Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

 
44 
yilim hayotimning eng sokin, eng tashvishsiz, eng osoyishta, moddiy 
muhtojliklarsiz o‘tkazgan yillarim bo‘lmadimi axir?!. Ha, shunday edi, shunday 
edi, shunday bo‘lib qolardiyam, menga berilgan ozgina umrning qolganiniyam 
shunday farog‘at og‘ushida o‘tkazgan bo‘lardim, agar yo‘q joydan manavi balo 
lop etib chiqib qolmaganida… 
Darvoqe, uning o‘jarligi haqida. 
Eshikka ikki marta dermatin qoplatdim, biri ko‘kish, biri qizil; uch-to’rt marta 
do‘kondan qo‘limga ilingan raqamlarni olib kelib qoqib qo‘ydim; bir gal esa 
yotoqxonadan ham kar, ham gung tanishimni yarim kechasi boshlab keldim-da, 
atay ovozimni qattiqroq chiqarib aytdimki, xo‘p, jo‘ra, mana, uy 
almashishgayam kelishib oldik, men ertan kunduzi yuklarimni olib ketaman, sen 
endi bu yerda maza qilib yashayver… Shundan keyin besh-olti kun bir kechaga 
falon pul to‘lanadigan irkit katalaklarda yotib yurdim. Nazarimda, endi undan 
qutulganday edim. 
Qayoqda deysiz… 
II 
Bosaversang, qurbaqayam vaqillab yuboradi. Ne-ne mashaqqatlar, ne-ne 
qurbonlar evaziga kelgan tinch turmushimni iloji boricha himoya qilmaslik 
og‘zimdagi oshni indamasdan oldirib qo‘yaverish bilan barobar tuyuldi. O‘ylay-
o‘ylay oxiri bir «Oq musallas» shishasini sindirib, hovonchada tuydim-da, yotar 
oldidan yo‘lakka sepib chiqdim… 
Oqshom eshik odatdagidan ko‘ra ko‘proq qitirladiyov; agar yanglish 
eshitmagan bo‘lsam, bu ojizona qitir-qitirga oyoq ostida shisha siniqlarining 
g‘ichirlashi ham jo‘r bo‘lib turdi. Tong saharda shisha kukunini supurib olayotib 
shundoqqina eshik yonida bo‘g‘otdan uzilayotgan tomchi yanglig‘ yoinki tanbur 
shaklidagi bir tomchi qonni ko‘rdim va raqibimning axilles tovonini 
topganimdan quvonib ketib shisha sepishni kanda qilmaydigan bo‘ldim. Endi, 
uning nozik joyini topib olganimdan so‘ng, o‘zimga o‘zimning ishonchim 
ortishi bilan birga, to‘g‘risi, «qarshi yurish»imning oqibat natijasi qanday 
bo‘lishi hatto meni qiziqtirib qoldi. Shunda men shisha to‘poniga kuchli kislota 
aralashtirdim… O‘, oqshom uning oyog‘i kuygan tovuqday pitirlashi, yalang 
oyoqlar ostida shisha siniqlarining g‘ijirlashini eshitish kerak edi, eshitish!.. 
Tong-sahar esa odatdagi bir tomchi qon atrofidagi bir-ikki qarich joyning 
qorayibroq qolganini ko‘rdim-u, so‘nggi uch oy ichida birinchi marotaba 
ko‘nglimda o‘zimdan o‘zim faxr tuydim, yelkamdan tog‘ ag‘darilganday bo‘ldi. 
«Bilib qo‘y, biz ham unchalik yerda qolganlardan emasmiz, o‘zimizga yarasha 
aqlimiz bor, bozor ko‘rganlardanmiz, senga o‘xshaganlar oldida qo‘l 


 
   45 
qovushtirib turish davridan allaqachonlar o‘tganmiz; deylik, bundan uch-to‘rt 
yil burun kelsang boshqa gap edi…» 
Endi aniq ishonchim komil, u qarshilik ko‘rsatish nima ekanini bilmasdi, 
barisiga indamay chidagani-chidagan, shu qilig‘i bilan u sabiy bolalik 
chog‘larimni yo bo‘lmasa hamqishlog‘im Sangi devonani eslatardi. Beshikdagi 
chaqaloqdan tortib munkillab qolgan chol-kampirlargacha, hamma-hammaga 
bamisoli hazrati Xizrni ko‘rayotganday beadad bir hayrat bilan termiladigan 
o‘zbekovullik sho‘rlik devona o‘ziga tosh otib qochgan bolalarniyam «bor 
bo‘linglar-e!» deb alqardi. Aytishlaricha, uning eng so‘nggi so‘zlari ham shu 
alqashi bo‘lgan ekan… 
Xullas, raqibim sirlilik va mavhumlikning jimjimador liboslaridan ayrilib, 
qoshimda yalang‘och holida namoyon bo‘la boshladi, namoyon bo‘lganda ham 
bahaybat Gerkuleslar oldida botiq ko‘kragi, ingichka bilaklari, pachoqqina 
gavdasidan nomuslarda o‘layotgan uyatchan o‘spirinday. Nazarimda, u kundan-
kunga jisman yanada maydalashib borayotganday edi. Men buni qon 
tomchisining ham, qorayib qoladigan oyoq o‘rnining ham tobora kichrayib 
borayotganidan taxmin qilardim. 
Men endi aniq bilardim, raqibimni tamomila mag‘lub etish uchun ma’lum fursat 
kerak, xolos. Biroq menda bu jarayonni tezlatish istagi uyg‘onib ulgurgandi. 
Kechalari o‘rinda g‘ujanak bo‘lib olib xo‘b azoblarda o‘tkazgan uch oylik 
umrim uchun munosib, hatto orttiribroq intiqom olish vasvasasi meni qutquga 
sola boshladi. Ehhe, bu qutqu yetagida ne-ne karomatlar ko‘rsatmadim… 
Poylab turardim-turardim-da, to‘satdan eshikni zarb bilan ocha sola darhol 
qaytib yopib olardim, shu orada har nechuk tobora yengillashib, vaznini 
yo‘qotib borayotgani eshik zarbidanoq sezilib qolayotgan gavda zinapoyaning 
temir panjarasiga koptokdek borib urilganini-yu, jon achchig‘ida ingrab 
yuborganini eshitib qolardim; shisha to‘poniga igna, olmosdan tortib 
so‘ndirilmagan ohakkacha – suvga aralashtirib, albatta – sola boshladim; bir 
oqshom esa buralib-chirmalib yotgan uch-to‘rt quloch simni yo‘lakka tashlab 
qo‘ydim-da, u eshikka qapishganini sezgan zahotim simni tokka ulab yubordim. 
O‘, shunda u sho‘rlikning «gup» etib yerga o‘tirib qolgani, so‘ng o‘rnidan otilib 
tura sola, har qanday ehtiyotkorlikni yig‘ishtirib qo‘yib, jon halpida zinalarni 
tapillatib bosgancha tashqariga otilib chiqib ketganini eshitib qotib-qotib 
kuldim; atay kech qolib kelgan kunlarim chekib turgan papirosimni bilmagan 
kishi bo‘lib quvur ortiga otardim, keyin labimga yangi papirosni qistirib 
birdaniga uch-to‘rt gugurt cho‘pini yoqardim-da, bularniyam yonib turgan 
holida quvur ortiga otardim; bir tun gugurt cho‘plariga qo‘shib hali g‘o‘r 
o‘smirlik chog‘larim yozib yurgan ahmoqona, bachkana shig‘irlarga to‘la uchta 
daftarimni ham yoqib otib yuborgan edim, yo‘lakni kuygan go‘sht hidi tutib 
ketdi; keyingi oqshom esa uch yildan beri yig‘ilib qolgan, o‘qib-o‘qilmagan 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish