Tashqi qon ketishda shifokorgacha bo‘lgan meditsina
yordami. Qon ketishda tez, aniq va o‘ylab yordam berish zarur.
Birinchi galda qon ketish joyi va uning kechishi aniqlanadi.
Yordam berishda bemorga qulay holat beriladi: shikastlangan
sohadan kiyimlar yechiladi, qon ketishning klinik holati
aniqlanib, uning qaysi (anatomik va funksional) sistemaga
qarashligi aniqlanadi. Qon ketishini vaqtincha to‘xtatishda,
bemor ahvoliga va asbob-uskunalar bilan ta’minlanganlikka
qarab aniq usul qo‘llaniladi, undan so‘ng qonni batamom
to‘xtatish usuli qo‘llaniladi.
Qon ketishi joyiga qarab, qon to‘xtatuvchi jgut qo‘ltiq osti
sohasiga, yelkaning yuqori qismiga, sonning yuqori va pastki
qismiga qo‘yiladi.
Jgut qo‘yishning quyidagi qoidalari mavjud:
a) qon ketishini vaqtincha to‘xtatish uchun tomirni barmoq
bilan bosish;
b) markaziy yaralar va unga yaqin teriga, jgut qo‘yilishi
lozim bo‘lgan joyga kiyim yoki yumshoq matodan yostiqcha
(prokladka) qo‘yiladi (ro‘mol, bint va boshqalardan), faqat
ularning burishgan joylari bo‘lmasligi kerak;
v) qo‘l-oyoqlardan vena qonining oqib ketishini ta’minlash
uchun ular 20 – 30 sekund yuqoriga ko‘tariladi;
g) jgut o‘ng qo‘l bilan zanjirga yaqin yerdan ushlanib,chap
qo‘l bilan uni 30 – 40 sm o‘rta qismigacha ushlab turiladi;
d) jgut qo‘l bilan cho‘ziladi va birinchi tur aylantirib
o‘ralgandan so‘ng, ikkinchisi uning o‘rnini bosib turishi kerak;
e) jgutning to‘g‘ri qo‘yilganini bilish yaradan qon
ketishining to‘xtashi, pulsning yo‘qolishi, vena tomirlarining
pasayishi, teri yuzasining oqarishi bilan aniqlanadi;
j) jgutni qattiq tortib, uning qolgan qismi spiral shaklda
a’zoga qo‘yilib, ilmoqcha zanjirga ulab qo‘yiladi;
z) jgutga yoki bemor kiyimiga, jgut qo‘yilgan vaqt – soat va
minuti yozib qo‘yiladi;
i) jgut qo‘yilgan bemor birinchi galda evakuatsiya qilinadi;
k) jgut qo‘yilgan a’zo transport shinalari yoki qo‘l ostidagi
narsalar bilan yaxshilab taxtakachlanadi, jugut ustidan bint
o‘ralmaydi, (u yaxshi ko‘rinib turishi kerak);
75
l) qish payitida jarohatlangan a’zo muzlab qolmasligi uchun
jgut qo‘yilgan joy yaxshilab o‘raladi.
Nektorik o‘zgarishlar xavfi avj olmasligi uchun a’zolarni
jgut bilan qonsizlantirish qisqartirilib yozda 2 soat, qishda esa 1-
1,5 soat davom etadi, shuning uchun shikastlanganlarni iloji
boricha tezlik bilan davolash muassasiga yuborish lozim. Agar
transportirovka qilish ko‘rsatilgan vaqtdan uzaysa, u vaqtda
magistral tomirni barmoq bilan bosib turib, jgut yechiladi va
yangi joyga qaytadan qo‘yiladi.
Qon ketishini to‘xtatishda shimning kamari qulay vosita
hisoblanadi, u buklanib ikki sirtmoqli qilinadi va jgutga o‘xshab
tortiladi.
Qon ketishini to‘xtatishda qo‘l ostidagi narsalar kiyim
ustidan yoki ostiga biror narsa qo‘yib bog‘lanadi, jgut o‘rnida
ingichka qattiq narsalarni (sim, shnur) bog‘lashga ruxsat
etilmaydi, chunki ular to‘qimalarning shikastlanishiga sabab
bo‘lishi mumkin.
Qon ketishi vaqtincha to‘xtatilgan bemorning qon ketishini
batamom to‘xtatish uchun uni qisqa vaqt ichida shifoxonaga
olib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |