Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

 
30 
tajriba uchun saqlangan qafasdan qutulib chiqqan edi. 
Sakiko taqdirga tan bergandek, qotib turardi. U tiriklayin yonib ketishga shay 
bo‘lib turganga o‘xshardi. Derazadan tushayotgan tong quyoshining jilvagar 
nurlari uning yelkalarini yoritardi. Deraza ortida shivalab yoqqan yomg‘irda 
chayilgan pokiza, yam-yashil yaproqlar ohista chayqalardi. 
Sakikoning etagi yonib, alanga bilanglab yuqoriga ko‘tarilmoqda edi. Qiz 
haykaldek qotib turar, alanga qizning koftasini ayovsiz qamrab olgandi. 
– Esing joyidami, – deya qichqirdi boyagi yigit va bir tortib uning yubkasini, 
so‘ng jon-jahdi bilan tutay boshlagan ichko‘ylagining etagini yulqib oldi. 
Sakiko birdan uyg‘onib ketgandek ilkis cho‘qqayib oldi-da, qo‘llari bilan 
yalang‘och oyoqlarini yashirmoqchi bo‘ldi, biroq ulgurolmay yonboshi bilan 
yiqildi-da, hushdan ketdi. 
Yigit Sakikoni ko‘tarib tajribaxonadan yo‘lakka olib chiqdi. 
Paysalga solmay jarohatlanganlarning ikkovini ham kasalxonaga olib ketishdi. 
Professor Torii badanining qariyb uchdan ikki qismi kuyib ketgan edi: bunday 
odamning sog‘ayishidan umid qilib bo‘lmasdi, lekin shunga qaramay, professor 
hech kimning ko‘magisiz kasalxona yo‘lagi bo‘ylab palata tomon yo‘rg‘alab 
ketdi. Uning eski qadrdoni bo‘lmish telefonda ogohlantirilgan vrach unga 
peshvoz chiqqanida professor Torii auditoriyada gapiraverib odatlanib qolgan 
tarzda tushunarli va lo‘nda qilib do‘rilladi: 
– Kelganing uchun tashakkur. Tajribaxonaga o‘t tushdi. Hammasi yonib ketdi. 
Men ham chakki qovurilganim yo‘q, shekilli. 
Professor o‘zini bardam va tetik tutayotgani bilan baribir uning ko‘rinishi 
odamning o‘takasini yorardi: qoshlari bilan kiprigi batamom kuyib tushgan, 
qavarib, go‘shtlari chiqib qolgan qip-qizil yuzining badburush niqobdan farqi 
qolmagan edi. 
Professorni karavotga yotqizganlarida u qaqshatqich og‘riqdan ingray boshladi. 
Lekin bu uzoq cho‘zilmadi, ko‘p o‘tmay u alahlashga tushdi. U endi ingramas, 
balki o‘zini u yoqdan-bu yoqqa otib, dod solardi. Dastlab hamma yog‘iga qalin 
qilib malham surtishdi, keyin boshdan-oyoq bint bilan o‘rab-chirmab tashlashdi. 
Holbuki, bu malhamning shifobaxshligiga vrachlarning o‘zi ham ishonmasdi. 
Yashirishdan foyda yo‘q – qon quyishdan ham najot kutmasdilar. Keyinchalik 
vijdonlari qiynalib yurmasligi uchungina bu choralarni qo‘llashgan edi. Qo‘shni 
polkdan o‘n chog‘lik yosh-yosh askarlarni chaqirtirib, hash-pash deguncha 
ularni tekshirishdi, so‘ng ularning qonidan olib professorga quyishdi, ammo bu 
ham yordam bermasligini juda yaxshi bilishardi. 
Oradan bir muncha vaqt o‘tib, teri kasalliklari bo‘limining boshlig‘i kelib 
ketgach, jarohatlanganlarni tekshirib ko‘rish uchun terapiya bo‘limining 
boshlig‘i tashrif buyurdi. Ammo boshdan-oyoq doka bilan o‘rab bog‘langan 
bemor alahsirab o‘zini tinmay u yoqdan-bu yoqqa otayotgani sababli terapevt 
yaxshilab tekshirish u yoqda tursin, loaqal tomir urishiga ham quloq sololmadi. 
Bordi-yu buning ilojini qildi ham deylik, ammo qo‘lidan nima keladi? Bemor 


 
   31 
boshida atigi ikki daqiqa o‘tirgan terapevt unga umidsiz nazar soldi-da, indamay 
palatadan chiqib ketdi. Tibbiyot nuqtai nazaridan qaraganda professor Toriining 
ajali yetgan edi. 
Sakikoning palatasi bilan professor yotgan palata orasi unchalik uzoq emasdi, 
shu sababli uning ingrashlari bemalol eshitilib turardi. 
Sakikodan xabar olgani kelgan dugonalari bir ovozdan: 
– Falokat yomon narsa, lekin yuzing qilchalik ham kuymadimi, shunga shukur 
qilaver, – deb ko‘nglini ko‘targan bo‘lishdi. 
Sakiko yuzini yostiqqa burkab, ho‘ng-ho‘ng yig‘ladi. 
Uning o‘ng oyog‘i choviga qadar doka bilan o‘ralgan edi. Shu oyog‘i jonsiz, 
yog‘och oyoqdek tuyulardi-yu, biroq shu bilan birga oyog‘i ham qaqshar, ham 
achishar va qizgina og‘riqqa chidayolmay tishini-tishiga bosib yotardi. Nahotki 
u oyog‘idan ajrab nogiron bo‘lib qolsa?! 
Sakiko ilk marotaba erga tegish haqida o‘yladi. Bu fikr bamisli bir igna singari 
miyasiga sanchildi-yu, siqilib ketganidan yuragida og‘riq qo‘zg‘aldi. 
Ustidagi ko‘ylagi yona boshlagach, u birdan ham jisman, ham ruhan ulg‘ayib 
qolgandek bo‘ldi va ayni choqda allanechuk yosh bolaga o‘xshab qolgandi. Bu 
hissiyotlar o‘z holicha alohida-alohida junbishga kelar, bir-biriga bo‘ysunmas 
edi. 
Chamasi, mana shu tug‘yon tufayli u qattiq jazavaga tushmoqda edi. 
Ruhiy talvasa va iztirobdan keyin Sakiko birdan hayotni to‘la his qilmoq lazzati 
va quvonchini butun vujudi-la tuydi. 
Alhol uning g‘am-g‘ussaga botgan va ayanchli dunyosi yorishib ketgandek 
bo‘ldi-yu, baribir dili ravshan tortmadi. Uning uchun hayotning ma’nisi kuygan 
badanidagi og‘riqdan iborat bo‘lib qolgan. 
Professor Toriining salomatligi haqida u ko‘p ham kuyunavermasdi. Unga 
achinardi, lekin uning uchun siqilmas edi. Uni endi o‘zining shaxsiy hayoti 
qiziqtirardi. 
Sakiko shu yil bahorda musiqa bilim yurtining vokal bo‘limini tugatgan, biroq 
hech kutilmaganda ilmiy xodim, harbiy vrachning yordamchisi bo‘lib qolgandi. 
Bu aql bovar qilmaydigan voqea edi, lekin bizning zamonamizda, ayniqsa, 
ayollar orasida uchrab turadi. 
Shunga o‘xshash voqea professor Toriining hayotida ham yuz bergandi. Sportga 
nihoyatda berilib ketganiga qaramay, u ayrimlarga o‘xshab o‘qishni tashlab 
yubormadi. Ehtimol, xususiy emas, davlat bilim yurtida o‘qiganligi sabab 
bo‘lgandir. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham ilmga bo‘lgan intilish yuksak aql-
idrokdan darak beradi, degani emasdi. Sport sohasida ham u biron-bir yaxshi 
natijaga erishmagandi. 
Ajoyib kunlarning birida hammaning jon-dili bo‘lib qolishi uchun aynan nima 
yordam berdi – og‘ir-vazmin fe’l-atvorimi yoki tabiatimi – aytish qiyin edi. U 
kishibilmas ravishda sport sohasida ko‘tarilib ketdi. Musobaqalarda shaxsan 
qatnashmagani bilan tashkilotchi va rahbar sifatida shuhrat qozondi. Sport 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish