Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

 
40 
Vijdon. Abduqayum Yo‘ldosh
 
I 
Bilaman, u begona eshiklardan cho‘chiydi. Osmonu falakda joylashgan, 
ayvonidan qaralganda odamning ko‘ngli ozib ketadigan bir xonali beton 
katalagimning na dermatin qoplangan va na raqam bitilgan g‘aribona eshigini 
tanib olgan; faqat shu yerga kelgani-kelgan. 
Soat mili o‘n ikkidan oshib, yo‘lak suv quyganday jimib qolgan, yoqimsiz 
g‘uvillashi asabimni qaqshatadigan liftning uni o‘chgan mahal, balki, undan 
ham kechroq, muzday ko‘rpaga o‘ranib, ko‘zlarimni katta-katta ochgan ko‘yi, 
saqichday quyuq zulmat bag‘rida biron nimani ilg‘ab olishga bo‘lgan 
urinishlarim behuda ketayotgan palla yalang oyoqlarning marmar zinalarga 
ohista bosilayotganini sezaman. O‘zimni chalg‘itishga qanchalik harakat qilmay 
– quloqlarimga paxta tiqib, boshimni yostiqqa burkab olsam-da, chalakam-
chatti biladigan duolarimni pichirlab takrorlay boshlasam-da, qachonlardir 
boshimdan o‘tkazgan shavqli onlarimni tasavvurimda qayta jonlantirib 
huzurlanmoqchi bo‘lsam-da – bari besamar; ehtiyotkorona bosilayotgan qadam 
saslari yaqinlasha-yaqinlasha, nihoyat, eshigimga kelib taqalganini his qilaman, 
shu his barobarida seskanib ko‘z ochgan mubham vahimadan majolsizlanib, 
to‘xtab qolguday ahvolga tushadi yuragim. Dastlab bunday chog‘lari amallab 
o‘rnimdan turardim-u, shosha-pisha uydagi bor chiroqlarni yoqib chiqardim; 
so‘ng bunga qanoat hosil qilmay magnitofonni chinqirtib qo‘yib, charog‘on 
xona o‘rtasida o‘tirib olgan ko‘yi papiros tutuniga ko‘milgancha o‘zim bilan 
o‘zim shoshqol o‘ynashga tushib ketardim. Lekin suv ostida bosim ta’siridan 
qutulib bo‘lmaganiday, ko‘ngilga sirg‘alib kirib ulgurgan qutqu ilonini sitib 
chiqarishga ilojsiz ekanimni anglagach bu benaf ovoragarchilik o‘z-o‘zidan 
barham topdi. 
Bilaman, u eshikka mahkam qapishib olgan, ichkarida «tiq» etgan tovush 
chiqsayam eshitishga qodir; shu bilan birga, u juda toqatli, hali biron marta 
bo‘lsin sabrsizlik ko‘rsatgan emas, mudom kutgani-kutgan; benihoya boodob 
ham, shaharda tungi o‘n birdan keyin tuqqan onang kelsayam eshikni 
ochmaslikka qonun yo‘l berishini bilsa kerakki, hali biron marta bo‘lsin 
qo‘ng‘iroq tugmasini bosgan emas, biron marta bo‘lsin eshikni taqillatgan emas, 
gohi-gohidagina jur’at qilib eshikni tirnab qo‘yadi, shunda mushuk gilamni 
tirnagandagiga o‘xshash shitirlash eshitilib qoladi, xolos; lekin uning bu 
qilig‘ida izchillik yo‘q, eshik tirnashlar oralig‘i ba’zan chorak soatga yetmasa, 
ba’zan bir-ikki soatdan ham oshib ketadi. 
Bilaman, u nafaqat begona eshiklardan, begona odamlardan ham cho‘chiydi. 
Tasodifan pod’ezd eshigi ochilib-yopilib qolguday bo‘lsa yo tepadagi mallasoch 


 
   41 
xonimning xushtorlaridan birontasi o‘tib qolguday bo‘lsa, u baayni qip-
yalang‘och holida nomahramlar ko‘ziga tushib qolish ehtimolidan o‘takasi 
yorilgan mohpora oyimqizday jon halpida o‘zini lift yonidagi axlatlar 
tashlanadigan bir quloch quvurning orqasiga oladi. Xudoyim-ey, shunda men 
endi uning muzday, badbo‘y hid anqib turgan quvurga qapishgancha titrab-
qaltirab turishi, og‘ir-og‘ir nafasini zo‘r berib ichiga yutishga urinayotganini 
shundoq ko‘z oldimga keltiraman-u, badxohlik bilan quvonib qo‘yaman. Meni, 
ayniqsa, uning shu holatda yarim soat, hatto ortiqroq fursat harakatsiz qotib 
turishi zavqlantiradi, go‘yo ortimdan quvlab kelayotgan, yetay-etay degan 
raqibimni ilgaritdan maxsus tayyorlangan tuzoqqa tushirib qo‘yib, endi uning 
ayanchli pitirlashini gerdayib kuzatayotganday lazzatlanaman, lablarimni yalab 
qo‘yarkanman, unsiz pichirlayman: «O‘l-a, bu kuningdan…» 
Vaqt esa shuvillab o‘tadi. Ko‘ngilni bir fursat yayratgan intiqom safosi o‘rnini 
ishtiboh, hadik safrosi qayta egallay boshlaydi; yantoqzor ichida yurilganday 
qo‘rqa-pisa qo‘yilgan, tortinchoq yigit ilk bor suyuklisining qo‘llarini 
o‘pgandagi singari jur’atsiz qadam saslarini eshitaman va amin bo‘lamanki, u 
yana kelib eshigimga qapishib oladi. Men qo‘rqaman. Ayni soniyalarda 
qaylardadir –olis-olislarda, nainki xush, hatto eng noxush manzillarda ham 
paydo bo‘lib qolgim kelaveradi; kimlar bilandir, nainki qadrdonlarim, hatto 
ag‘yorlarim bilan ham davralarda o‘tirishga hozirman, nainki yoqimli, hatto eng 
ahmoqona mavzularda bo‘lsa-da tinmay gaplashaversam-gaplashaversam, 
tonggacha og‘zim tinmasa deyman; eng iflos, eng og‘ir, chaqib tashlaydigan 
jismoniy yumushlarni topshirishsa deyman, ishqilib, shu la’nati qora qutidan 
qutulsam bas; ishqilib, gapgami-ishgami alahsib vahimali o‘ylardan chalg‘isam 
bas; ishqilib, ishlay-ishlay, itday charchab, tilim bir qarich osilib qolsa-yu, 
o‘ylashgayam madorim yetmay yotgan joyimda o‘likday qotib uxlasam bas, 
tush ko‘rmasam bas, bosinqiramasam bas… Lekin istak bilan faoliyat o‘rtasida 
ulkan jar yastanib yotibdi, ko‘zlarimni chirt yumib, qa’riga chorlovchi bu jardan 
sakrab o‘tish o‘rniga qimir etmay yotaveraman, loaqal yonboshimga ag‘darilib 
olishga yuragim dov bermaydi; uydagi yaldo zulmatiga izsiz-ovozsiz singib 
ketishni istayman, u mening xonada ekanligimni fahmlamasligini, falokat bosib 
fahmlab qolgan taqdirda ham meni mast uyquda ekan deb o‘ylashini 
xohlayman, shu xohish izmida ora-sira yolg‘ondakam xurrak otib qo‘yaman, 
ayniqsa, xurragim bilan bir soniyaga to‘g‘ri kelib qolganida eshik tiqirlashining 
darhol to‘xtashini ko‘rib quvonib ham qo‘yaman, o‘zimning ojizona 
topqirligimdan o‘zim mamnunlik tuyib, go‘yo sayyodimni yana bir bor katak 
qafasga qamab qo‘yganday tilimni chiqarib uni rosa mazax qilgim, uzun xivich 
bilan ko‘tarilib-tushayotgan och biqinlariga turtib-turtib qo‘ygim keladi… 
O‘, o‘zingni avrab-ovutish o‘zgalarni avrab-ovutish singari oson va umrzoq 
kechsaydi!.. 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish