Yuqori – ular har 20-25-yilda bir marta sodir bo‘lib, daryo
vodiylarining anchagina katta maydonlarini suv bosadi, ayrim
hollarda kundalik turmish tarziga zarar yetkazadi. Ba’zi hollarda
odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirishga to‘g‘ri keladi.
Taniqli – 50-100-yilda bir marta sodir bo‘ladi. Qishloq
xo‘jaligi ekin maydonlarining kamida 50% suv bosib, aholini
to‘la ko‘chirishga to‘g‘ri keladi. Shaharlar va aholi yashash
joylarini suv bosishi boshlanadi.
Halokatli – har 100-200-yilda bir marta sodir bo‘ladi, bir
nechta daryo tizimlarini suv bosadi, hayot tarzi butunlay o‘zgaradi.
1988-yilning 16-aprelida Angren daryosi ko‘tarilib, Pskent
tumaniga toshdi. Katta – katta xo‘jaliklar bundan katta talofat
ko‘rdi. Ko‘pgina uy joylar, maktab va kasalxonalar, bolalar
bog‘chalari suv toshqinidan zarar ko‘rdi. Xo‘jalikning oziqovqat,
mineral o‘g‘itlar saqlaydigan omborlari, paxta punktlari,
savdo shoxobchalari binolari suv ostida qoldi. Ayniqsa, Pskent
shahri yaqinidagi Bo‘rijar aholi manzilgohi toshqindan qattiq
jabr chekdi. Tuman bo‘yicha yuzlab gektar yer maydonini suv
bosdi. Tumandagi suv shahobchalarining 20 % loyga ko‘mildi.
Ko‘p o‘tmay 1988-yilning 21-aprelidan 22-apreliga o‘tar
kechasi suv toshqini G‘alaba va Oqqo‘rg‘on tumanlari hududida
ham yuz berdi. Bunga ham Angren daryosining, Toshkent
dengizining quyi qismidagi toshqini sabab bo‘ldi.
Suv toshqini mamlakat iqtisodiyoti yoki ishlab chiqarish
obyektlariga, xalqning turmush tarziga katta salbiy ta’sir etuvchi
favqulodda vaziyatlar hisoblanadi. O‘tmishdan suv toshqini va
uning xalqlar hayotiga salbiy ta’siri haqida ko‘plab misollarni
keltirish mumkin. Nuh payg‘ambar va suv toshqini haqidagi
84
turli rivoyatlarning yurishi, qadimgi Mesopatamiyaning suvostida
qolishi haqidagi dalillar insoniyatga tashvish keltirgan
toshqinlardan darak beradi.
Mintaqadagi bironta davlat suv toshqini xavfidan yiroq
emas. Chunki, Markaziy Osiyo mamlakatlarining geografik
tuzilishi tog‘li, bir tomonga qarab pasayib boruvchi, suvlari oqib
chiqib keta olmaydigan murakkab gidrografik hududdan iborat.
Birgina Tojikiston hududi suv zaxiralari shakllanishi
bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida sakkizinchi, mintaqa
davlatlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Holbuki, mintaqa
mamlakatlarida suv toshqini yuz berishi mumkin bo‘lgan xavflar
mavjud. Birgina Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning
tog‘li hududlarida o‘ziga yirik suv massasini egallab turgan 315
ta tabiiy ko‘lning mavjudligi bundan dalolat beradi. Birgina
o‘tgan asrning boshlarida paydo bo‘lgan Sarez ko‘li suv bosish
yo‘lida 6 mln atrofida aholi istiqomat qiladi. Mutaxassislar
tomonidan bildirilgan fikrlarga qaraganda Sarez ko‘lining izdan
chiqib ketishi mintaqadagi Tojikiston, Turkmaniston,
O‘zbekiston hamda Afg‘oniston davlatlariga juda katta talofatlar
keltirishi mumkin.
Umuman olganda O‘zbekistonda 7 mln 700 ming kishi suv
toshqini xavfi bo‘lgan joylarda yashaydi.
Suv toshqinlarining xavfli tomoni shundaki, u iqtisodiyotga,
shuningdek, aholining mol-mulki, hayotiga rahna
solishi, yoxud zarar yetkazishi mumkin.
Suv toshqini paytida odamlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari va
hayvonlar nobud bo‘ladi;
binolar, inshootlar, kommunikatsiya tarmoqlariga shikast
yetadi yoki vayron bo‘ladi;
moddiy va madaniy boyliklar yo‘qotiladi;
xo‘jalik faoliyati to‘xtab qoladi, hosil nobud bo‘ladi;
hosildor yer qatlami yuvilib ketadi yoki suvostida qoladi hamda
landshaft o‘zgaradi.
suv toshqinlarining ikkilamchi shikastlovchi omillari turli
inshootlar mustahkamligiga zarar yetkazadi;
sanitar - epidemiologik vaziyatlar murakkablashadi, joylar
botqoqlikka aylanadi.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |