Hayot faoliyati


Qon ketishi va qon yo‘qotish



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/118
Sana29.05.2022
Hajmi1,36 Mb.
#617033
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118
Bog'liq
Hayot faoliyati

Qon ketishi va qon yo‘qotish 
Qon ketishi, deb qon tomirlarining mexanik shikastlanishi, 
ularning patologik holati yoki qon ivish sistemasining buzilishi 
natijasida, qon tomirlaridan tashqi muhitga, atrof to‘qimalariga 


63 
va ichki bo‘shliqqa qon chiqishiga aytiladi. 
Qon ketish ko‘pincha – to‘qima va organlarga mexanik ta’- 
sir etish natijasida ro‘y beradi (tabiiy ofat, urush, transportdan 
shikastlanish, xirurgik operatsiyalar ta’sirida). Katta qon tomiri 
shikastlansa, shikastlangan kishining hayoti xavf ostida qoladi. 
Qon ketishning boshqa sabablaridan yana biri, qon tomiri 
devorining patologik holati bo‘lib, bu uning tarkibi shikastlanishi 
natijasida sodir bo‘ladi. Qon tomiri devorining tarkibi 
shikastlanishi esa tomirlar yoki atrof to‘qimalarning kasallanishi 
sababli yuz berib, ateroskleroz, 
yiringli infeksiya, spetsifik yallig‘ 
lanish, o‘sma va nekroz kasalliklari qon tomirlarining anatomik 
buzilishiga olib keladi. 
Qon ketish klassifikatsiyasi (tasnifi) 
Qon ketib, uning tomirdan tashqariga tarqalishi quydagicha 
bo‘ladi: qonning tashqi muhitga erkin ketishi; tana bo‘shlig‘iga 
yoki anatomik bo‘shliqqa ketishi; diffuzion qon ketishi; 
70 
to‘qimalarning qonga shimilishi; faqat to‘qimalarda cheklanib 
yig‘ilgan qon. 
Shikastlangan qon tomirning anatomik tuzilishi va fiziologik 
holatiga qarab, arterial, venoz, aralash, kapillyar va parenximatoz 
qon ketishi mumkin. 
Arterial qon ketishida shikastlangan tomirdan fontanga 
o‘xshab, qon oqadi. Agar katta arteriya tomiri shikastlangan 
bo‘lsa, bunda vijillagan ovoz bilan qon ketadi. Qon ketish hajmi 
va tezligi qon-tomirning katta kichikligiga, arteriya bosimiga, 
qon tomirining shikastlanish darajasiga bog‘liq. Magistral arteriya 
ko‘ndalangiga yorilganida unda ko‘p qon ketadi. Ko‘p qon 
ketganda qo‘l-oyoq ishlamay qolishi, hatto bemor o‘lishi 
mumkin. 
Kichi
k va o‘rta kalibrli arteriyalardan ketgan qon – qon 
tomiri o‘rta o‘rami, markaziy va tashqi shikastlangan tomir 
devorlari, dumaloq va uzun mushaklarning spastik qisqarishi 
natijasida o‘z-o‘zidan to‘xtab qolishi mumkin. 
Venoz qon ketishda yig‘ilgan, kislorodga to‘yinmagan qon 
rangi qora tusli bo‘lib, tomir urmaydi, yaradan qon kam, qon 
tomirining tashqi qismidan esa qon ko‘p ketadi. Bo‘yin yoki 
ko‘krak qafasi venoz qon tomirlarning shikastlanishi havo 
emboliyasi 
– qon tomiriga havo kirib qolishi bilan xavflidir, 


64 
bunda kichik qon aylanishida xatarli o‘zgarish bo‘lib, bemor 
nobud bo‘lishi mumkin. Venoz qon ketishi, ayniqsa mayda va 
o‘rta venalar shikastlanganda uncha xavfli emas, agar qon 
bosimi kam bo‘lsa, qon sekin oqishi, ikkinchi bosqichda pastga 
tushadigan qon tomiri devorida qonning quyilib qolishiga 
sababchi bo‘ladi. 
Arteriya va vena qon tomirlarining alohida shikastlanishi 
kam uchraydigan hodisa hisoblanib, ko‘pincha qon ketishda, bir 
vaqtning o‘zida ham arteriya, ham vena tomirlari shikastlanadi. 
Kapillyar qon ketishi 
– teri shilliq qavati, mushak yuzi 
shikastlanganda, teri qirilganda shilliq qavati chaqa bo‘lib, 
uning yuzidagi kapillyarlardan qon «oqib» turadi, qon ketish o‘z 
-
o‘zidan to‘xtaydi. Agar qon ivishi buzilgan bo‘lsa, kapillyar 
qon oqishi 
hayot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. 
71 
Jigar, me’da osti bezi, buyraklar jarohatlanganda shikastlangan 
kichik qon tomirlaridan, parenximatoz organlardan qon 
ketadi, bu qon ketish biriktiruvchi to‘qimalar orasida, qon 
tomirlarining qisqarishi qiyin bo‘lgan yerda bo‘lganligi sababli, 
yo‘li ochiq bo‘lib, qon ketishining o‘z holicha to‘xtashi 
qiyinlashadi. 
Klinik holatga qarab tashqi, ichki va yashirin qon oqish farq 
qilinadi. 
Tashqi qon ketishda qon tashqi muhitga oqib chiqadi. 
Tashqi qon ketish ko‘proq bo‘yin, qo‘l-oyoq va boshda kuzatiladi. 
Ichki organlarning shikastlanishi kam uchraydi (buyraklar, 
oshqozon osti bezi va boshqalar). Lekin bunday shikastlanishda 
yara kanali orqali tashqariga ko‘p qon ketadi, ichki organlar 
shikastlanganda yara yiringlashi mumkin, chunki tashqi muhit 
bilan bog‘laydigan yara kanali orqali o‘tadigan patogen 
mikroblar va qon iviqlari yaraga infeksiya tushirishi mumkin. 
Ichki qon ketish shikastlangan qon tomirlaridan bo‘shliqqa, 
oraliqqa, ichki organlar joyiga va uning atrofiga tarq
alish yo‘li 
bilan namoyon bo‘ladi. Shikastlangan qon tomiridan ichki 
organlar yoki plevra bo‘shlig‘iga qon ketish haddan tashqari 
katta bo‘ladi, shuning uchun o‘zidan o‘zi to‘xtashining iloji 
yo‘q, chunki qon tomirini bosish mumkin emas, katta anatomik 
haj
m ichki bo‘shliq bosimining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Bundan tashqari qorin va o‘pka pardasi bo‘shliqlaridagi 


65 
to‘plangan qon fibriondan mahrum bo‘ladi va ivish qobiliyatini 
yo‘qotadi. Katta hajmga ega bo‘lmagan anatomik bo‘shliqlarda 
(bo‘g‘im) ko‘pchilik holatlarda bo‘shliq ichiga anatomik 
cheklangan a’zolarida (diafragma tepasi, kichik tosda, charvi 
xaltasida) o‘z-o‘zidan qon ketishi to‘xtaydi, chunki u yerlarda 
xaltachasimon gematoma shakllanishi bilan cheklangan qon 
yig‘ilishi uchun sharoitlar yaratiladi, ba’zida ko‘p qon quyilishi 
mumkin. Qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlanganida parenximatoz 
organlarining (jigar, taloq, buyraklar) qobig‘i yorilishi mumkin. 
Ichki qon ketish katta hajmda bo‘lsa, aniq belgilar(terining 
oqarishi arteriya, qon bosimining pasayishi, tomirning tez 
urishi, nafas olishning qiyinlashishi, gemoglobinning kamayishi, 
72 
eritrotsitlar sonining kamayishi) umumiy anemiya kasalligining 
klinik belgilari bilan xarakterlanadi. 
Yashirin qon ketishning tashqi va ichki qon ketishlaridan 
farqi shuki, yashirin qon ketishida klinik holatning noaniq 
hollari sodir bo‘ladi: bu «tushunib bo‘lmaydigan» kamquvvatlik, 
tez charchab qolishlik, bosh aylanishi, ko‘z oldining 
qorong‘ilashishi 
va boshqalar bilan kechadi. Ichak-
oshqozon bo‘shlig‘iga 
qon tushsa u jigarrang tusga kiradi, ya’ni qondagi gemoglobin 
moddasi oshqozon shirasining ta’sirida ushbu rangni beradi. 
Agar qon oshqozonga yoki ichakka o‘tsa axlat qorayib ko‘mir 
rangiga aylanadi, bu esa yashirin qon ketishining ishonarli 
belgilarida
n hisoblanadi. Buyrak, siydik yo‘li, siydik qopi 
shikastlanishi qon ketishi bilan kechsa, qon siydikda bo‘ladi. 
Odatda yashirin qon ketishini aniqlash uchun qo‘shimcha 
tekshirish usullari (labaratoriya, rentgen, asboblar, radioizotop, 
morfologik va boshqal
ar) lozim bo‘ladi. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish