II.2. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari
Ishlab chiqarish milcroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi «Ish zonasi mikroiqlimi» ga asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan.
Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.
Ish toifalari quyidagicha belgilanadi: yengil jismoniy ishlar (1
toifa)—o'tirib, tik turib yoki yurish bilan bog'liq holda bajariladigan, biroq m untazam jismoniy, zo'riqish yoki yuklami ko'tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s)ni tashkil etadi. Bunga tikuvchilik korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.
O 'rtacha og'irlikdagi jismoniy ishlar (II toifa)—soatiga 9150—
250 kkal (172—293 J.s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og'ir bo'lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog'liq bo'lgan ishlar kiradi. Masalan, yigiruv-
to'qish ishlari, mexanik-yig'uv, payvandlash sexlaridagi ishlar shular jumlasidandir.
Og'ir jismoniy ishlar (III toifa) — m untazam jismoniy zo‘riqish xususan og‘ir yuklami (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va ko'tarish bilan bogiiq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 Js)dan yuqori bo'ladi. Bunday ishlar temirchilik, kuyuv va boshqa qator sexlarda bajariladi.
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan miqdorlar ko'rinishida normalanadi. Risoladagi miqdorlar deganda, odamga uzoq m uddat va muntazam ta’sir qilganda tashqi muhitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan organizm ning normal faoliyatini va
issiqlik holatini saqlashini ta ’minlaydigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisi tushunilib, ular issiqlik sezish mo'tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan mikroiqlim sharoitlari-organizm ning faoliyatini va issiqlik holatdagi o'zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaksiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez norm aga soladigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisidir. Bunda sog'liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nom o'tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin.
1,2,3-jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan normalari keltirilgan. Doim iy ishlarda 1-jadvalda
keltirilgan miqdorlar ta’minlanishi lozim, ular havoni mo'tadillashtirishda ham majburiydir. Biroq qator hollarda, masalan, issiqlik ko'p ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarining hajmi katta metallurgiya, mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo'l qo'yiladigan normalarga (1,2-jadval) asoslanishi mumkin, biroq mehnat va dam olish rejimlariga qo'yiladigan gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga qaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur.
Normalarda organizmning tashqi m uhitga moslashish faqat tashqi sharoitlarga emas, balki m ehnatning og'ir-yengilligiga bog'liq holda o'zgarib turadigan issiqlik hosil qilishi miqdoriga aloqadorligi ham hisobga olinadi. Shunga ko'ra yengil ishlarda, o'rtacha og'irlikdagi va og'ir ishlarga qaraganda, havoning
birmuncha yuqori haroratlarda va harakatining birmuncha kam tezlikda bo'lishi qabul qilingan. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan normalar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga o ‘tish davrlarida (tashqi havoning) o'rtacha kundalik harorati-10 °C dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (1 -jadval) birm uncha katta raqamlarda o‘zgarib turishi, yilning issiq paytida esa (2-jadval) sexlar havosining oshgan harorati (ayniqsa, 0 ‘rta Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin boMgan sexlarda) issiqlikning aniq ortiqcha boMishini ko‘zda tutadi. Bu tashqi muhitining issiq boMishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yo‘qotishni qiyinligi bilan bogMiq.
Biroq bu holda ham normalar yoM qo'ysa boMadigan maksimumni chegaralaydi. Issiqlik ajralishi yuqori boMgan sexlarda havoning harakat tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi.
GOST12-1.005-76 da xonalaming katta-kichikligi, issiqlik va namlik ajratilishining birga uchrashi, doimiy harorat yoki harorat va namlik kabilam i sun’iy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan qator qo'shim cha tavsiyalar va aniqliklar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |