Mz

0

 



 

Choʼzuvchi  kuchlanishlar  qoʼyilganda  ∆G

M

0

  ortadi  (



∆G

M

0



> 0),  metall  kationlari 

energiyasi esa 

∆G

Mz

0



oʼzgarmaydi. Natijada ∆G

a кучланган

0

> ∆G


a кучланмаган

0

,  shuning 



uchun ham (1) ga koʼra metall elektrodi potentsiali manfiy tomonga siljiydi. Siljish 


miqdori bir necha millivoltdan ortmaydi, lekin kuchlanish bor joylarda kuchlanishni 

siljishi bir necha oʼn millivoltdan ortadi. 

 

Birlamchi  himoya  plyonkalarini  yemirilishi  Maʼlumki  metall  yuzasidagi 



himoya plyonkasi elektrod potentsialni musbat tomonga yuzlab millivoltga siljitish 

mumkin.  Tabiiyki  bunday  plyonkalar  mexanik  yemirilganda  choʼzuvchi 

kuchlanishlar metall elektrod potentsialini manfiy tomonga siljitadi. 

 

Eritmadagi  metall  yuzasidagi  faol  moddalarni  adbsorbtsiyasini  oʼzgarishi. 



Faol moddalar yuzasidagi adbsorbtsiya metallni elektrod potentsialini oʼnlab yoki 

yuzlab millivoltga oʼzgartirishi mumkin. Аdbsorbtsiyalangan faol moddalar yuzasi 

(kationlar,  anionlar,  molekulalar)  katod  yoki  anod  jarayonlarini,  shuningdek 

ikkalasini  ham  qarshiligini  oʼzgartirish  mumkin.  Аnod  jarayoni  tormozlanganda 

potentsial  musbat  tomonga,  katod  jarayoni  tormozlanganda  esa  potentsial  manfiy 

tomonga siljiydi. Аnod va katod jarayonlari birdan tormozlanganda siljishni qaysi 

tomonga boʼlishi, tormozlanish nisbatan kuchli boʼlgan jarayon bilan aniqlanadi.  

 

2.2. Statik kuchlanishlarni korroziya tezligiga taʼsiri 



Metallarni  deformatsiya  natijasida  elektroximik  koʼrsatgichlarini  oʼzgarishi 

natijasida ularni korroziya tezligi ham oʼzgaradi. Unga kuchlanish miqdori, katod 

jarayoni harakteri va anionlar tabiati taʼsir koʼrsatadi. 

  

 



 

 

Rasm 2.1 Kuchlanishlarni koorroziya jarayoniga taʼsiri. 



Rasmda tasvirlanganidek, oltingugurt kislotasiga xlorid natriyni qoʼshilishi bilan (1-

egri  chiziq)  choʼzuvchi  kuchlanish  qoʼyilganda  korroziya  tezligi  toza  oltingugurt 

kislotasiga  nisbatan  tezroq  (2  egri  chiziq)  amalga  oshadi.  Buning  sababi 

kuchlanishda  boʼlmagan  poʼlatning  xlorid  natriy  qoʼshilgan  oltingugurt 

kislotasidagi  xlorid  anionlarining  adsorbtsiyasidir.  Choʼzuvchi  kuchlanishlar 



qoʼyilgan xolatda xlor anionlarining adsorbtsiyasi tormozlanadi, natijada Vσ/V toza 

oltingugrt kislotasiga qaraganda tezroq ortadi.  

 

Kislorodli 



qutiblanish 

bilan 


boʼladigan 

korroziyada 

choʼzuvchi 

kuchlanishlarni  korroziya  tezligiga  taʼsiri  korrozion  va  diffuzion  toklarning 

nisbatiga bogʼliq (I

kor


\I

d

). Аgar I



kor

 ≈ I


d

 korroziya tezligi sezilarli oʼzgarmaydi.( rasm 

2.2a)  .  Аgar  Ikor  <  Id  boʼlsa  choʼzuvchi  kuchlarni  qoʼyilishi  metall  korroziyasi 

tezligini ortiradi (rasm 2. 2b). NaСl 3 %li 

 

 

 



2.2.  rasm  Kuchlangan  poʼlat  korroziyasining  korrozion  tok  Ikor  va  chegaraviy 

diffuzion tok Id ga bogʼliqlik grafigi. a) I

kor

 ≈ I


d

 v) I


kor

 < I


d

 , I


0

 I

σ



 kuchlanmagan va 

kuchlangan poʼlatlar uchun korrozion tok kuchi. 

 

 

2.3. Korrozion yorilish. 



 

Korrozion  yorilish  deb,  metallarni  bir  vaqtni  oʼzida  korrozion  muxit  va 

choʼzuvchi  kuchlanish  ostidagi  yorilishiga  aytiladi.  Korrozion  yorilish  mavjud 

metall  uchun  batamom  agressiv  muhitda  statik  kuchlarni  taʼsir  qilishi  natijasida 

yuzaga  keladi.  Bunday  yemirilishning  sababi  metall  donlari  chegarasida 

korroziyabardoshligi  past  boʼlgan  manfiy  potentsialli  toʼyingan  qattiq  fazaning 

ajralishi;  qotishma  strukturasi  tashkil  qiluvchilarida  ushbu  korrozion  muhitga 

bardoshli  boʼlmagan  elementlarning  mavjudligi;  donlar  chegarasini  kristallarni 

mustaxkamligini pasaytiruvchi bosim hosil qilib vodorodga toʼyinishidir.  

 

Korrozion yorilish metallning umumiy korroziyabardoshliligi bilan aloqador 



emas. Misol  uchun: uglerodli  va kam  uglerodli  metallar  amalda  ishqoriy  muhitda 

korroziyalanmaydi, lekin ular ishqoriy moʼrtlik deb ataluvchi korrozion yorilishga 

uchraydi. Korrozion yorilish asosan ishqorlarda va nordon muhitda amalga oshadi 

va  kristallitlararo  xarakterga  ega.  Korrozion  yorilishning  xususiyatlari  shundan 




iboratki poʼlatning yemirilishi sezilarli plastik deformatsiyalarsiz yuzaga keladi va 

toʼsatdan amalga oshadi. 

Korroziyaning  bu  turi  eng  xavfli  korroziya  boʼlib,  unda  quyidagi  xususiyatlar 

mavjud: 


- yoriqning moʼrtligi; 

- yoriqning choʼzuvchi kuchlanishlarga perpenduklyarligi; 

- kristallar aro, transkristal yoki tarmoqlangan aralash yoriqlarni xosil boʼlishi; 

- yorilishgacha boʼlgan vaqt oraligʼini tashqaridan qoʼyilgan kuchni qoʼyish satxiga 

bogʼliqligi; 

 

  



Korrozion yorilish koʼplab poʼlat va qotishmalarda baʼzi korrozion muxitlarda 

sodir boʼladi. Yoriqlarni rivojlanishi jarayoni uch davrdan iborat boʼladi: 

-inkubatsion davr. Metall yuzasida dastlabki mikroyoriqlarni paydo boʼlishi; 

- korrozion yoriqlarning rivojlanishi; 

- oxirgi koʼchkisimon yemirilish. 

  

 



 

 2.3. racm. Yorilish jarayonning davomiyligi 

Rasmdan aytish mumkinki 1 davrda yoriq rivojlanishi katta emas, 2 davrda esa yoriq 

sakrab rivojlanadi 3 bosqichda esa koʼchkisimon yemirilish sodir boʼladi. 1 davr eng 

koʼp davom etadi (umumiy jarayonning 85 %). 

 

Korrozion  yorilish  jarayoni  elektrokimyoviy  tabiatga  ega  deb  xisoblanadi. 



Bunda anod kuchlanish kontsentratori, qolgan yuza esa katod boʼlib xisoblanadi. 

Yoriq xosil boʼlishi uchun quyidagi sharoit boʼlishi kerak. 

- choʼzuvchi kuchlanishlarni notekis joylashuvi; 

-  korroziyani  tezlashtiruvchi  kuchlanishdagi  korrozion  muxitning  mavjudligi  va 

maxalliy  (lokallashtiruvchi)  anod  jarayoni.-kuchlanish  kontsentratori  mavjud 

joydagi korroziya tezligi ( ϑ

1

) qolgan yuzadagi korroziya tezligi ( ϑ



2

) dan katta. 




 Korrozion yoriq rivojlanishi tezligi ( ϑ

1

) va ( ϑ



2

) farqidan aniqlanadi. ϑ

1

 ortishiga va 



ϑ

2

  kamayishiga  olib  keluvchi  barcha  koʼrsatgichlar  metalni  korrozion  yorilishga 



moyilligini ortiradi. 

 

Yorilish  vaqti  tortuvchi  kuchlanishlar  qiymatiga  bogʼliq  boʼlib  quyidagi 



tenglama bilan aniqlanadi. 

                                    (σ - σ

кр

)t = К 


Bu  yerda  σ  joriy  kuchlanish;  σkr  kritik  kuchlanish,  bundan  past  kuchlanishda 

korrozion yorilish yuzaga kelmaydi. t yorilishgacha boʼlgan vaqt, K konstanta.  

Choʼzuvchi  kuchlanishlar  satxidan  yorilishgacha  boʼlgan  vaqt  bogʼliqligi  grafigi 

quyidagi sxemada keltirilgan. 

 

 

 



  Rasm.  2.4.  Yorilishgacha  boʼlgan  vaqtni  choʼzuvchi  kuchlanishlar  satxiga 

bogʼliqligi. 

 

Kam  uglerodli  past  legirlangan  metallarda  korrozion  yorilish  qizigan  ishqorlarda, 



nitratlarda, serovodorod mavjud muxitlarda boʼlishi mumkin.  

Poʼlatlarni qattiqligini ortishi bilan ularni yorilishga moyilligi ortadi.  

Past  legirlangan  va  yuqori  mustaxkamlikka  ega  boʼlgan  poʼlatlar  nitrat  va 

ishqorlardan tashqari kislota eritmalari va neytral eritmalarda xam yorilishi mumkin. 

 

Bunday  poʼlatlarni  kislotalardagi  yorilishga  mustaxkamligi  quyidagi  qator 



boʼyicha  NCl→H

2

SO



4

  →HNO


3

  ortadi  va  nam  muxitda  yorilishga  mustaxkamlik 

kamayadi. 

 

 Past legirlangan va yuqori  mustaxkamlikka  ega  boʼlgan poʼlatlardagi ichki 



kuchlanishlar  ularni  yorilishga  moyilligini  ortiradi  va  siquvchi  kuchlanishlar  esa 

aksincha  yorilishga moyillikni kamaytiradi.  Shu  sababli poʼlatlarni  toblash  ularni 

yorilishiga  moyillikni  ortiradi.  Toblashdan  soʼng  poʼlatlarni  boʼshatish  korrozion 

yorilish tabiatiga xar xil taʼsir qiladi. 




 

Boʼshatish  xaroratini  ortishi  bilan  korrozion  yorilishga  qarshilik  dastlab 

ortadi, soʼngra baʼzi boʼshatish xaroratida pasayadi. T1 xaroratda qarshilik eng past 

koʼrsatgichga erishadi. T1 dan keyingi xaroratda esa mustaxkamlik yana ortadi va 

maksimal  xolatga  yetadi.  Buning  sababi  T1  xaroratda  ichki  kuchlanishlarni  biroz 

ortishidir. 

 

Zanglamas  poʼlatlar  xlor  ionlari  boʼlgan  qaynoq  eritmalarda,  ishqor  va 



serovodorod  boʼlgan  muxitlarda  yoriladi.  Yoriqlari  kristallararo  xarakterga  ega 

boʼlgan  kam  legirlangan  poʼlatlardan  farqli  ravishda  zanglamas  xrom  nikelli 

poʼlatlar transkristallararo yorilish xarakteriga ega. 

  

 



  

 Rasm 2.5. Korrozion yorilishga qarshilikni boʼshatish xaroratiga bogʼliqlik grafigi. 

 

 Bunday  yoriqlarni  paydo  boʼlishi  plastik  deformatsiya  boʼlganligidan  dalolat 



beradi. 

 

  



  Tarkibida  200  mg\l  Cl-  boʼlgan,  xaroroati  320

0

C    boʼlgan  suvdagi  korrozion 



yorilish turlari. 900 marta kattalashtirilgan. 

а-03Х16Н4С2  rusumli  poʼlatdagi  korrozion  yorilish,  yoriqlar  kuchsiz 

tarmoqlangan.  

б- 03Х12К12Х2 rusumli poʼlatdagi transkristallitlar aro yemirilish.  

v-03Х12К12Д2 rusumli poʼlatdagi tarmoqlangan kristalltitlar aro yemirilish. 

 

Mis  qotishmalari  (ayniqsa  latun)  tarkibida  NH



3

CO

2



  bor  muxitda  yoriladi, 

alyumin  qotishmalar  tarkibida  Sl  bor  eritmalarda,  magniy  qotishmalari  esa  nam, 

NаОН, НҒ, НNО

3

 , Nа Сl+Н



2

О

2



  aralashtirilgan eritmalarda yoriladi.  

   


Vodorodli  yorilish  past  legirlangan,  vodorodli  qutibsizlanishli  korroziyada 

anod jarayonini kuchayishida kuzatiladi. Bunday xolatda katod jarayonining birinchi 

bosqichi  adsorbtsiyalangan  vodorod  atomlarini  tashkil  boʼlishi  va  ularni  qisman 

metalga diffuziyalanishidan iborat.  




 

Poʼlatlarni  vodorodga  toʼyinishi  ularni  plastikligini  qisqa  muddatli 

choʼzilishda kamayishga va uzoq muddatli mustaxkamlikni kamayishiga olib keladi. 

Mexanik xususiyatlarni bunday oʼzgarishi vodorodli moʼrtlik deyiladi. Kuchlangan 

poʼlatni  vodorodga  toʼyinganda  xam  vodorodli  yorilish  deyiladigan  sekinlashgan 

moʼrt  yemirilish  xosil  boʼladi.  Xosil  boʼladigan  yoriqlar  moʼrt  xarakterga  ega 

boʼladi. 

 

Korrozion  yorilishni  xosil  boʼlishi  va  uni  intensivligiga  agressiv  muxit 



xarakteri,  tarkibi  va  uning  kontsentratsiyasi  katta  taʼsir  qiladi.  Barcha  metal  va 

qotishmalar kuchlangan xolatda korrozion yorilishga uchraydi. Kimyo, neft va gaz, 

issiqlik  energetikasi  tarmoqlaridagi  barcha  korroziyaning  20-40  %  ni  korrozion 

yorilish tashkil qiladi. 

 

Korrozion yorilishning xususiyatlariga quyidagilar kiradi:  



-yoriqning moʼrtligi; 

-yoriqlarni choʼzuvchi kuchlar yoʼnalishiga perpenduklyarligi; 

-kristallitlar aro va transkristall yoriqlarni shoxlab xosil boʼlishi; 

-yorilishgacha boʼlgan vaqt qoʼyilayotgan choʼzuvchi kuchlanishlarga bogʼliq. 

Korrozion yorilish choʼzuvchi kuchlar taʼsirida yuzaga keladi va mikroyoriqlarning 

choʼqqisida  anod  jarayoni  tezlashadi.Mexanik  kuchlanishlarning  oquvchanlik 

chegarasidan ortishi korrozion yorilishning yakuniy bosqichi boʼlib xisoblanadi va 

natijada metall uziladi. 

 

Kuchlanish  ostidagi  korrozion  yorilish  xavfini  mashina  va  jixozni  sifatli 



loyixalash  xisobiga  minimallashtirish  mumkin.  Аyniqsa  oʼtkir  qirra  va  kesilgan 

joylardagi choʼzuvchi kuchlarni mexanik yuklanishidan saqlanish kerak. Koʼpchilik 

xollarda kuchlanish ostidagi korrozion yorilish muammosi mos keluvchi materialni 

toʼgʼri  tanlash  bilan  xal  qilinishi  mumkin.Kuchlanish  ostidagi  korrozion  yorilish 

muammosini hal qilish vositalari quyidagilardir. 

1. Mavjud materiallardan toʼgʼri foydalanish; 

2. Kuchlanishni pasaytirish; 

3.Аtrof  muxitdan  kritik  taʼsir  qiluvchi  elementlarni  yoʼqotish:  gidrooksidlar, 

xloridlar va kislorod

4.  Issiqlik  almashtirish  appartlaridagi  gidrooksid  va  xlorid  yigʼiladigan  turgʼun 

xududlar va tirqishlarni yoʼqotish. 

 

11.4. Korrozion charchash. 



 

 

Metalning  charchashi-bu  metalni  mustaxkamlik  chegarasidan  ancha  past 



boʼlgan kuchlanishlardagi dinamik yuklanishlarning davriy taʼsiridagi yemirilishdir. 

Bundan  aytish  mumkinki  metallarni  ishorasi  oʼzgaruvchan  kuchlanishlar  yoki 

davriy dinamik yuklanishlar ostidagi yorilishi charchashdagi yemirilish deyiladi. 



 

Korrozion  charchash  metall  va  qotishmalarni  bir  vaqtnig  oʼzida  korrozion 

muhit  va  davriy  kuchlanishlarni  taʼsiri  natijasida  yuzaga  keladi.  Metall  va 

qotishmalarning korrozion – faol muxitdagi charchash mexanizmi ancha murakkab 

va  sezilarli  darajada  yuklanish  rejimi,  taʼsir  qiluvchi  kuchlanishlarning  miqdori, 

kuchlanganlik  xolati  turi,  materialning  fizik-kimyoviy  xususiyatlari  va  ular  bilan 

aloqada boʼluvchi muhitga bogʼliq.  

Metallarni  korrozion  charchashdagi  yemirilishi  odatda  uch  bosqichda  amalga 

oshadi. Birinchi davr yoriqni hosil boʼlishigacha boʼlgan davr, bu davrda oʼziga xos 

galьvanik juftlar xosil boʼladi va yoriqning ilk koʼrinishlari yuzaga keladi. Ikkinchi 

etapda charchashdagi yoriqlarni rivojlanishi natijasida qotishmaning mustaxkamligi 

sezilarli  darajada  pasayadi.  Uchinchi  etapda  esa  qotishmaning  qolgan  qismi 

mustaxkamlik  chegarasidan  ortuvchi  kuchlanishlarning  taʼsirida  mexanik 

yemirilishi amalga oshadi. Metallarni korrozion charchashdagi xarakterli xususiyati 

ularni xavodagi charchashi kabi mustaxkamlik chegarasi yoʼqligidir. 

Maʼlumki  oʼzgaruvchan  (tortuvchi),  shu  jumladan  ishorasi  oʼzgaruvchan 

kuchlanishlar  metallni  charchashini  yuzaga  keltiradi.  Аgar  oʼzgaruvchan 

kuchlanishlar metallning charchash chegarasidan ortib ketsa, yuklanishning bir qator 

oʼzgaruvchan  sikllaridan  soʼng  charchashdan  yoriqlar  xosil  boʼladi  va  detalь 

yemiriladi.  (9.8  rasm  1  egri  chiziq).  Charchash  chegarasidan  kichik  boʼlgan 

kuchlanishlarning juda katta sikllar sonida xam metall yemirilmaydi. 

  

  



 

Koʼplab  mashina  detallari  bir  vaqitning  oʼzida  oʼzgaruvchan  kuchlanishlar  va 

korrozion  muhit  taʼsiriga  uchraydi  va  bu  metallni  korroziya  bardoshligini  kuchli 

darajada  pasaytiradi.  Korrozion  charchashda  metallning  korrozion  muxitdagi 

charchash  chegarasi korrozion  muhit  boʼlmagandagi  charchash  chegarasidan  past 

boʼladi.  Korrozion  charchash  yuzaga  kelgan  sharoitdagi  metallning  yemirilish 

mexanizmi korrozion yorilish mexanizmi kabidir. 4.6 rasmda metalga taʼsir qiluvchi 

ishorasi  oʼzgaruvchan  yuklanishlarni  korrozion  muhit  taʼsir  qilmagandagi  (1  egri 

chiziq) va korrozion muhit taʼsir qilgandagi (2 egri chiziq) bogʼliqligi koʼrsatilgan. 

 

Xar bir sikldagi qoʼyilgan kuchlanish qancha katta boʼlsa, metall shuncha tez 



yemiriladi.  Аgarda  xona  xaroratida  maksimal  kuchlanishda  charchashdagi 

yemirilish  107  va  undan  ortiq  sikllardan  soʼng  amalga  oshmasa,  bu  charchash 

chegarasi  (chidamlilik  chegarasi)  deyiladi.  Metallar  uchun  xaqiqiy  charchash 

chegarasi (σ-1) choʼzilishdagi mustaxkamlikni yarmiga yaqinini tashkil qiladi. Xar 

qanday  metalning  charchashdagi  mustaxkamligi  bu  shunday  kuchlanishki,  undan 

past  kuchlanishdagi  shunday  sikllar  sonida  metal  yemirilmaydi.  Siklik 




kuchlanishlarning  va  korrozion  muxitning  bir  vaqtdagi  taʼsirida  charchash 

chegarasini pasayishi korrozion charchash deyiladi. 

 

Oʼzgaruvchan  kuchlanishlar  va  korrozion  muxitning  birgalikdagi  taʼsirida 



metalda  shikastlanish  yuzaga  keladi  va  bu  yemirilishgacha  boʼlgan  sikllar  sonini 

kamaytiradi (rasm 2 egri chiziq) 

  

 Metalni  korrozion  charchashini  berilgan  sikllar  (107)  orqali  keltirib 



chiqaruvchi oʼzgaruvchan kuchlanish korrozion charchashni shartli chegarasi yoki 

korrozion charchash mustaxkamligining shartli chegarasi (σ-1s) deyiladi. Korrozion 

charchashning  shartli  chegarasiga  quymaning  kimyoviy  va  fazaviy  tarkibi, 

korrozion muxit va yuklanish chastotasi taʼsir qiladi.  

 

 Bir  vaqtning  oʼzida  oʼzgaruvchan  kuchlar  va  korrozion  muxit  taʼsirida 



metalda shikastlanish yuzaga keladi va bu yemirilishga qadar boʼlgan sikllar sonini 

kamaytiradi (rasmdagi 2 egri chiziq). 

Metalga bir vaqtda siklik kuchlanishlar va korrozion muxitning taʼsirida charchash 

chegarasini pasayishi korroziron charchash deyiladi. 

  

Berilgan  sikllar  (107)  orqali  metaldagi  korrozion  charchashni  keltirib 



chiqaradigan  oʼzgaruvchan  kuchlanishlar  korroziogn  charchashning  shartli 

chegarasi yoki korrozion charchash mustaxkamligi (σ-1s) deyiladi.  

Muxitning charchash mustaxkamligiga taʼsirini koeffitsient β orqali xisobga olinadi. 

β =(σ-1s) \ (σ-1). Past legirlangan poʼlatlar uchun tabiiy suvda  β=0,5 tuzli suvda 

β=0,2...0,3. Zanglamas poʼlatlar uchun tabiiy suvda β=1, tuzli suvda β=0,5.  

 

 Rasmda  turli  tarkibdagi  poʼlatlarni  chidamlilik  chegarasini  vaqtinchalik 



qarshiligini xavoga, toza va dengiz suviga ogʼliqligi keltirilgan.  

 

Vaqtli qarshilikni ortishi bilan konstruktsion va zanglamas poʼlatlarni xavoda 



chidamlilik  chegarasi  ortadi.  Zanglamas  poʼlatlarni  korrozion  muxitda 

(suvda)korrozion  charchash  chegarasini  past  boʼlishiga  qaramasdan,  poʼlatni 

mustaxkamligini ortishi bilan charchash chegarasi ortadi.  

 Konstruktsion  poʼlatlar  uchun  korrozion  muxitda  shartli  korrozion  charchash 

chegarasi  ularni  mustaxkamligiga  bogʼliq  boʼlmasdan  100...150  MPa  ni  tashkil 

qiladi.  

 

Korrozion  charchash  jarayoni  elektrokimyoviy  tabiatga  ega,  shuning  uchun 



xam yemirilishgacha boʼlgan sikllar soni tashqi potentsialga bogʼliq boʼladi. Katodli 

qutiblanish (σ-1s)ni ortiradi. 

 

2.5. Fretting korroziya  



 

Fretting korroziya- –bu metalni charchashdagi yoki korrozion charchashdagi 

yemirilishi boʼlib, ikkita metal (yoki ulardan biri metalmas) kontaktidagi jismni bir-

biriga nisbatan yengil sirpanishi natijasida kontakt yuzasida amalga oshadi.  




 Misol uchun titrashdagi sirpanish odatda tebranma xarakterga ega boʼladi. Fretting 

korroziya  ressorlar,  bolt  va  zaklepka  kallaklari,  oʼzi  oʼrnashadigan  podshipnik 

detallari, issiq oʼtqaziluvchi detallarni , rele va boshqa titrab ishlaydigan mexanizm 

detallarida uchraydi. 

 

 

Rasm 2.6. Fretting korroziyadagi amalga oshadigan jarayonlar mexanizmi. 



1- metal yuzasi; 2- doʼnglikllar (sherexovatostь) 3- oksid; 4-metal. 

Fretting  korroziya  quyidagilar  bilan  bogʼlangan:  Yuzalar  uchrashganda,  kontakt 

xamma yuzada emas, balki uncha koʼp boʼlmagan doʼngliklarda amalga oshadi;  

Yuzalar bir biriga nisbatan sirpanish jarayonida qarshi yuzadagi notekislikni sidirib 

tekkis yuza xosil qiladi

 Yalangʼochlangan  tekkis  yuzada  gaz  adbsortsiyalanadi  va  oksidlanish  amalga 

oshadi; 

 Notekis yuzani keyingi xarakati oksid plyonkasini shiladi kislorod absorbtsiyasini 

faollashtiradi va yangi oksid xosil qiladi va bu oksid xam shilinadi.  

Bundan tashqari, doʼngliklar ishqalanishda metal zarrachasini yulib oladi va yuzada 

yeyilish  xosil  boʼladi.  Bu  mexanik  tashkil  qiluvchilardir.  Uzib  olingan  metal 

zarrachalari xam oksidga aylanadi va metal yuzasi kontaktdagi qarshi yuzadan koʼra 

koʼproq  xarakatlanayotgan  metall  zarrachalar  taʼsirida  shilinadi.  Koʼrib  chiqilgan 

model  asosida  fretting  korroziya  natijasida  metal  yuzasidagi  yoʼqotilgan  massa 

tenglamasi chiqarilgan.  

 

                                    W = 



(k

o

L



1\2

− k


L)c


f

+ k


2

lLc 


 

Bu yerda 

k

o

, k



1

, k


2

_2 – konstantalar; L – yuklanish, s-tsikllar soni, f  - chastota l- 

siljish. 

 

Tenglamani birinchi ikki xadi korroziyaning kimyoviy tashkil qiluvchilaridir. 



Chastota f ni ortishi bilan korroziyaning kimyoviy tashkil qiluvchilari kamayadi va 


kimyoviy reaktsiya borish vaqti xam kamayadi. Tenglamani oxirgi xadi – mexanik 

tashkil qiluvchi, chastotaga bogʼliq emas, lekin siljish va yuklanishga bogʼliq.  

 

Shunday  qilib,  fretting  korroziyani  borishi  uchun  kislorod  mavjud  boʼlishi 



kerak. Аzot bor joyda poʼlatni yemirilish faolligi ozroq. Nisbiy namlikni ortishi xam 

fretting  korroziyani  pasaytiradi.  Xaroratni  ortishi  aksincha  fretting  korroziyani 

kuchaytiradi.  Solishtirma  yuklanishni  ortishi  xam  korroziya  ortishiga  imkon 

yaratadi. 

 

2.6. Kavitatsiyadagi korroziya 



 

 Suyuq korrozion muxit metal yuzasiga kavitatsiya natijasida mexanik taʼsir 

koʼrsatadi.  Kavitatsiya  lotincha  soʼz  boʼlib  cavitas  boʼshliq  maʼnosini  beradi. 

Suyuqliklarda aloxida sharoitlarda oqim yuqori bosimdagi xududga oʼtganda bugʼ 

va  gaz  pufakchalari bosim  ortishi natijasida  kichrayadi va  yoʼqoladi.  Koʼpiklarni 

qisilishi  katta  tezlikda  amalga  oshadi  va  buning  natijasida  suyuqlik  bilan 

kontaktlanuvchi metal yuzasi titrovchi kuchlanish xosil qiluvchi gidravlik zarbaga 

uchraydi.  Bu  kuchlanish  na  faqat  plyonka  yuzasini  yemiradi,  balki  metalni  xam 

mikro  xajmda  yemiradi.  Bir  vaqtning oʼzida  mexanik kuchlanishlar  va korrozion 

muxitning taʼsiri metalni yemirilishini tezlashtiradi.  

Nasos  rotorlarini  yuzalari,  vint  yuzalari,  suv  turbinalari  parraklari,  suv  bilan 

sovitiladigan  dizelь  dvigatelь  silindrlari  kavitatsion  eroziyaga  uchraydi.  Bunday 

yemirilishlarni  oldini  olish  uchun  nasoslarni  pufakchalarni  xosil  boʼlishiga  yoʼl 

qoʼymaydigan yuqori bosimda ishlatish kerak.  

 

Suvni  shamollatish  turbina  parraklarini  yemirilishini,  parraklarni  elastik 



qoplamalar  bilan  koplash  bu  turdagi  yemirilishlarni  kamaytiradi.  Buyumlarni 

kavitatsion  yemirilishga  moyilligini  ularni  shaklini  oʼzgartish  va  ishlov  berish 

tozaligini  ortirish  bilan,  shuningdek  eritmaga  PАV  (poverxnostno  aktivnoe 

veshestvo- yuzani faollashtiruvchi moddalar) qoʼshiladi. 

 

Nazorat savollari. 



1. Qanday mashinalar statik kuchlanish taʼsirida ishlaydi? 

2. Mexanik kuchlanishlar taʼsirida korroziyaning qanday turlari yuzaga keladi ? 

3. Mexanik yuklanishlardagi korrozion jarayonlar qanday etaplarda amalga oshadi? 

4. Choʼzuvchi kuchlar elektrod potentsiallarining ishorasi va qiymatini qanday taʼsir 

koʼrsatadi? 

5. Statik kuchlanishlarni korroziya tezligiga qanday taʼsir koʼrsatadi? 

6.Korrozion charchashni tushuntirib bering. 

7. Fretting korroziya qanday amalga oshadi ? 

8. Kavitatsiyadagi korroziya qanday mashinalarda uchraydi? 

 



Foydalanilgan adabiyotlar. 

1.  Jarskiy  I.M.,  Ivanova  N.P.,  Kuis  D.V,,  Svidunovich  N.А.  Korroziya  i  zaщita 

metallicheskix oborudovaniy. M.Vыsshaya shkola. 2012. 304 s. 

3.Semenova  I.V.,  Florianovich  G.M.,  Xoroshilov  А.B.  Korroziya  i  zaщita  ot 

korrozii. M. FIZMАTLIT 2002 336 s.  

2 Rozenfelьd L.I. Ingibitorы korrozii. Ucheb.posob. M. Ximiya.1977. 362 s. 

3. Ulyanin Ye.А. Korrozionnostoykie stali i splavы. Ucheb.posob. M.Metallurgiya. 

1980. -250 s. 

4.  Neverov  А.S.,  D.  А.  Rodchenko,  M.I.  Sirlin.  Korroziya  i  zaщita  materialov. 

Uchebnoe posobie. Minsk. Vыsshaya shkola. 2007. 222s. 

5.  Yemelin  M.I.,  Gerasimenko  А.А.  Zaщita  ot  korrozii  v  usloviyax  ekspluatatsii. 

Moskva. Mashinostroenie 1980. 224 str. 

6. Zaщita metallicheskix soorujeniy ot podzemnoy korrozii. Spravochnik. Moskva 

nedra 1980. 295 str. 

7. Pluden V. Zaщita ot korrozii v stadi proektirovaniya. Moskva.Mashinostroenie 

1980. 438 str. 

8. Juk N.P. Kurs teorii korrozii i zaщitы metallov. Moskva. Metallurgiya 1976. 472 

str. 


Internet saytlari 

 

 



www.tehnology. ru 

2. https://www.researchgate.net/publication/ 

3. http://refleader.ru/poljgeotratybew.html 

 

Glosariy. 




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish