Hayot faoliyati



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/118
Sana29.05.2022
Hajmi1,36 Mb.
#617033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
Hayot faoliyati

Tabiat va tabiat 
boyliklarini 
muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (MSOP)dir. 
Suvlik, ya’ni 
dengiz muhitini xalqaro-huquqiy muhofaza qilish, 
odatda umumbashariy va mintaqaviy darajalarda olib boriladi. 
Universal bitimlar ichida eng muhimlari quyidagilardir: 
birinchidan, 
Dengizni neft bilan ifloslantirishning oldini 
olish bo‘yicha London konvensiyasi (1954-yil, o‘zgartirishlar 
bilan 1958-yilda kuchga kirdi); 
ikkinchidan, 
Dengizni chiqitlar va boshqa materiallar bilan 
ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha konvensiya (1972-yilda 

tuzilgan va shu yili kuchga kirgan). Ushbu Konvensiya dengizda 
har qanday ekologik zararli bo‘lgan moddalarni ko‘mishni tartibga 
soladi. Bunday hodisalar oqibatlarini tugatish maqsadida 
1969-
yilda Ochiq dengizda neft bilan ifloslantirishga sabab bo‘- 
ladigan avariyalarga (falokatlarg
a) aralashish to‘g‘risidagi Brussel 
konvensiyasi qabul qilindi (1975-yildan kuchga kirgan). 
O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini 
olish borasida dunyodagi nufuzli tashkilotlar bilan birga xorijiy 
davlatlarning hukumat idoralari bilan ham yaqindan hamkorlik 
ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 1992-yilning noyabr oyidan 
boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat va fan-texnika qo‘- 
mitasi (hozirgi Fan va texnologiyalar markazi) taklifiga binoan 
Toshkentga Germaniya tabiiy ofatlar oldini olish IDNDR 
qo‘mitasi, 1998-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi 
Favqulodda 
vaziyatlar vazirligi tomonidan Nemis xalqi taraqqiyoti 
jamg‘armasi va Favqulodda vaziyatlarda rejalashtirish va fuqaro 
muhofazasi akademiyasi bilan aloqalar o‘rnatildi. 
Mustaqillik 
yillari, ayniqsa O‘zbekistonda Favqulodda vaziyatlar 



vazirligi hamda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini 
olish va harakat qilish davlat tizimi shakllantirilgandan so‘ng 
boshqa davlatlar bilan har tomonlama hamkorlik ishlarini olib 
borish ishlari jadal 
rivojlandi. O‘zbekiston Jahon Sog‘liqni 
saqlash tashkiloti tomonidan barqaror epidemiologik vaziyati 
saqlanib qolgan mamlakat, deb e’tirof etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi 2008-yilda qarorgohi Parijda joylashgan 
«Xalqaro epizootiya byurosining sertifikati» bilan taqdirlandi. 
Ushbu hujjatga muvofiq, O‘zbekistonga sayyoramizning 
ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan va katta iqtisodiy 
zarar yetkazayotgan qoramol o‘lati kabi infeksiyadan xoli 
mamlakat 
maqomi berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1996- 
yilning 4-
martida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi 
farmoni favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etishga huquqiy 
asos bo‘ldi. Bu vazirlik Mudofaa vazirligi tarkibida bo‘lgan 
«Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi» 
negizida 
tashkil etildi. 

2011-yilning 24-avgustidagi 242-
sonli «O‘zbekiston Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat 
qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish 
to‘g‘risida» qarori 
qabul qilindi. Bu qarorga ko‘ra O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’- 
limi muassasalarida «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanini o‘qitish 
asosiy vazifa qilib belgilandi. 
Unda «Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasbhunar 
kollejlari hamda 
oliy o‘quv yurtlarida, ishlab chiqarish va 
turar joylarda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga 
o‘rgatish umumiy va majburiydir» deyilgan. 
Ma’lumki, respublika iqtisodiyotida gidrotexnik inshootlarning 
o‘rni beqiyos. Biroq, gidrotexnik inshootlardan unumli 
foydalanish, buzilishlarini oldini olish, tozalash, ta’mirlash va 
shu kabi ishlarni amalga oshirish, aholi va obyektlar xavfsizligini 
ta’minlash davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan asosiy masalalardan 
biri hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Gidrotexnik inshootlar xavfsizligi 



to‘g‘risida» gi qonuni bu boradagi huquqiy asoslardan 
bo‘lib, uning 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining, 5-moddasida mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining gidrotexnik inshootlar xavfsizligini 
ta’minlash 
borasidagi vakolatlari belgilab berildi. Bu kabi inshootlarning 
xavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat olib borish O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida 
muhim suv xo‘jaligi obyektlari texnik holatini hamda bexatar 
ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga berildi. Ushbu 
maxsus vakolatli organning gidrotexnik inshootlari xavfsizligi 
bo‘yicha ko‘rsatmalari tarkibida gidrotexnik inshootlar bo‘lgan 
korxona, muassasa va tashkilotlar uchun majburiy ekanligi 
qonunda o‘z aksini topgan. 
1999-
yilda aholi va xalq xo‘jaligi obyektlarini texnogen va 
tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida 
qator qonunlar qabul qilingan bo‘lsa, 2000-yilning 26-mayida 
«Harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar 
oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi 
aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza 
qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat 

tizimi» vakolatlari, fuqarolarning huquq va majburiyatlarini 
belgilab bergan O‘zbekiston Respublikasining «Fuqaro 
muhofazasi 
to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilindi. Qonunning 2- 
moddasida «Fuqaro muhofazasi vazifalari» ko‘rsatib berildi. 
Qonunga ko‘ra: 
- aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu 
harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish 
harakatlari va usullariga tayyorlash; 
- boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, 
rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish; 

xalq xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash 
yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish; 
- aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joyga 
evakuatsiya qilish; 

fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalari shayligini ta’minlash; 
- aholini umumiy va yakka himoyalanish vositalari bilan 
ta’minlash tadbirlariini o‘tkazish; 



- aholini harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu 
harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash; 
- radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish 
va laboratoriya nazorati olib borish; 

qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni 
o‘tkazish; 
- harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar 
oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga 
qo‘yish, saqlab qolish va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan 
boshqa tadbirlarni amalga oshirish»dan iborat, deb belgilandi. 
Qonunning ikkinchi qismi 6-12-moddalarida «Fuqaro 
muhofazasiga 
rahbarlik qilish, davlat organlari va tashkilotlarining 
fuqaro muhofzasi sohasidagi vakolatlari» ko‘rsatib o‘tilgan. 
Qonunning 6-
moddasida mamlakat bo‘yicha fuqaro muhofazasiga 
umumiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga, Respublikada fuqaro muhofazasini boshqarish 
O‘zbekiston Respublikasi FVV ga yuklatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrida qabul 
qilingan «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonunida bu boradagi 

qator yo‘nalishlar aniq ko‘rsatib berilgan bo‘lib, ulardan biri – 
tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni 
e’tiborga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini 
ta’minlashdan iborat edi. 
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, 
muvofiqlashtirish va bajarish uchun qator tashkilotlar tuzilgan 
va ular faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan xalq xo‘jaligida-Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi 
O‘zbekiston davlat standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish markazi («O‘zdavstandart»); 
Loyihalashtirish va konstruksiyalashni o‘z ichiga olgan qurilish, 
sanoat qurilish yo‘nalishi bo‘yicha – Arxitektura va qurilish 
bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Davarxitektqurilish); 
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni 
ifloslanish hamda boshqa zararli harakatlardan qo‘riqlash 
borasida 
Tabiatni qo‘riqlash davlat qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 
O‘tgan davr mobaynida, ya’ni 1996–2000-yillarda turli 
tusdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida huquqiy 



asoslarni yaratish jaryoni umumiy-tashkiliy xarakterga ega 
bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yildan so‘ng qabul qilingan bu yo‘nalishdagi 
qonunlar alohida sohalardagi munosabatlarni tartibga soladi. 
Masalan, 2006-yil 26-sentabrdagi «Xavfli ishlab chiqarish 
obyektlarining 
sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunini ko‘rish 
mumkin. 
Qonunda sanoat xavfsizligi talablari, ya’ni xavfli ishlab 
chiqarish obyektini loyihalash, qurish va foydalanishga qabul 
qilib olishga oid; 

bunday obyektdan foydalanishga oid; 

ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qo‘yiladigan; 

xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib 
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha 
harakatlarga tayyorgarlik 
ko‘rishga oid talablar va bu talablar 
ustidan davlat nazoratini o‘rnatish belgilab berilgan. 
Qonunda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat 
xavfsizligini ta’minlash, avariya holatlarini o‘rganish komissiyasi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tuzilishi belgilangan. 
10 
Umuman olganda mustaqillik yillarida mamlakat xavfsizligini 
ta’minlash, ya’ni uning tarkibiy qismi bo‘lgan turli 
tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular xavfi va 
oqibatlarini kamaytirish, insonlar 
nobud bo‘lishiga yo‘l 
qo‘ymaslik maqsadida mamlakatda o‘ziga xos huquqiy-me’yoriy 
asos shakllantirildi. Bu qonunlar va qonunosti hujjatlari 
gumanistik xarakterga ega bo‘lib, ularda milliy mentalitet, 
dunyo qarash, xalqaro huquq tamoyillari chuqur singdirilgan. 
Chunki, bu soha jahon hamjamiyati tomonidan yangi qonunlar 
yaratishni, uni hayotga tatbiq etish borasida o‘ziga yangi tizim 
yaratishni talab etdi. Bu borada O‘zbekiston o‘ziga xos yangi 
tizim yarata oldi va uning ishlash mexanizmini hayotga joriy 
etdi
. Aynan shu tizim mamlakatda ko‘plab favqulodda 
vaziyatlarning 
oldini olmoqda, shuningdek, tabiiy tusdagi favqulodda 
vaziyatlarda chet el mamlakatlariga o‘zaro yordam ham 
ko‘rsatib kelmoqda. 
«Hayot faoliyati xavfsizligi» o‘quv fanining akademik litsey 



va kasb-
hunar kollejlarida o‘qitilishi dunyoda yuz berayotgan 
turli tusdagi favqulodda vaziyatlarni o‘quvchi bilishi, ular xavfini 
oldindan aniqlash, yuz berganda muhofazalanish usullarini 
o‘rganishi, to‘g‘ri harakat qilishni tashkil etishi hamda atrofdagi 
yordamga muhtoj kishilarga yordam berishi, ularni xavfli 
hududlardan olib chiqib ketishi, birinchi tibbiy yordam berishi, 
shuningdek, bunday xavflardan moddiy boyliklarni muhofaza 
eta olishiga qaratilgan. 
Bugun yuz berayotgan turli tusdagi favqulodda vaziyatlarda 
inson omilining ham o‘rni katta ekanligini anglagan holda, 
tabiatga beparvolik bilan bo‘layotgan munosabat, o‘z kasbining 
bilimdoni emasligi, mas’uliyat hissini shakllanmaganligi, 
loqaydlik kabi illatlarning o‘rni katta ekanligini tushunib 
oli
shlari kerak bo‘ladi. 
Xulosa qilib aytganda, ushbu fanni o‘rgatishda asosiy e’tibor 
shaxsiy va jamoat xavfsizligi asoslarini o‘rgatish, xavfli vaziyatlarni 
ko‘ra bilish, uni baholash hamda favqulodda vaziyatlarda 
uyda, ko‘chada, jamoat transportida bajarilishi kerak 
bo‘lgan xatti-harakatlarni o‘rgatishga, fanni o‘qitish mobaynida 
har bir o‘quvchi ongida o‘z-o‘zini va jamoat a’zolarini muhofa
11 
zalash stereotiplarini tarkib toptirish asosiy maqsad qilib qo‘- 
yildi. Shunga binoan: 

ta’lim oluvchilarda favqulodda vaziyatlarda o‘z hayotini, 
sog‘lig‘ini himoya qilishni o‘rgatishga oid bilimlar berish; 

favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularning talofotlarini 
bartaraf etishni o‘rgatish; 

favqulodda vaziyatlar natijasida shikastlanganda o‘z-o‘ziga 
va o‘zaro yordam berish yo‘llarini o‘rgatish; 

xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, baholash va 
ulardan muhofazalanish yo‘llarini topishni o‘rgatish masalalari 
fan mohiyatini tashkil etadi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish