Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

 
32 
mashg‘ulotlarining ilmiy tizimi hammadan burun sport tibbiyotiga tayanishi 
kerak, degan fikr uning kashfiyoti emasdi, biroq ko‘pincha bunday antiqa, 
favqulodda fikrni men o‘ylab topganman deb o‘ylardi. Aslini olganda uning 
birdan-bir xizmati, bu sohaga darhol jonu dili bilan ahamiyat bergani edi. Yirik 
olimlar mensimagan va ahamiyat berishga arzimaydi, deb hisoblagan statistika 
fikru xayolini egallab oldi. Ushbu soha statistik sportni rivojlantirishga ozmi-
ko‘pmi naf berdi. 
Shunday qilib u mashhur bo‘lib ketdi. Yetakchi gazetalar sport bo‘limida uning 
suhbatlarini e’lon qildilar. 
Sport bilan urush juda katta kuch va iroda talab etadi. Shu jihatdan, bularning 
orasida allaqanday umumiylik mavjud. Buning ustiga mamlakatda bag‘oyat 
og‘ir sharoit yuzaga kelib, urush kayfiyati kuchaya boshlaganidan beri qurol-
yarog‘ va zaharli gazlar sohasidagi ilmiy tekshirishlar bilan bir qatorda ilm-
fanning harbiy tibbiyot deb atash mumkin bo‘lgan sohasi ham rivojlana 
boshladi. Asta-sekin bu sohaning o‘z mutaxassislari paydo bo‘ldi. Ilmiy 
tadqiqot olib borish uchun tibbiyot fakulteti kafedralariga jo‘natilgan harbiy 
vrachlarning soni ham keskin ko‘paydi. O‘z navbatida oliy tibbiyot bilim 
yurtlari hamkorlik uchun o‘z olimlarini armiyaga yuboradigan bo‘ldilar. 
Professor Toriining bu yo‘ldan borish niyati yo‘q edi, ammo kunlarning birida u 
o‘z-o‘zidan harbiy tibbiyot bo‘yicha yosh mutaxassislardan biriga aylandi-qoldi. 
O‘tgan umriga nazar sola turib, Torii hayratdan yoqa ushlamog‘i darkor edi, 
biroq har bir narsaning mohiyati bilan qiziqavermaydigan shaxs bo‘lgani uchun 
ortiq bosh qotirib o‘tirmay, butun vujudi bilan zamonaning muhim 
muammolarini hal etishga kirishdi. 
U shov-shuv ko‘tarilsa bas, bir santimetr balandroqqa sakrab jonidan kechishga 
ham tayyor bo‘lgan sportchilar sirasiga kirardi. 
Sport tibbiyoti bo‘yicha fan doktori ilmiy unvoni va professor degan faxriy 
nomga ega bo‘lish amrimahol edi. Lekin harbiy tibbiyotda ilmiy unvon va 
daraja haddan ziyod oson berilardi. 
Toriining qo‘lyozmasi bilan bor-yo‘g‘i birgina professor – ilmiy kengash raisi 
tanishib chiqdi, xolos. Professor dissertatsiyaning mavzusi harbiy sir 
hisoblanadi, shunga ko‘ra, uni e’lon qilish mumkin emas, biroq ushbu 
dissertatsiya jang olib borish muammolarini ishlab chiqishga juda katta hissa 
qo‘shuvchi tadqiqot ekanligi uchun nihoyatda qimmatli, deb axborot berdi. 
Professorlar kengashi Toriiga doktorlik ilmiy unvoni berilishini bir ovozdan 
ma’qul deb topdi. 
Toriining ilmiy ishi havo jangida inson xatti-harakatining fizio-biologik va 
nevrologik xususiyatlariga taalluqli edi. 
Torii maxsus yasalgan samolyot maketlariga tajriba uchun saqlanayotgan 
sichqon va quyonlarni joylashtirib, bu maketlarni to‘xtovsiz ravishda 
sirtmoqsimon doira yasab uchishga majbur qilardi. Shubhasiz, uning o‘zi ham 
aerodromga qatnar va qiruvchi samolyotlarda parvoz qilardi. Yoshi o‘zidan 


 
   33 
ancha katta bo‘lgan harbiy havo kuchlari ofitserining yelkasiga generallarga xos 
ravishda urib-urib qo‘yarkan, derdi: 
– Sen bilan mening o‘sha sichqonlardan farqimiz yo‘q, og‘ayni… 
Har yili muntazam o‘tkaziladigan havo hujumiga qarshi mudofaa mashg‘ulotlari 
yaqinlashib kelar, tabiiyki, g‘arbiy qo‘mondonlik Toriiga tadqiqotini tezroq 
tugatishini qistalang qilardi. Shu sababli u maxfiy hududlardan birida 
joylashgan tajribaxonada kechasiyu kunduzi tinmay ish olib bormoqda edi. 
Mashg‘ulotlar tugagach, unga chet elga yo‘llanma va’da qilishgan edi. U 
Ovrupoda birinchi jahon urushi davrida handaqlardagi fiziologik shart-
sharoitlar, askarlarning hulq-atvori, ruhiyati ta’siriga aloqador muammolarni 
o‘rganmoqchi edi. Uyqusizlik, tungi diqqatchilik professorni toliqtirib 
qo‘ygandi. U xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligini unutgandi. 
O‘sha kuni Sakiko tajribaxonaga odatdagidan ertaroq keldi. Choy damlash 
maqsadida suv qaynatgani gaz plitasini yoqdi. Professor esa shu payt plita 
yonida turib tunuka idishdagi spirtni shisha idishga quya boshlagandi. Birdan 
spirt lop etib alanga oldi-yu, tunuka idish portlab ketdi… 
Avji yoz mahali kasalxonalar bolalar bilan to‘lib-toshadi. Ota-onalar ta’til 
oyidan foydalanib, surunkali dardga mubtalo bo‘lgan bolalarini muolaja qilish 
payiga tushadilar. Tomoq bezlarini oldiruvchi hamda “shirincha” bilan og‘rigan 
bolalar ko‘p bo‘ladi. Taajjublanarlisi, bularning ko‘pchiligini qizlar tashkil 
etadi. 
Hozirgi zamon yapon millatiga xos ma’sum, jiddiy, nozik-nihol qizchalar 
yo‘laklarida juft-juft bo‘lib sayr qilib yuradilar. 
Bu nimjon qizchalar kasalxona muhitiga o‘zgacha tus-tarovat bag‘ishlab, 
o‘zidan allanechuk nur taratayotgandek tuyulardi. Bu o‘smirlardan atrofga 
qandaydir og‘ir xushbo‘y hid taralar edi. Ular birpasda o‘zaro til topishib, 
shaharlik oyimtillalardan bo‘lak hech kimni davralariga qo‘ymasdi. 
Bodomcha bezini olib tashlash oson edi, biroq operatsiyadan keyin jarohat o‘rni 
bitishi uchun tomoqqa muz solingan rezina xalta bog‘lab qo‘yilardi. Xuddi 
aslzoda xonimlar marvaridlarini o‘ynagani kabi ular ham xaltachalarining 
bo‘shashib osilib qolgan bog‘ichini o‘ynagancha kattalarning kulgusini qistatib, 
bir-birlariga: “Qara, qanday bejirim-a?” – deb qo‘yishardi. 
Bu shahar bolalari orasida yo‘l-yo‘l ko‘ylak-ishton kiyish rasm bo‘lgan chog‘i. 
Oddiy bo‘z xalat kiyishdan ular or qilishardi; kimniki pijamasi bo‘lmasa, u 
o‘zini bechorahol va g‘arib sezardi. Shuning uchun kasalxonaga kelgan 
kunining ertasiga yoki indiniga hammasi pijama kiyib po‘rim bo‘lib olardi. 
Ular ma’lum soatlarda juft-juft bo‘lib muzqaymoq yegani yemakxonaga 
borishardi. 
Kasalxonada yaqin uch oydan beri ko‘tara savdo qiluvchi o‘rmonfurush yotardi, 
yiring bog‘lagan shish uning yonog‘ini shunchalik o‘yib yuborgan ediki, 
azbaroyi yuz suyaklari ochilib qolgandi. Yaponchasiga jihozlangan qo‘shni 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish