Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/77
Sana14.11.2022
Hajmi1,11 Mb.
#865831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

1.
 
O’zligingizni kashf eting
 
Otam ulg’aygan vaqtim men hechqachon unutmaydigan bir hikmatli gap aytgan edilar
va o’sha gap hozirgacha qulog’im ostida she’r kabi jaranglaydi.
Esingdami sen tug’ilgan on, 
Hamma shodon edi, sen esa giryon.
Shunday yashaginki, ketar chog’ingda,
Hamma giryon qolsin, sen ketgin shodon.
Shunday zamonda yashayapmizki, hayotning asl ma’nosini unutib boryapmiz. Biz 
insonni osongina Oyga yubora olamiz, ammo oddiy holat hisoblangan yangi qo’shnimiz 
bilan tanishib olishga qiynalamiz. Biz uchar raketalarni koinot bo’ylab uchira olamiz, 
lekin bolalarimiz bilan kutubxonaga borishga vaqt topolmaymiz. Bizning aloqa 
qilishimiz uchun e-mail, fax mashinalari, qimmatbaho telefonlarimiz yetarli, ammo 
haligacha bir-birimiz bilan muloqot qilish uchun vaqt ajratmaymiz. Biz insoniyat bilan 
mehr-oqibatimizni yo’qotib boryapmiz. Asl maqsadlarimizni unutyapmiz. Hayotda eng 
muhim bo’lgan narsalarni e’tiborimiz nazaridan chetda qoldiryapmiz.
Shunday qilib siz shu kitobni boshlar ekansiz, sizdan bir narsani so’ramoqchiman. Siz 
hayotdan ko’z yumganingizda kim yoki kimlar yig’laydi? Shu zaminda 
yashayotganingizda qancha insonlar bilan aloqada bo’ldingiz? Ortingizdan 
ergashayotgan avlodlarga hayotingiz qanday ta’sir o’tqaza oladi? Oxirgi nafasingizni 
olguningizga qadar o’zingizdan keyin qanday meros qoldira olasiz?
Hayotim davomida o’rgangan darsim shu bo’ldiki, agar hayotingizda harakat 
qilmasangiz, hayotning o’zi sizning ustingizdan hukm chiqaradi. Kunlar haftalarga, 
haftalar oylarga, oylar yillarga sakrab o’tib boraveradi. Tez orada hammasi tugaydi va 
hayotingizni yarmini yuragingingiz to’la afsus nadomatlar bilan o’tkazib 
yuborganingnizni bilmay qolasiz. Bernard Shoudan o’limi oldidan so’rashgan ekan, 
“Agar hayotingizni boshqattan yashaganingizda nimalar qilgan bo’lar edingiz?” U 
chuqur xo’rsinib shunday debdi: “Men harakat qilsam bo’lishim mumkin bo’lgan, lekin 
bo’la olmagan inson bo’lardim”. Men bu kitobni sizlar ham bir kun kelib shunday 
afsuslanib qolmasliklaringiz uchun yozdim.
Proffessional notiq sifatida, ish vaqtimning ko’p qismini Shimoliy Amerika boy’lab 
shaharma shahar o’tkazaman va o’zimning biznes va hayot haqidagi tajribalarimni turli 
xil insonlar bilan bo’lishaman. Ular hayotning turli jabhalardan kelishlariga
qaramasdan, shu kunlarda ular bir xil savollar bilan murojaat qilishmoqda : “Qanday 
qilib hayotimning mazmunini topa olaman? Qanday qilib ishimga o’z hissamni qo’sha


6
olaman? Va qanday qilib kech bo’lmasidan oldin hayotimni osonlashtirib undan
rohatlanib yashayman?”
Mening javobim har doim bir xil boshlanadi, O’zligingni top. Men ishonamanki, har 
bir insonda qobiliyat bo’ladi va u oshkor etilishini kutadi. Hammamizni birgina maqsad 
birlashtirib turibdi. Ya’ni bizning oliy maqsadimiz, o’z insoniyligimizni namoyon qilish 
bilan birga atrofdagilarimizga yordam qo’lini cho’zishdir. O’zlikni topish ishlab turgan 
ishdan voz kechish emas. Balki oddiygina o’zingizning sevimli ishingizga qattiq e’tibor 
qaratishdadir. Ya’ni sizning xohishlaringizni boshqalar amalga oshirishini kutmang. 
Mahatma Gandi aytganidek:”O’z dunyoyingda nimani o’zgarishni xohlasang o’shani 
o’zing bajar. Shunda hayoting o’zing xohlagandek o’zgaradi ”

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish