Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

 
42 
Men qo‘rqaman, uning ko‘zlaridan qo‘rqaman. Esimda, tungi tashriflar endi-
endi boshlangan, men o‘zimni telbaga, qoraxayolga yo‘yib, ajdodlarim 
shajarasini tita-tita, nihoyat, qay bir bobomning ruhiy bemorlar shifoxonasida 
o‘zini osib qo‘yganini aniqlagach o‘z holatimni vorislikning qochib qutulib 
bo‘lmas, dori bilan tuzatib bo‘lmas qismatiga mengzab yurgan kezlarim ilk bor 
bu nigohga duch kelganmanki, o‘sha lahzani eslasam, hali-hanuz tirnoqlarim 
uchigacha muzlab ketadi va men iltijo ila tavallo qilishga tushaman: «Iloyo, 
qayta duch kelib qolish vahshatidan asragaysan…» 
O‘shanda esa qishloqdan kelib tunab qolgan jarroh do‘stim ertalabki choy ustida 
bamaylixotir: «Bu shaharning mushuklari qiziq ekan, bittasi tuni bilan eshikni 
tirnab chiqdi-yu, bir marta miyovlashga yaramadi-ya…» – deganida rangim quv 
o‘chib, qo‘limdagi sanchqi likopchaga jaranglab tushib ketgandi. Agarki, agarki 
ruhimni chatnagan hisoblab yurgan mengina emas, soppa-sog‘ mehmon ham 
payqagan ekan, uning chindan-da moddiyligiga bundan ortiq dalil-dastak topib 
bo‘larmikan… Ammo, taassufki, ruhan sog‘lomligim xususidagi ishonch ruhiy 
sokinlikka garov bo‘lolmadi. Men yana tinchgina, mutlaq faoliyatsiz tarzda 
kutishda davom etdim. Men hali imkoniyatlari mavhum, balki, shunisi bilandir 
yanada sirli va vahimali harifimning (ezgu niyatlilar yarim kechasi bostirib 
kelmaslar axir!) ko‘rinmas sarhadni birinchi bo‘lib bosib o‘tishini istardim… 
Har nechuk, do‘stim e’tirofidan so‘ng oradan ikki-uch kunni o‘tkazib, zim-ziyo 
oqshomlarning birida yurak yutib oyoq uchida eshik yonigacha keldim. Ne bir 
unsiz qasamlaru daldalardan keyin nimagadir saraton taftida qolganday qizib 
ketgan eshik ko‘ksiga o‘rnatilgan qabariq «ko‘zcha»ga qaradim-u, shu soniyada 
dahshat ichida o‘zimni orqaga otdim – u tarafdan odam vujudining yetti 
qabatigacha o‘yib kirib borishga qodir, qorachig‘ida laxcha cho‘g‘ porlagan 
ko‘z menga qadalib turardi… 
Bilaman, ehtiyotkorligiga qovushmasa-da, uning binoyidekkina o‘jarligi borki, 
ba’zan bu o‘jarligi bema’ni qaysarlikka aylanib ketadi. Shunday paytlari u 
menga do‘ppidekkina qishloqdan endi kelib, ulkan shahar haybati, shovqin-
suronidan aqli shoshgan bo‘lishiga qaramasdan, tishini tishiga bosgancha 
telbanoma qat’iyat ila: «Men seni zabt etaman, zabt etaman, shahar!» – deya 
bot-bot takrorlayotgan yoshlik yillarimni eslatganday bo‘ladi… 
Ehtiyotkorlik… ehtiyotkorlik va boshqa shu taxlit hislar keyinroq paydo 
bo‘lmadimi? Qaysidir bir eskirib qolgan nazariy tushunchani kitobda yozilgan 
tarzda emas, o‘zim tushunganimcha, o‘z so‘zlarim bilan ifodalashga 
uringanimda institut auditoriyasidan uchib ketishimga bir bahya qolganda paydo 
bo‘lmadimi bu ehtiyotkorlik? O‘z sohalarida «alif»ni «kaltak» deyolmaganlari 
holda doimo qo‘sh qo‘li ko‘ksida, qaddini kamalakday egib yuradigan bir-ikki 
hamkurs padarqusurlar «imtiyozli diplom» olganlarida paydo bo‘lmadimi bu 
alam? Endi mustaqil ish boshlagan kezlarim texnologik jarayonda sarf 


 
   43 
bo‘ladigan spirtni aniq hisob-kitoblar orqali chiqarib, burni qip-qizil boshlig‘im 
talab qilganidan ko‘ra to‘rt barobar kam yozganligim uchun ariza yozishga 
majbur etishmoqchi bo‘lganlarida («o‘z ixtiyorim bilan…» albatta), demak, 
mana shu olishim kerak bo‘lgan oshyondan mahrum etishib, yana 
umumyotoqlarda, ijara xonalarda sarson-sargardon etishmoqchi bo‘lganlarida 
uyg‘onmadimi bu mutelik? Ishga vaqtida, iloji bo‘lsa ertaroq borib, kutilmagan 
dahmazalar ko‘rsatmasdangina el qatori tinchgina ishlab yoki o‘zingni 
ishlayotganday ko‘rsatib vaqtida, iloji bo‘lsa kechroq qaytish amal 
pillapoyasidan sekin-asta, biroq uzluksiz ko‘tarila borishning garovi ekanligini, 
o‘lchamlari oldindan ma’lum qoliplarga sig‘magan har qanday «chiqish»lar 
boshliqlar ko‘nglida noxush taassurot qoldirishi mumkinligini anglaganimda 
paydo bo‘lmadimi har bir qadam oldidan chor tarafni sinchiklab kuzatib 
olishdek ajabtovur aqidam? Ko‘ngil qo‘yganim, uchrashuvlar chog‘i 
tirnog‘imni tekkizishgayam jur’at qilolmaganim, pok holimda bir yostiqqa bosh 
qo‘ymoqchi bo‘lganim qizning oppoq bo‘ynida ko‘karib qolgan, qontalash tish 
izlarini ko‘rganimda, ijikilay-ijikilay so‘rab-so‘rab oxiri behayolarcha aytilgan: 
«Boshqa joylardayam bor, ko‘rsataymi?» – degan mash’um jumlani 
eshitganimda paydo bo‘lmadimi bu ishonchsizlikka omixta qo‘rquv? Bir 
namozshom vokzalda etagimga yopishib olgancha ikki gapning birida Xudoni 
o‘rtaga qo‘yib qasamlar ichgan, bor-budini shilib ketgan o‘g‘rilarni go‘rdan olib 
go‘rga solgan og‘zi to‘la kumush tish mo‘ysafid yarim tundami, tong sahardami 
bor pullarimga qo‘shib jami hujjatlarimni ham supurib ketganida paydo 
bo‘lmadimi bu hadik? Qahraton qishning kuppa-kunduzi bekat yonida toyib 
yiqilib chakkamni temirga urib olgan, qora qonimga bo‘yalib yotgan chog‘im u 
yoqdan-bu yoqqa tinmay o‘tib turgan yo‘lovchilardan birontasi kelib 
qo‘ltig‘imdan olishga yaramaganida paydo bo‘lmadimi bu nafrat? Olamjahon 
pulga mashina kira qilib qorni gumbazday shishib ketgan tog‘amni yangi 
ToshMIga olib borganimda bitko‘z ablah vrach: «Joy yo‘q!» – deb yo‘llanmani 
qo‘limga qaytarib bergan, keyin esa xodimasini ortimdan elchilikka yo‘llab, bir 
o‘rin falon pul turishini ma’lum qilganida paydo bo‘lmadimi odamlardan 
jirkanish hissi? Men uchun dahshatli darajada ko‘p bo‘lgan bu sarmoyani 
amallab topib bergach, ba’zan bittagina qora buxanka sotib olishgayam chaqa 
topolmasdan ikki kunlab och yurganimda kassada puli achib yotgan bir 
tanishim: «Soqqa yo‘q edi-da, uzr endi», – deb eshikni yuzimga yopganida 
ko‘zlarimda shashqator oqqan alam, ojizlik yoshlari inson qavmiga ishonch, 
muhabbatning so‘nggi chechaklarini yuvib, manfur xudbinlikning yovvoyi 
o‘tlarini sug‘orib ketmadimi? Tiqilinch avtobusda qishloqdan kelgani ko‘rinib 
turgan juvonning sumkasiga qo‘l solayotgan o‘g‘rining qo‘lini shappa 
ushlaganimda uning sheriklari shovqin-suron ko‘tarishib mening o‘zimni 
o‘g‘riga chiqarishgach, oqibat bir yilga ozodlikdan shartli mahrum etilganimda 
boshlanmadimi qatiqniyam puflab ichishdek odatim? Nihoyat, shilliqqurtday 
o‘z qobig‘imga o‘ralib olib, barcha aloqalarni uzgan holda o‘tkazgan oxirgi uch 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish