Qon ketishi va qon yo‘qotish
Qon ketishi, deb qon tomirlarining mexanik shikastlanishi,
ularning patologik holati yoki qon ivish sistemasining buzilishi
natijasida, qon tomirlaridan tashqi muhitga, atrof to‘qimalariga
63
va ichki bo‘shliqqa qon chiqishiga aytiladi.
Qon ketish ko‘pincha – to‘qima va organlarga mexanik ta’-
sir etish natijasida ro‘y beradi (tabiiy ofat, urush, transportdan
shikastlanish, xirurgik operatsiyalar ta’sirida). Katta qon tomiri
shikastlansa, shikastlangan kishining hayoti xavf ostida qoladi.
Qon ketishning boshqa sabablaridan yana biri, qon tomiri
devorining patologik holati bo‘lib, bu uning tarkibi shikastlanishi
natijasida sodir bo‘ladi. Qon tomiri devorining tarkibi
shikastlanishi esa tomirlar yoki atrof to‘qimalarning kasallanishi
sababli yuz berib, ateroskleroz,
yiringli infeksiya, spetsifik yallig‘
lanish, o‘sma va nekroz kasalliklari qon tomirlarining anatomik
buzilishiga olib keladi.
Qon ketish klassifikatsiyasi (tasnifi)
Qon ketib, uning tomirdan tashqariga tarqalishi quydagicha
bo‘ladi: qonning tashqi muhitga erkin ketishi; tana bo‘shlig‘iga
yoki anatomik bo‘shliqqa ketishi; diffuzion qon ketishi;
70
to‘qimalarning qonga shimilishi; faqat to‘qimalarda cheklanib
yig‘ilgan qon.
Shikastlangan qon tomirning anatomik tuzilishi va fiziologik
holatiga qarab, arterial, venoz, aralash, kapillyar va parenximatoz
qon ketishi mumkin.
Arterial qon ketishida shikastlangan tomirdan fontanga
o‘xshab, qon oqadi. Agar katta arteriya tomiri shikastlangan
bo‘lsa, bunda vijillagan ovoz bilan qon ketadi. Qon ketish hajmi
va tezligi qon-tomirning katta kichikligiga, arteriya bosimiga,
qon tomirining shikastlanish darajasiga bog‘liq. Magistral arteriya
ko‘ndalangiga yorilganida unda ko‘p qon ketadi. Ko‘p qon
ketganda qo‘l-oyoq ishlamay qolishi, hatto bemor o‘lishi
mumkin.
Kichi
k va o‘rta kalibrli arteriyalardan ketgan qon – qon
tomiri o‘rta o‘rami, markaziy va tashqi shikastlangan tomir
devorlari, dumaloq va uzun mushaklarning spastik qisqarishi
natijasida o‘z-o‘zidan to‘xtab qolishi mumkin.
Venoz qon ketishda yig‘ilgan, kislorodga to‘yinmagan qon
rangi qora tusli bo‘lib, tomir urmaydi, yaradan qon kam, qon
tomirining tashqi qismidan esa qon ko‘p ketadi. Bo‘yin yoki
ko‘krak qafasi venoz qon tomirlarning shikastlanishi havo
emboliyasi
– qon tomiriga havo kirib qolishi bilan xavflidir,
64
bunda kichik qon aylanishida xatarli o‘zgarish bo‘lib, bemor
nobud bo‘lishi mumkin. Venoz qon ketishi, ayniqsa mayda va
o‘rta venalar shikastlanganda uncha xavfli emas, agar qon
bosimi kam bo‘lsa, qon sekin oqishi, ikkinchi bosqichda pastga
tushadigan qon tomiri devorida qonning quyilib qolishiga
sababchi bo‘ladi.
Arteriya va vena qon tomirlarining alohida shikastlanishi
kam uchraydigan hodisa hisoblanib, ko‘pincha qon ketishda, bir
vaqtning o‘zida ham arteriya, ham vena tomirlari shikastlanadi.
Kapillyar qon ketishi
– teri shilliq qavati, mushak yuzi
shikastlanganda, teri qirilganda shilliq qavati chaqa bo‘lib,
uning yuzidagi kapillyarlardan qon «oqib» turadi, qon ketish o‘z
-
o‘zidan to‘xtaydi. Agar qon ivishi buzilgan bo‘lsa, kapillyar
qon oqishi
hayot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.
71
Jigar, me’da osti bezi, buyraklar jarohatlanganda shikastlangan
kichik qon tomirlaridan, parenximatoz organlardan qon
ketadi, bu qon ketish biriktiruvchi to‘qimalar orasida, qon
tomirlarining qisqarishi qiyin bo‘lgan yerda bo‘lganligi sababli,
yo‘li ochiq bo‘lib, qon ketishining o‘z holicha to‘xtashi
qiyinlashadi.
Klinik holatga qarab tashqi, ichki va yashirin qon oqish farq
qilinadi.
Tashqi qon ketishda qon tashqi muhitga oqib chiqadi.
Tashqi qon ketish ko‘proq bo‘yin, qo‘l-oyoq va boshda kuzatiladi.
Ichki organlarning shikastlanishi kam uchraydi (buyraklar,
oshqozon osti bezi va boshqalar). Lekin bunday shikastlanishda
yara kanali orqali tashqariga ko‘p qon ketadi, ichki organlar
shikastlanganda yara yiringlashi mumkin, chunki tashqi muhit
bilan bog‘laydigan yara kanali orqali o‘tadigan patogen
mikroblar va qon iviqlari yaraga infeksiya tushirishi mumkin.
Ichki qon ketish shikastlangan qon tomirlaridan bo‘shliqqa,
oraliqqa, ichki organlar joyiga va uning atrofiga tarq
alish yo‘li
bilan namoyon bo‘ladi. Shikastlangan qon tomiridan ichki
organlar yoki plevra bo‘shlig‘iga qon ketish haddan tashqari
katta bo‘ladi, shuning uchun o‘zidan o‘zi to‘xtashining iloji
yo‘q, chunki qon tomirini bosish mumkin emas, katta anatomik
haj
m ichki bo‘shliq bosimining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bundan tashqari qorin va o‘pka pardasi bo‘shliqlaridagi
65
to‘plangan qon fibriondan mahrum bo‘ladi va ivish qobiliyatini
yo‘qotadi. Katta hajmga ega bo‘lmagan anatomik bo‘shliqlarda
(bo‘g‘im) ko‘pchilik holatlarda bo‘shliq ichiga anatomik
cheklangan a’zolarida (diafragma tepasi, kichik tosda, charvi
xaltasida) o‘z-o‘zidan qon ketishi to‘xtaydi, chunki u yerlarda
xaltachasimon gematoma shakllanishi bilan cheklangan qon
yig‘ilishi uchun sharoitlar yaratiladi, ba’zida ko‘p qon quyilishi
mumkin. Qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlanganida parenximatoz
organlarining (jigar, taloq, buyraklar) qobig‘i yorilishi mumkin.
Ichki qon ketish katta hajmda bo‘lsa, aniq belgilar(terining
oqarishi arteriya, qon bosimining pasayishi, tomirning tez
urishi, nafas olishning qiyinlashishi, gemoglobinning kamayishi,
72
eritrotsitlar sonining kamayishi) umumiy anemiya kasalligining
klinik belgilari bilan xarakterlanadi.
Yashirin qon ketishning tashqi va ichki qon ketishlaridan
farqi shuki, yashirin qon ketishida klinik holatning noaniq
hollari sodir bo‘ladi: bu «tushunib bo‘lmaydigan» kamquvvatlik,
tez charchab qolishlik, bosh aylanishi, ko‘z oldining
qorong‘ilashishi
va boshqalar bilan kechadi. Ichak-
oshqozon bo‘shlig‘iga
qon tushsa u jigarrang tusga kiradi, ya’ni qondagi gemoglobin
moddasi oshqozon shirasining ta’sirida ushbu rangni beradi.
Agar qon oshqozonga yoki ichakka o‘tsa axlat qorayib ko‘mir
rangiga aylanadi, bu esa yashirin qon ketishining ishonarli
belgilarida
n hisoblanadi. Buyrak, siydik yo‘li, siydik qopi
shikastlanishi qon ketishi bilan kechsa, qon siydikda bo‘ladi.
Odatda yashirin qon ketishini aniqlash uchun qo‘shimcha
tekshirish usullari (labaratoriya, rentgen, asboblar, radioizotop,
morfologik va boshqal
ar) lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |