50
zilzilasi 110 ming kishini nobud bo‘lishiga, shaharni esa 98 %
vayronaga aylanishiga olib keldi. Buni tasavvur etish uchun
o‘sha vayronalar oqibatini tugatishda bevosita ishtirok etgan
guvohlarning so‘zlarini keltirishning o‘zi kifoya. «Shaharni
bunday vayronaga aylantirish uchun 500 ta bombardimonchi
samolyot kamida 6 oy davomida tinimsiz bombardimon qilish
kerak», degan edi.
56
Armanistonda yuz bergan zilzila oqibatini o‘sha davrdagi
gazetalardan birida shunday eslashgan edi. «Kishi dahshatdan
yoqa ushlaydi. Bir tomonda tobut, bir
tomonda vayronalar
oqibatida halok bo‘lgan mayitlar, bir tomonda esa non va suv.
Mamlakatimiz rahbari I. Karimov o‘zining «O‘zbekiston
XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari» nomli kitobida mintaqamizdagi seysmik
jarayonlar va ularning xavfi haqida alohida qayd etib o‘tgan edi.
Bu esa zilzilalar va ularning sabablarini va undan
muhofazalanishni o‘rganishni talab etadi.
Zilzila sodir bo‘lgan joy zilzila o‘chog‘i deyiladi. Shu
o‘choqning markazi giposentr, uning yer yuzidagi proeksiyasi
(aksi) episentr, deyiladi. Giposentr bilan episentr o‘rtasidagi
masofa zilzilaning chuqurligi, deb nomlanadi.
Zilzilalar chuqurligi yer sathidan 700
– 750 km gacha bo‘lgan
chuqurlikkacha yuz beradi. Shu sabab zilzila chuqurligiga
qarab ular uch guruhga bo‘linadi. Bular: qobiq zilzilalar – yer
sathidan 70 km chuqurlikkacha bo‘lgan masofada, qobiq osti
yoki oraliq zilzilalar 70 dan 300 km gacha, chuqur fokusli
zilzilalar 300 km dan 700
– 750 km gacha bo‘lgan chuqurlikda
yuz beradi. Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari,
shuningdek, O‘zbekistonda yuz beradigan silkinishlar qobiq
zilzilalar guruhiga kiradi. Zilzilaning yer ustida namoyon bo‘lish
quvvati ball bilan o‘lchanadi. Zilzila kuchi ball bilan
ifodalanganda uning chuqurligi mutlaqo hisobga olinmaydi.
Uning yer ustida namoyon bo‘lishigagina ahamiyat beriladi.
Shuning uchun ball bilan energiya o‘rtasida to‘g‘ri chiziqli
bog‘lanish yo‘q. Masalan, bir xil energiyaga ega bo‘lgan
zilzilan
ing chuqurligi 20 km da bo‘lsa u 6 ballga teng bo‘ladi,
xuddi shuncha energiyaga ega bo‘lgan zilzila o‘chog‘i 8-10 km
da bo‘lsa, 7-8 ball kuch bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
51
Zilzilalar kuchini talqin etishda o‘ziga xos muammolar ham
yo‘q emas. Masalan, biron-bir joyda yuz bergan zilzila haqida
«Rixter shkalasi bilan 5 ball bo‘ldi» degan xabar quloqqa tez-tez
chalinadi. Qachonki, Rixter shkalasi bilan zilzila kuchi
aytilayotganda «ball» so‘zi ishlatilmaydi. «Ball» so‘zi MShK
shkalasida ishlatiladi, xolos. Shu bilan birga Rixter shkalasi
57
bilan zilzila talqin etilganda uning eng katta kuchi 9 ga teng
hisoblanadi.
MShK shkalasi esa 12 ballga teng. Shu sabab, Rixter
shkalasida «magnituda» jumla qo‘shib ishlatiladi. Rixter shkalasi
bo‘yicha magnitudasi 9 ga teng bo‘lgan zilzila MShK shkalasi
bo‘yicha 12 ballga teng hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: