Hayot faoliyati


Majburiy yolg‘izlik holatida signal berish vositalari va signal



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/118
Sana29.05.2022
Hajmi1,36 Mb.
#617033
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118
Bog'liq
Hayot faoliyati

Majburiy yolg‘izlik holatida signal berish vositalari va signal 
berish tartibi 
Favqulodda holatlarda qiyin vaziyatda qolgan odamlarni 
izlab topishda qidiruv ishlarining juda katta hududda olib 
borilish
i qiyinchilik tug‘diradi. Agar qidiruv ishlari qiyin obhavo 
sharoitlarida tog‘, o‘rmon sharoitida olib borilayotgan 
bo‘lsa ularni yuqoridan ko‘rish yanada qiyinroq hisoblanadi. 
Shuning uchun ham qidirilayotgan kishilar qidiruv ishlarida 
qatnashayotgan tran
sport vositalarini ko‘rganlarida yoki ovozini 
eshitganlarida qo‘l ostida bo‘lgan har qanday ashyo va 
jihozlardan foydalangan holda o‘zlarining turgan joylarini 
ko‘rsatuvchi signallarni berishlari zarur. 
Bunda maxsus signal vositalaridan foydalaniladi. Birinchi 
navbatda bunday vositalarga PSND patroni kirib, uning 
«kunduzgi» tomoni 30 sekund davomida yorqin sarg‘ish rangda 
yonib turuvchi aralashma bilan to‘ldirilgan. PSND patronining 
«Tungi» tomoni ochiq pushti rangda yonib belgi beradi. 
PSND patronini qo‘llash uchun uni chap qo‘lga olib, o‘ng 
qo‘l bilan saqlovchi qalpoqcha buraladi hamda chuqurchadan 
zapal shnuri olinadi. So‘ngra shamolga qarama-qarshi turib, 
48 
patronni xiyol bukilgan qo‘lda ushlab o‘ng qo‘l bilan shnur 
keskin harakat bilan yuqoriga tortiladi. Ochiq joyda signal 
ancha uzoq masofadan ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa tunda 
signalni 10-
12 km masofadan ko‘rish mumkin. O‘rmon yoki 
daraxtzor sharoitida oldin daraxt kam yoki siyrak o‘sgan 
joylarni, o‘rmon chetini, tepaliklarni, suv havzasi qirg‘oqlarini 
topib, shundan so‘ng patronni qo‘llash kerak. Bo‘lmasa tutun 
daraxtlar orasida qolib ketishi va yaxshi ko‘rinmasligi mumkin. 
Bundan tashqari signal berish uchun signal raketalaridan 
keng foydalaniladi. Signal raketasidan qanday foydalanish 
tartibini 
uning o‘ramidagi yo‘riqnomadan bilish mumkin. 
Shuningdek, signal berishda signal oynalaridan samarali 
foydalanish mumkin. Insonga xos qotib qolgan fikrga ko‘ra 
oyna radio, pirotexnika va elektronika vositalari bilan tenglasha 
olmaydi. Ammo bu fikrni to‘g‘ri, deb bo‘lmaydi. Ayniqsa cho‘l 
sharoitida va suvda oynadan signal berishda samarali 


43 
foydalanish mumkin. 
Agar qo‘l ostida maxsus signal vositalari bo‘lmasa, unda 
ajdodlarimiz qadimdan keng foydalanib kelgan qo‘lbola usul, 
olovdan foydalanishimiz mumkin. Hozirgi kunda ham olov 
signal berishning samarali vositasi sifatida qo‘llaniladi. Signalni 
o‘z vaqtida, ya’ni transport vositalari ko‘rinishi bilan berish 
uchun olov uchun yoqilg‘i va joy oldindan tayyorlanib quyilgan 
bo‘lishi zarur. Olov uchun ochiq joy, tepalik, suv havzasi 
qirg‘og‘i tanlanishi kerak. Agarda shunday joy tanlanmasa tutun 
daraxtlar orasida qolib ketishi va ko‘zga tashlanmasligi mumkin. 
Tutun qalin va qoraroq bo‘lishi uchun olov yonganidan so‘ng 
unga yashil o‘tlar, o‘simlik va daraxt barglar, hamda boshqa 
jismlarni tashlash mumkin. 
Cho‘l sharoitida yoqilg‘i ashyolari topilmasligi mumkin. 
Bunda olov o‘rniga yonilg‘i quyilgan qum bilan to‘ldirilgan 
bankalardan samarali foydalanish mumkin. Signal uchun olov 
qidiruv ishlarida ishtirok etayotgan transport vositasi 
ko‘ringanida, uning ovozi eshitilganida yoki uning bilan 
radioaloqa o‘rnatilganda yoqiladi. Qish vaqtida olovni qo‘lbola 
vositalar bilan qor va yomg‘irdan to‘sish zarur. 
49 
Agarda boshqa imkoniyati bo‘lmasa havo transporti ekipaji 
a’zolarining diqqatini joyni qayta niqoblash yo‘li bilan o‘zi 
turgan joyga jalb etish mumkin. Masalan, qorda geometrik 
figuralarni tepkilab chizish, butazorlarni kesish, suv havzalari 
qirg‘oqlarida va ochiq joylarda «SoS» signalini juda katta 
o‘lchamdagi harflar bilan yozish va hk. 
Zilzilada inshoot va binolar qulaganida ba’zan inson majburiy 
yolg‘izlik holatida qolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda 
kishilar birinchi navbatda ruhini tushirmasligi zarur. Atrof 
qorong‘i bo‘lsa ham gugurt va boshqa yondiruvchi moslamalardan 
foydalanmang, chunki tabiiy gaz tarqalishi xavfi 
mavjud. Agar shikastlanmagan bo‘lsangiz ham ortiqcha harakatlar 
qilishdan saqlaning, chunki tezda ko‘p kuch yo‘qotasiz. 
Imkoni bo‘lsa metall jismlarga biror bir narsa bilan urib 
tepadagilarga signal berishga harakat qiling. Inson suvsiz va 
ovqatsiz ham ancha muddat yashashi mumkinligini unutmang. 
Qutqaruvchilar sizni izlayotgani va albatta yordamga kelishlarini 
doimo yodda tuting. 


44 
Lift eshiklari ishlamay qolganida birinchi navbatda eng 
yaqin qavat tugmasini bosish, agarda lift ishlamasa lift 
navbatchisini chaqirish tugmasini bosish zarur. Agarda bu 
ko‘rilgan choralar yordam bermasa, unda uyali aloqa vositasi 
orqali yordam so‘rash kerak. Uyali aloqa vositasi bo‘lmagan 
holatda baland ovoz hamda lift e
shiklariga qo‘l yoki biror bir 
jism bilan urib atrofdagi kishilarning e’tiborini jalb etish zarur. 
Majburiy yolg‘izlik holatida mavjud har qanday ashyo, 
vosita va imkoniyatlardan to‘g‘ri, tejamkorona va oqilona 
foydalanish yashab qolish imkoniyatlarini oshiradi. Bunda 
mavjud har bir ashyo, narsa yoki vositaning to‘g‘ridan to‘g‘ri 
vazifasidan tashqari ikkilamchi vazifalari bo‘lishini ham 
e’tiborga olishimiz shart. Masalan: oyna signal berish, klenka 
suvni yig‘ish yoki yog‘ingarchiliklardan himoyalanish, spirtli 
ichimliklar jarohatni tozalash, qo‘l soati kompas vositasi sifatida 
qo‘llanishi mumkin. Eng asosiysi biz sarosimaga tushmasdan, 
ruhiy bosiqlik bilan mavjud vaziyatdan chiqish yo‘llarini 
izlashimiz kerak. 
50 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish