I. 2. Odam organizmining tashqi muhit holatini baholash tizimlari
Inson hayot faoliyati uchun tashqi muhitda bo'ladigan o'zgarishlar haqida yetarli darajada axborotning bo'lishi va bu axborotni qaysi mazmunda ishlatish imkoniyatini belgilovchi va unga tayyorgarlik* ko'rish uchun tabiiy muhofaza chora-tadbirlariga ma’lum m a’noda tayyorgarlik bo'lishi insonning yashash uchun kurash omilining asosi hisoblanadi. Atrof-muhit holati haqidagi ma’lumot inson uchun shu muhitga moslashish imkoniyatini yaratadi va buni uning yetti mujjasi sifatidagi axborot qabul qilish tizimlari orqali amalga oshiriladi. U lar bu axborotlarni inson miyasiga yetkazib beradi va bu yerda uning tahlili amalga oshiriladi.
Inson yer yuzida hayot boshlangandan beri tashqi m uhitda bo'ladigan har turli o'zgarishlar, bo'hronlar, tabiiy ofatlar va boshqa har qanday o'zgarishlarga ko'nikib, unga moslashi J kelgan va shuning uchun ham u ilgaridan uni ta ’qib qilib kelayotgan tabiiy
omillarga, masalan, chang ta ’siriga, zaharli moddalar ta’siriga, issiq va sovuqqa qarshi yetarli ravishda kurash vositalarining reflekslari ta ’minlangan. Buni changli hududga tushib qolgan har qanday odam hech qanday ogohlantirishsiz u yerdan tezroq chiqib ketish yoki bu chang ta ’sirini kamaytirish imkoniyatini beradigan hoMIangan dastro'molni burniga tutib nafas yo'llarini changdan qisman bo‘lsa-da, muhofazalanish tadbiri ko‘riladi va boshqa yuqorida sanab o'tilgan xavfli omillar uchun ham xuddi shunday reflktor belgilar paydo boMgan. Lekin zamonaviy texnologiyalar natijasida hosil boMadigan xavfli omillarga insonda reflektor yechimlari hal qilinmagan. Masalan, elektr xavfi, elektromagnit maydonlari xavfi, har xil nurlanishlar, ayniqsa, yadro nurlanishlari inson uchun kutilmagan xavf manbasi hisoblanadi.
Demak, tashqi m uhitdagi har qanday o ‘zgarishlar haqidagi axborot bosh miyaga yetkazib beriladi va u yerda tahlil qilinib, qanday javob reaksiyasi boMishi ta’minlanadi. Bu javob reaksiyasida albatta inson hayotiga xavf solishi mumkin boMgan holatlardan chetlab o'tiladi, ya’ni uning zarbalar va halokatlardan saqlanish chora-tadbirlari ko'riladi. M asalan, tashqi muhit havosi harorati ko'tarilganda, agar bu butun tana haroratini ko'tarilishiga olib keladigan boMsa va bu inson organizmiga (bosh miyaga, ko'zga buyraklarga) zararli boMsa, bunga qarshi tezda chora ko'riladi, ya’ni harakat yo'nalishi bo'yicha salqinroq yerga o'tib ketiladi yoki ichki zaxiralar hisobiga, ya’ni ichki issiqlikni kamaytirish, issiqlik ajralishini ko'paytirish hisobiga boMishi mumkin.
Odamning tashqi m uhit bilan bog'lovchi sezgi organlarining tashqi muhit ta’siridan jumbushga kelishi holatlarini bir necha turkum ga bo'linadi:
— mexanik sezgilar, bular tashqi atroflicha ta ’sir ko'rsatuvchi um um iy tanaga suyak va pay to'qimalariga ta’sir ko'rsatilganda, teri va harakatlanish organlari va yurak-qon aylanish tizimlari xabarini bildiruvchi sezgilar hisoblanadi;
— issiqlik sezgilari, bu organizm ichki issiqligi va tashqi muhit issiqligini birdek ko'rsatadigan sezgi bo'lib, bular, shuningdek, ichki organlar sezgilarini va markaziy bosh miya qobig'iga joylashgan neyronlar sezgilarini ham o'zida mujassamlagan boMadi;
— kimyoviy sezgilar, bular kimyoviy birikmalar ta’siriga asoslangan sezgilar bo'lib, o'zida hid bilish va maza bilish sezgilarini mujassamlagan boMadi;
— foto sezgilar, bular yorugMik ta’sirida jumbushga keladigan sezgilar hisoblanadi;
og‘riq sezgilari, ular m a’lum turkumlarga bo'linib, ba’zi birlari mexanik og'riqlar sifatida, kimyoviy og‘riqlar va issig'lik ta’sirida vujudga keladigan sezgilar hisoblanadi.
Psixofiziologiya sinflanishiga asosan sezgilar: ko‘rish, eshitish, hid bilish, tam bilish, og‘riq sezgilari va inson tanasining fazodagi holatiga taalluqli bo'lgan sezgilar mavjudligi belgilanadi.
Sezgilar morfologiya jihatdan hujayralardan tashkil topgan bo'lib, unda harakatlanuvchi nerv tolasi bilan ta’minlanganligi sababli u nihoyatda sezgirligi kuchli bo'ladi. Masalan, foto sezgilar uchun 5—10 kvant yorug'lik yetarli bo'lsa, hid bilish sezgisi uchun moddaning bir molekulasi kifoya qiladi.
Sezgilarga jumbushga keltiruvchi m oddalarning ko'p vaqt ta ’sir qilishi, ularni bu moddaga moslashishi natijasida ularning sezish qobiliyatini kuchsizlantirib yuborishi mumkin. Ammo bu m odda birmuncha vaqt yo'q bo'lib qolsa, sezgi yangidan kuchayishi kuzatiladi. Sezgilarning moslashish bo'yicha biror qonuniyati yo'q . Lekin har xil sezgilar jumbushga keltiruvchi moddalarga yoki holatlarga moslashishi har xil ekanligi kuzatilgan. Sezgilar og'riq va kimyoviy sezgilarga umuman moslashmaydi.
Sezgilar tom onidan qabul qilingan m a’lumotlar nervlarda mujassamlanib, uni markaziy organlarga tahlil qilish uchun yuboriladi. Bu m a’lumotlar tahlildan keyin bajarish organlariga
yuboriladi. Ba’zi bir m a’lum otlar to'g'ridan -to'g'ri bajarish organlariga jo'natiladi. Bu so'zsiz tug'm a nasldan naslga o'tuvchi reflekslarga asoslangan sezgilar bo'lib bularga elektr toki va issiqlik yoki kimyoviy moddalar ta’siriga tushib qolgan taqdirda inson organizmida bo'ladigan reaksiya natijasida undan keskin chiqib ketish holatlarini ko'rsatish mumkin. Shuni ham ta’kidlash joizki, bunday so'zsiz reflekslar ham juda mukam m al ko'p kom ponentli reaksiyalardan tashkil topganligini unutm aslik kerak.
Jumbushga keltiruvchi moddalarning uzoq vaqt ta’siridan olingan tajriba asosida shartli reflekslar paydo bo'ladi.
Odam organizmida tavsif o'zgarishi tashqi muhit ta’sirining davomliyligiga bog'liq bo'ladi. M asalan, nafas olayotgan havo tarkibida kislorodning qisqa muddatli kamayishi tezroq nafas olish yo'li bilan va qon aylanishni tezlashtirish hisobiga organizmdagi kislorod tanqisligini bartaraf etadi. U zoq m uddat davom etadigan kislorod tanqisligini qoplashda (masalan, baland tog'larda) butunlay boshqa mexanizmlar ishga tushadi, qon tarkibidagi eritrotsidning miqdori ortadi va bu gemoglabinning kislorod bog liqligini o'zgartiradi va fermentlar aktivligini oshiradi.
Ko‘pincha tashqi sezgilarga organizmdagi o'zgarishlar bir necha sezgilaming birgalashib yuborgan m a’lumotlari asosida markaziy nerv tizim ining qaysi biriga asoslanganligiga chegara qo'yish imkoniyati deyarli yo'q. Masalan, engashib ishlayotgan odamga sezgilaming bir nechtasi ta’sir ko'rsatadi. Bulaming asosiy sezgi yo'nalishlari asosan ko'tarish va harakatlanish mexanizmlarini muvofiqlashtirishga asoslanganligi ma’lum.
Insonning ko'zi uning asosiy hayot kechirish omilida qanday mavqeni egallashini idrok etish mumkin. Ko'zning ko'rishi tashqi muhitning yoritilganligiga bog'liq bo'lib, odamning ko'zi 380-770 nm to'lqin tebranishlaridagi ko'rinadigan nurlarni ko'rish imkoniyatigi va buning natijasi sifatida ham m a narsani shu nur yorug'ligida ko'radi.
Eshitish vositasi quloq mukammal tuzilgan, tovush to'lqinlarning 16-20000 G s chegaradagi tovushlarni aynan eshitish imkoniyatini beradigan insonning yetti muchasidan biri hisoblanadi. Sezgi sifatida insonni kerakli m a’lumotlar bilan ta ’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi.
Hid bilish xususiyati har xil moddalarning hidini har xil sezish imkoniyatlari mavjud. Ba’zi bir moddalarning hidi nihoyatda oz miqdorda seziladi.
Hid bilish xususiyati inson uchun tashqi muhit bilan bog'lanish imkoniyatini yaratuvchi asosiy mujjalardan biri hisoblanadi. Ba’zi bir moddalarning hidini nihoyatda kam miqdorda bo'lsa-da, inson uni sezadi.
Tam bilish ham m uhim ahamiyat kashf etadigan maxsus sezgi sifatida ifodalanadi.
Sezish xususiyati odam da juda murakkab xususiyat bo'lib, bunda odamning tashqi muhit bilan bo'ladigan hamma muloqotlarini hisobga oladi. Bunda teri, pay-muskul birikmalari va shilimshiq m oddadan tashkil topgan odam tanasidagi ma’lum joylarda jumbushga kelish natijasida vujudga keladigan sezgi ifodasi hisoblanadi.
Teri inson tanasini o'rab turuvchi tashqi qatlam sifatida murakkab tuzilishga ega bo'lgan tuzilmadan iborat bo'lib, uning bajaradigan vazifalari hayot uchun juda muhim hisoblanadi. Teri odam tanasini tashqi m uhit ta’siridan saqlabgina qolmasdan, balki sezgi belgilarini va sezgi qabul qilgan axborotlarini yetkazish bilan birga yana hayot uchun zarur bo'lgan modda almashish jarayonini ham bajaradi va shuningdek, organizm issiqlik balansini tutib
turadigan termoregulatsiya jarayonida ham ishtirok etadi.
Terming asosiy vazifasi tanani saqlash. Demak, teri muhofazalovchi vosita sifatida m uhim rol o'ynaydi. Teri ostida m a’lum qavat yog‘ning bo'lishi tananing har xil urilish, turtilish, ma’lum kuch bilan ta’sir ko'rsatilganda, uning elastiklik xususiyati turtkilarni tanaga o'tmasligini ta’minlaydi. Terining ustki qatlam i terining chuqurroq qismlarini qurib qolishdan saqlaydi. Terining tashqi qismi va yog'simon qatlami kislota va boshqa o'yuvchi moddalar ta ’siriga chidamli. Terida m elanin pegmenti bo'lganligi sababli, u quyosh nurlari va ultrabinafsha nurlardan saqlaydi. Terining har xil mikroblarni zararsizlantirish va o'ldirish xususiyati muhim hisoblanadi. Terining tashqi qism idan kasallik tarqatuvchi mikroblar o'taolm aydi, chunki teri yuzasida paydo bo'ladigan ter moysimon m oddalar bilan qo'shilishi natijasida nordon m uhit paydo bo'adi. Bu muhofaza muhiti yog' va teri bezlarining birgalikdagi xizmatlari hisoblanadi. U larda shuningdek, m a’lum miqdorda yog' kislotalari ham ajralib chiqadi. Shuningdek, terining tashqi qismlarida ham oksidlanish jarayoni bo'lib turadi. Shuning uchun ham teri nafas oladi deb yuritiladi. Teri tarkibiga kislorodning kirib turishi teri kasalliklarini kelib chiqishini oldini oladi.
Terining yana bir muhim xususiyati uning organizm term ore-gulatsiyasida ishtirok etishidir. Issiqlik ajratishning deyarli 80% i teri orqali amalga oshiriladi. Atmosfera havosi isib ketsa, teri tarkibidagi qon tomirlari kengayadi va buning natijasida tashqi muhitga issiqlik ajralishi ortadi. Past haroratlarda aksincha teri tarkibidagi qon tomirlari torayadi, teri rangsizlanadi va issiqlik ajralishi kamayadi. Teri m a’lum m anoda organizmdagi m oddalar alnjashinuvi jarayonida ham ishtirok etadi. Ayniqsa, organizmdagi suv, mineral moddalar va karbonvodorodlaming almashinuv jarayonida terining xizmati beqiyos. U ni juda katta hajmdagi va qon tom ir sistemasiga boy va tanadagi ham m a ichki organlar bilan aloqada bo'lgan ulkan sekretsiya bezi sifatida qabul qilinishi mumkin. Teri bu tashqi bosh miya sifatida tinim bilmas sog'lik qo'riqchisi bo'lib, har doim markaziy bosh miyani har bir xavf-xatardan ogohlantiradi.
Demak, ko'rib o'tilgan sezgilaming hammasi inson organizmini hayot faoliyatini meyorida kechirishini ta’minlashga qaratilgan.
1.3. Inson faoliyatining asosiy turlari
Inson faoliyatining turli-tum an qirralari mavjud bo‘lib, har xil hududlarda yashovchilar uchun o‘ziga xos bo'lgan faoliyat turlari bo‘ladi. Bu faoliyat turlari eski zamonlardan beri har xil tarzda rivojlanib kelgan. M asalan, shaharlar hududida yashagan aholining faoliyat shakli qishloqlarda yashovchilar faoliyatidan ancha farq qilishi m a’lum.
Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, keyingi davrlarda aholining shaharlashish darajasi o'sganligi munosabati bilan va qishloqlarga zamonaviy texnika va texnologiyalar kirib kelishi natijasida bu tafovut kamayib bormoqda. Ba’zi bir rivojlangan davlatlarda bu tafovutlar deyarli yo‘qoldi deb aytish mumkin.
Shuning uchun ham inson faoliyatini hozirgi zamon taraqqiyotini hisobga olib, inson faoliyati ikkita turga: ya’ni jismoniy m ehnat va aqliy mehnat turlariga bo'lish mumkin. Bunday bo‘linish, albatta, birmuncha umumiy tarzda nisbiy bo'lsa ham, bunday bo‘lib qarash faoliyat turlariga baho berishda ancha yengillik tug‘diradi.
Inson jismoniy ish bajarganda uni o'z kuchi va qudrati asosida bajaradi, bunda uning butun tanasiga og'irlik tushadi, ya’ni paylari zo'riqadi va buning natijasida tanadagi harakatlanish, ko'tarish qobiliyati oshadi ham da hadeb zo'riqish natijasida umumiy jismoniy rivojlanish vujudga keladi va bu o‘z navbatida nafas olish, qon aylanish tizimlarining mustahkam va tekis ishlashini ta’minlaydi. Bu esa, o'z navbatida, uning organizmidagi ovqatlanish va modda almashish jarayonlarini yaxshilanishiga olib keladi. Jismoniy mehnat asosan yakka tartibda ishlovchi hunarmandlar va uncha katta bo'lmagan yer mulkiga ega bo'lgan dehqon xo'jaliklari uchun birmuncha samara berishi mumkin. Lekin boshqa sohalarda va ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy nuqtayi nazaridan va insoniyatning taraqqiyoti nuqtayi nazaridan bunday mehnat yaxshi samara berishi mumkin emas. Buning asosiy sababi iqtisodiy samaradorligi kam bo'lishi bilan birga jismoniy ish bajarilganda inson zo'riqib charchashi hisobiga yarmidan ko'p vaqti dam olishga sarf bo'ladi, bu esa mehnat samaradorligini o'sishiga yordam bermaydi.
Yana shuni ham ta ’kidlash kerakki, hech qachon va hech qayerda faqatgina jism oniy mehnat bilan shug'ullanish imkoniyati yaratilgan desa bu m ubolag'a bo'ladi, chunki har qanday ishni bajarishdan oldin uni rejasi tuziladi va bu aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan qo'shib olib boriladi demakdir.
asming ikkinchi yarmidan boshlab sanoat va qishloq xo'jaligida jismoniy mehnatni rolini kamaytirishga keskin kirishildi. Bu birinchi navbatda mexanizatsiyalashtirish asosida amalga oshirildi. Bu ishlami bajarish aqliy m ehnat qiluvchilaming sonini ko‘paytirishdan boshlandi. Bu esa o ‘z navbatida institutlar va universitetlar sonini ko'paytirishga olib keldi. Mexanizatsiyalashti rish, boshlang'ich davrlarda yaxshi natija beradi. Yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishi faqat mexanizatsiyalash bilan chegaralanib qolish foydali emasligi yangidan-yangi usullarni yaratish erasi boshlandi va bu davrda har xil uy-ro‘zg‘o r buyumlari va ko'plab yangidan-yangi maishiy buyumlarga ehtiyoj ortaboshladi. Bu albatta, buyumlami ko‘plab ishlab chiqarish kerakligini va rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan davlatlardagi maishiy m uhitni butunlay o‘zgartirish kerakligi sezila boshladi. Kompyuter texnologiyalarini yaratilishi bu ishlami bajarishdagi asosiy vositaga aylandi.
Kompyuter texnologiyalari faqatgina mexanizatsiyalashtirish ishlarinigina o‘z zimmasiga olib qolmasdan, butunlay katta-katta sexlarnigina emas, balki umuman fabrika zavodlami hamma texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratdi. Bu esa o‘z navbatida ko'plab ishchilarni jismoniy ish jarayonidan qutqardi.
Rivojlangan davlatlarda jismoniy m ehnatdan bo‘shagan ishchi kuchlarini yangi texnologiyalami o‘zlashtirishga jalb qilindi. Bundan tashqari, elektron sanoatini rivojlantirishda foydalanildi. Ko'pchiligi aqliy mehnat jabhasiga ishga o ‘tkazildi. Rivojlanayotgan davlatlar uchun bu jarayon og‘irroq kechdi, chunki ko'plab ishchilarni bo‘shatishga to‘g‘ri keldi va bu ishsizlar sonini oshishiga olib keldi. Ishchi kuchi arzonlashib ketdi. Bu esa yangi texnologiyaga va sarmoyaga ega bo‘lgan ko‘pgina ishbilarmon odamlarni bu yerga ko'p ishchi kuchi talab qiladigan yig‘ish sexlari va yig'ish konveyer liniyalarini olib kelinishiga sabab bo‘ldi. Bunda ishchilar jismoniy m ehnatdan xalos bo‘lgan bo'Isalar ham, uning o'rniga bir xil zerikarli va sur’ati baland bo'lgan ishlami bajarishlariga to'g'ri keldi.
Ko'rinib turibdiki, bu ish turlarini oshishiga olib keldi.
Endi aqliy mehnat bilan hayot faoliyati xavfsizligi o'rtasidagi bog'lanishlami ko'rib o'tamiz. Ma’lumki, aqliy mehnat bilan bajariladigan ishlar bu umumiy ma’lum otlam i to'plash va ularni ishlatish joylarini aniqlash uchun fikrni bir joyga to'plash hamda aqlni ishlatishni taqozo qiladi.
Bu odam uchun eng kerakli boMgan harakatlanishni chegaralaganligi sababli yurak qon-tom ir tizimining ishini ogMrlashtiradi va harakat cheklangan organizm faolligiga qarshilik ko'rsatadi, bu esa odam ni tushkinlikka tushishiga olib keladi va ish bajarilishiga ruhiy ta ’sir ko'rsatadi. Bunda fikrlash qobiliyati, eslash qobiliyati va m a’lum ot qabul qilish qobiliyatlari susayishi mumkin.
Hozirgi zamonaviy texnologiyalarda kelib, jismoniy mehnat deyish m um kin boMgan ishlar deyarfi yo'q. Shuning uchun umuman jism oniy ish deb belgilanadigan ishlarni quyidagi ish turlariga boMish mumkin: anchagina bilak kuchini ishlatib bajariladigan ishlar; mexanizatsiyalashtirilgan ishlar; sanoatda yarim avtomatlashtirilgan yoki to'liq avtomatlashtirilgan ishlar; ko'pchilik bilan bajariladigan ish turlari (konveyerlar); masofadan turib boshqarish yo'li bilan bajariladigan ish turlari; aqliy mehnat.
Hozirgi zam on texnika taraqqiyoti yuqori bosqichlarga ko'tarilgan boMishidan qat’i nazar, qo'l mehnati hali hamma jabhalarda yo'qolib bormoqda deb aytish ancha qiyin. Albatta qo'l kuchi bilan bajariladigan ishlar inson organizmi tomonidan ko'p miqdorda energiya sarflanishini talab qiladi. Bu ishlarni mexanizatsiyalashtirish esa ishchi kuchi sarflab ishlanadigan ba’zi jarayonlarni anchagina qiyinlashtirilgan programmalar asosida ishlashga olib keladi. Mexanizatsiyalashtirilgan sanoat korxonalarida endi qo'lning ham m a muskullari kuchi sarflanmasdan, balki qo'l uchlaridagi muskullarning ishlash faolligi ortadi. Chunki bunday sharoitda faqatgina mexanizatsiyalashtirilgan vositalarning boshqarish tugmalarinigina bosishga to'g'ri keladi va bu ishlar tez va aniq bajarilishini talab qilganligi sababli va bundan tashqari boshqarish mexanizmlarida bajarilayotgan ishlar murakkab boshqarish pultlarida amalga oshirilsa, bunda juda katta miqdordagi axborotlar majmuasidan foydalanilsa, bu ishlaming bir xilligi va doimo bir xil ishni qayta-qayta bajarish inson organizmida fikrlash qobiliyati susayadi, reaksiyasi tezligi pasayadi va juda tez toliqish boshlanadi.
Yarim avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonida odam bajarayotgan ishning tashqi tomonida faqat kuzatuvchi sifatida qatnashadi, chunki boshqa ishlov berish ishlarini mexanizmlar bajaradi. Bu yerda odamning asosiy vazifasi mashina bajara olmaydigan mayda-chuyda ishlarni bajarib, mashinaga xizmat ko'rsatish bo'lib qoladi: ishlov berilishi kerak boMgan materialni mashinaga o'rnatish, mexanizmni ishlatib yuborish, tayyor boMgan mahsulotni olish. Bu ishlardagi asosiy tavsif tomoni ishlarning doimo bir xilligi, ish bajarish tempi yuqoriligi, ishda tezkorlik va ijodiy yondashish masalalari yo'qotiladi.
Ish faoliyatining konveyer turida ish mayda-mayda bo‘lakchalarga bo‘linib, har bir bo'lakni bitta odam bajaradi va bunda kerakli mahsulotlar va detallar konveyer yordamida o‘sha ish bajarilayotgan joyga yetkazib beriladi. Bu ish turida ishning m a’lum ritmga rioya qilinishi va bu ritmning juda tez kechishi va har bir bajariladigan operatsiya aniq tartibni va ketma-ketlikni talab qilishi ishchidan maksimal diqqatni talab qiladi va bu ish turida iloji boricha konveyer tezligini saqlash talab etiladi. Bunda bir xil uncha katta bo‘lmagan operatsiya doimo takrorlanganligi sababli, ishchini tezda toliqishi va asab tolalarining tarang tortilishiga olib keladi va bu asabiy toliqish salbiy hodisalar kelib chiqishining asosiy omili hisoblanadi.
Ish bajarishning masofadan turib boshqarish turida ish bajaruvchi kishi m a’lum bir ishni bajarish uchun emas, balki umumiy texnologik jarayonning bir halqasiga aylanib qoladi. Bunda uning asosiy vazifasi pult yordamida texnologik jarayonga ta’sir ko‘rsatishga tayyor holatda bo‘lishni taqozo qiladi. Shuning uchun ishchi doimo biror bir vazifani bajarishga tayyor holatda bo‘lsa ham , uning umumiy fiziologik faoliyatida chegaralanish vujudga keladi. Demak, masofadan turib boshqarish vazifasini tez-tez texnologik jarayonga aralashib turilgandagina odam m a’lum darajada o‘z ishidan qoniqish hosil qiladi.
Aqliy mehnatni bir necha turkumlarga bo‘lib qarash maqsadga muvofiqdir. Bular: operatorlik ishlari, boshqarish, ijodiy, tibbiyot xodimlarining m ehnati, o'qituvchilar m ehnati, o ‘quvchilar va studentlar mehnati sifatida tavsiflanishi mumkin.
Masalan, operatorlik mehnati umumiy aqliy m ehnat turlari ichida kat^i mas’uliyat talab qiladigan va nihoyatda ko‘p miqdordagi m a’lumotlarni o'ziga jamlagan holda m a’lum yechimga kelishni talab qiladigan mehnat turi hisoblanadi. Bu albatta, inson organizmini asabiy zo‘riqishga olib keladi. M asalan, aviadis-pecherlarning mehnati haqida so‘z yuritsak, ularning qanchadan-qancha ma’lumotlarni hisobga olgan holda ayrim yechimga kelishi uchun vaqt chegaralangan holatda m a’um xulosaga kelish talab etilishi, albatta, katta mas’uliyat va qo‘yilgan vazifani aniq bajarishga intilish asabiy zo‘riqishga olib keladi.
Boshqaruvchi rahbar xodimlaming m ehnatini ham xuddi shu aviadispecherlar xizmatiga taqqoslash m umkin, chunki bularning mehnatida ham m a’lum bir korxonaning ish faoliyatidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hamma nosozliklarning oldini olish, odamlar, ya’ni ishchilar o ‘rtasidagi kelishmovchiliklar bilan bir qatorda texnologik jarayonlar ishini bir m arom da olib borish va
umumiy ish faoliyatini boshqarish qanchadan-qancha asabiy zo‘riqishlarga olib kelishini tasaw ur qilish mumkin. Bunda yana umumiy ishga javobgarlik hissi ham kelib qo'shiladi.
0 ‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ishida ham o'ziga xos xususiyatlar mavjud. Bular doimo odamlar bilan muloqotda bo‘ladilar. Ularga turli-tuman m a’lumotlar har lahzada kerak bo‘lib turadi va buning ustiga vaqt tanqisligi holatida aniq bir yechimga kelish kerakligi ularning mas’uliyat hissini oshirib yuboradi va bu o‘z navbatida asabiy va emotsional zo'riqish paydo bo'Iishiga olib keladi.
Ijodiy ish mehnat qilishning eng murakkab formasi hisoblanadi. Bu mehnatda, albatta, birinchidan katta bilim va yetarli darajadagi sohada bo'ladigan m a’lumotlar, fikrlash qobiliyati va eslash qobiliyati kabi asabiy zo'riqish paydo qiluvchi xodimlar: bular ilmiy xodimlar, konstruktorlar, yozuvchilar rassomlar va arxitektorlarning m ehnati hisoblanadi. Bunday mehnat turlari juda katta em otsional va asabiy zo'riqishlarni talab qiladi. Bunday m ehnat qiluvchilarda texnokardiya va qon bosimini oshishi, kislorodga organizm talabining oshishi, tana haroratining oshishi kabi funksional o'zgarishlar bo'lishi kuzatiladi.
Odamning ish jarayonida energiya sarflashi ishning og'ir-yengilligiga, ya’ni muskul energiyasini sarflashiga, ishga taalluqli bo'lgan m a’lumotlarning zarurligiga, emotsional zo'riqishning darajasi va boshqa sharoitlar (havoning harorati, nisbiy namiigi va havo harakati tezligi) ga ham bog'liq bo'ladi. Masalan, aqliy mehnat qiluvchilar (o'qituvchilar, tibbiyot xodimlar va muhandislar) ning bir kecha-kunduz davomida sarflagan energiyalari 10,5—11,7 MJ ni, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda va xizmat ko'rsatish jabhalarida ishlayotganlar 11,3—12,5 MJ ni va og'ir mehnat qilayotganlar esa 16,3—18 M J energiya sarflashi aniqlangan.
M ehnatda energiya sarflash mehnat qilish holatiga ham bog'liq bo'ladi. O 'tirib ish bajarganda umumiy energiya sarfiga nisbatan 5— 10% ortiq energiya sarflaydi. Tik turib ishlaganda 10-25%, majburiy nobop sharoitda esa 40—50% ortiq energiya sarflanadi. Aqliy mehnat qilish jarayonida bosh miya ishi uchun sarflanadigan energiya miqdori um um iy organizm sarfidan 15—20% ortiq bo'ladi (bosh miya hajmi tana hajmining 2% ini tashkil qiladi). Aqliy mehnat jarayonida sarflanadigan energiya miqdori odamning asab-emotsional holatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, o'tirib ovoz chiqarib o'qish jarayonida energiya sarfi 48% ga ortadi, ko'pchillikka ma’ruza qilgan vaqtda 94% ga ortadi va hisoblash mashinalari operatorlari sarflagan energiya hajmi 60—100% ga ortishi kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |