36
kasalxonaga oyoq-qo‘llari kuygan ahvolda yotqizildi. Biroq, shu bilan birga
uning yosh professor bilan o‘zaro munosabati ularni behad qiziqtirardi. Ular
buni qizning kayfiyati orqali bilishga urinardilar. Ertasigayoq Sakikoni ko‘rgani
to‘rt-besh nafar dugonasi keldi, ular yo‘lakka qaragan deraza bilan eshikka
guldor parda tutib qo‘ydilar.
Kimdir Sakikoning maftunkor ovozi bor, ajoyib qo‘shiq aytarkan, degan mish-
mish gap tarqatdi.
Qarama-qarshi palatada qirq kundan beri qovug‘iga tosh kelgan bir mo‘ysafid
azob chekib yotardi. Bu allazamonlar yasagan buyumlari bilan dong taratgan
mashhur temirchilik ustaxonasining xo‘jayini edi. Olti yil muqaddam jinsiy
bezlari kattalashib, unga azob bera boshlagan edi. Mana shu davrda siydik
pufagida tosh yig‘ilgan ekan. Endi bittamas, ikkitamas, butun siydik pufagi to‘la
tosh edi. Operatsiya yordam borolmas, aftidan eskicha davolash usullaridan ham
naf yo‘q edi.
Temirchining kasal erini boqaverib ko‘nikib ketgan qari xotini navbatchi yosh
vrach uning siydik yo‘liga naycha suqib, keyin dam-badam turli-tuman temir va
rezina naychalar yordamida qayta sug‘urib olayotganini norozilik bilan kuzatib
o‘tirardi. Hozir qaysi birini qo‘llash lozimligini vrach u bilan maslahat qilishi
shart edi.
Chol kun bo‘yi mudrab yotar, kechasi esa og‘riqdan shikoyat qila boshlardi.
– Menga qara, chol, – derdi kampir, – bunaqa azobdan ko‘ra tinchgina oyoq
uzatgan ma’qul emasmi?
– Nimasini aytasan, – deb javob berardi chol.
– Yo‘q, shoshmaslik kerak, – derdi kampir. – Yashashga nima yetsin.
– To‘g‘ri aytasan, – derdi bunga javoban chol.
Nari-beri yelpig‘ich bilan yelpinib o‘tirgan chol-kampirning gaplarini eshitib
hamshira kulib yuborishdan o‘zini arang tiyardi.
Chol yetmish ikki yashar, kampir esa oltmish sakkizga chiqqan edi.
– Menga qara, chol, – davom etardi kampir. – Bu yerga bugun olib kelishgan
yoshlarning ahvolidan xabaring bormi?
– Nima bo‘pti?
– Yigit juda qiynalyapti, ahvoli og‘ir, ana ketdi-mana ketdi bo‘lib yotibdi. Qiz
esa hech gap bo‘lmagandek qo‘shiq aytyapti. Biram xushovoz ekanki! –
Pinakka ketgan chol javob qilmadi.
Oftobning tikka tushayotgan nurlari yoritgan deraza tokchasida qanotlarini port-
port qilib kaptarlar guvillashardi.
– Qizchalar nega he yo‘q-be yo‘q birdan o‘zlariga oro berib qolishibdi?! Xuddi
tovusdek tovlanib koridorda yurishlarini-chi.
– Hm… qo‘yaver…
– Hadeb uxlayverma, chol! Kunduzi obdon uyquga to‘yib olasan-da, kechasi
uyqum kelmayapti, deb yana zorlanasan.
– Uxlayotganim yo‘q, ko‘zimga chiroq tushib ochirmayapti.
37
– Sen o‘z uyingda jon berishni istarding, to‘g‘rimi?
– To‘g‘ri.
– O‘g‘limiz bo‘lsa, avval shu yerdagi do‘xtirlarga iloji boricha qaratib
davolataman, to kasalxonadagilar nimaiki qo‘limizdan kelsa, qilib ko‘rdik,
bundan ortiq hech narsa qilolmaymiz, demagunicha uy tugul ostonaga
yo‘latmayman, deyapti. Bemehr chiqdi o‘g‘limiz. Sen nima deysan, bilmadim-
u, peshona teri bilan topgan-tutganingni unga qoldirmoqchi bo‘layapsan tag‘in,
menimcha, u bunga arzimaydi…
– Qo‘yaver, o‘ylab ko‘ramiz hali, – dedi chol ko‘zlarini yuma turib.
– Bugun tushda bu yerdagi ambulatoriyaga borib esim og‘ib qoldi. Ko‘rmayam,
kuymayam dedim. Ayollar maslahatxonasidan birma-bir qizchalar chiqib
kelyapti, degin, hali ona suti og‘zidan ketmagan-ku, hammasi qornini
do‘ppaytirib olibdi. Loaqal bittasi uyalsa-chi?! Qayerda! Zamon o‘zgarib
ketganini qara!
Uning gapiga javoban ohista xurrak tovushi eshitildi.
Kampir o‘rnidan turib, deraza oldiga bordi-da, hovlida yurgan kaptarlarga non
uvoqlarini tashlay boshladi.
Ertasiga ertalab o‘rmonfurush o‘z odatiga xilof ravishda karavotda chordana
qurib o‘tirar va ro‘parasida rangi quv o‘chgan ko‘yi qo‘l qovushtirib turgan
ishboshisi bilan xizmatchilarga xo‘mrayar, telbalardek boldiridagi junlarini
yular edi.
Ma’lum bo‘lishicha, tunov kuni yarim kechasi uning taxta omboriga o‘t ketgan
ekan.
– Ming la’nat, – dedi u lablari pir-pir uchib, uning bint bilan o‘rab tashlangan
yuzi ko‘rinmasdi. – Anavi kuyib ketgan kimsalarni olib kelishganda ko‘nglim
bu yomon alomatligini sezgandi. Mana, omborga o‘t ketibdi. Ammo ulardan biri
bugun kechasiyoq narigi dunyoga ravona bo‘ladi!
Meros talashish oqibatida omborga o‘t qo‘yishganmikin, degan shubhada
politsiya o‘rmonfurushning umr yo‘ldoshi bilan qarindosh-urug‘larini
mahkamaga so‘roq qilgani chaqirdi.
Xizmatchilar xavotir ichida ko‘z urishtirib olishdi, xuddi shu lahzada daf’atan
Sakikoning qo‘shig‘i eshitildi. U ohista kuylardi, ammo o‘ktam va shirali
ovozida hayotning chinakam shodiyonasi oshkora yangrardi.
Hamshira chiroqlarni o‘rab qo‘yish uchun palatama-palata yurib, qora laxtak
tarqatdi. Kasalxonaning ishchisi narvon ko‘tarib olgancha, yo‘lakdagi
chiroqlarni o‘rab chiqdi.
Hali tush paytidayoq portlashlar va otishmalar boshlangan, sirenalar chinqirardi.
Havo hujumiga qarshi mudofaa mashqlari o‘tkaziladigan kun edi bugun.
Chiroqlarni o‘rash shartligidan tashqari, ularni polga qadar tushirib qo‘yish
darkor edi, shu sababdan palatalar qop-qorong‘i bo‘lib qoldi.
Ichkari hovlidan yorug‘lik bilan chalg‘itish uchun berilayotgan buyruq
tovushlari eshitilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |