partiyalar faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirilishi;
4. Axborotlashtirish va tashviqot ishlarining davlat tomonidan
ta’minlanishi;
5. Saylovlarda milliy va xalqaro kuzatuvchilarning ishtiroki;
6. Saylov natijalari bo’yicha shikoyat qilish huquqining mavjudligi,
saylov huquqining buzilishi uchun javobgarlikning mavjudligi;
7. Qabul qilinadigan qarorlar hech kimni kamsitmasligi.
O’zbekistonda saylov qonunchiligiga xalqaro saylov standartlarini
implementatsiya qilishda, mamlakatimizda muntazam o’tkazilayotgan
687
ilmiy va amaliy anjumanlardagi ilmiy tahlil va takliflar muhim rol
o’ynamoqda.
Ana shunday anjumanlarda xorij ekspertlari qonunchiligimizda
xalqaro saylov standartlarini aks etganligi va ularning amaliy ifodasi dara-
jasi haqida xolis fikrlarni bildirishgan.
5-§. O’zbekiston Respublikasida referendum va uni o’tkazish tartibi
Referendum insoniyat o’ylab topgan saylov singari demokratiyaning
yaqqol ifodasi, uni amalga oshirishning vositasidir. U baynalmilal atama
bo’lib, umumxalq ovozi ma’nosida ishlatiladi. Referendumning jamiyat
hayotidagi muhim o’rni, uni Konstitutsiyamizda alohida moddada bel-
gilanganida ham ko’rish mumkin. Konstitutsiyaning 9-moddasida “Ja-
miyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga
taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo’yiladi. Referendum
o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi” deb mustahkamlab qo’yilgan.
“O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida”gi Qonun
1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo’lib, u keyinchalik o’zgartirish va
qo’shimchalar bilan yangi tahrirda tasdiqlangan
282
.
Saylov huquqi darsligida nima uchun referendumga bob ajratilgan?
degan savol tug’ilishi mumkin. Bu darslikda referendum to’g’risida bob
berilganligining sababi referendum va saylov o’rtasida juda katta umumiy-
lik va o’xshashlik mavjud. Avvalo, ularning har ikkalasi demokratiya
ifodasi, fuqarolarning davlat va jamiyat hayotida ishtirokini ta’minlovchi
usul; ularning har ikkalasida maqsadga ovoz berish orqali erishiladi; tash-
kil qilish va o’tkazishda amal qiladigan prinsiplar o’xshash va hokazo.
Referendumning saylovdan farqi ham mavjud. Saylovlarda
mansabdor shaxslar, deputatlar saylansa, saylovchi nomzodlarga ovoz ber-
sa, referendumda masalaga ovoz beriladi, biron-bir masala hal qilinadi,
yana saylov aniq belgilangan muddatlarda o’tkazilsa, referendum
zaruriyatga qarab o’tkaziladi.
Qonunda qayd qilinishicha referendum saylovlar bilan bir qatorda
xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan
282
О
’zbekist
о
n respublikasi
О
liy Majlisining Axb
о
r
о
tn
о
masi. – 2001. –
№
9–10. – 176-m
о
dda; – 2005.
–
№
1. – 18-m
о
dda.
688
qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo’lib, u faqat referendum yo’li bilan
bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin.
Referendum saylovlar singari umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri
prinsipda yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi, fuqarolar unda o’z
xohish-irodasini erkin-ixtiyoriy bildiradilar. Referendumda ishtirok
etishga, shuningdek, ishtirok etmaslikka biron bir tarzda ta’sir qilinishi
mumkin emas.
Har bir fuqaro referendumda teng asosda ishtirok etadi va bitta
ovozga ega. Referendumda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, ularning
xohish-irodasi bildirishi hech qanday yo’l bilan nazorat qilinmaydi.
Referendumga tayorgarlik ko’rish va o’tkazish ochiq va oshkora amalga
oshiriladi.
Referendum o’tkaziladigan kunda 18 yoshga to’lgan O’zbekiston
Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish
huquqiga ega. Respublika hududidan tashqarida yashayotgan O’zbekiston
Respublikasining fuqarolari ham referendumda ishtirok etadilar.
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqeyi, irqiy va milliy
mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili dinga munosabati, mashg’ulotining
turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish
huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklashga yo’l qo’yilmaydi.
Xuddi saylovdagi singari, referendumda ham, sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi
bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan fuqarolar referen-
dumda ishtirok etmaydilar.
Referendumga tayorgarlik ko’rish, o’tkazishning ba’zi tadbirlari osh-
kora va ochiq o’tkaziladi. Referendumni oshkora, adolatli o’tkazishni
ta’minlashda kuzatuvchilar alohida rol o’ynaydi.
Referendumning demokratik xususiyati yana shunda ko’rinadiki,
fuqarolar jamoat birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlari referendum o’tkazilishini yoqlab yoki unga qarshi, referendumga
qo’yilayotgan qonun loyihasi, amaldagi qonun yoki boshqa masalani
yoqlab yoki unga qarshi hech qanday moneliksiz tashviqot olib borish
huquqiga ega.
Referendum qarorlari jiddiy oqibatlarni vujudga keltiradi.
Shuning uchun undan faqat ezgulik yo’lida foydalanish maqsadlaridan
kelib chiqib ayrim masalalarni referendumga qo’yish mumkin emasligi
689
ham qonunda belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra, referendum predmeti
bo’lmaydigan masalalar quyidagilar hisoblanadi:
– O’zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o’zgartirish;
– O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va soliqlar;
– amnistiya va afv etish;
– jamoat tartibini, aholi sog’lig’i va xavfsizligini ta’minlash
bo’yicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar o’tkazish;
– respublikaning xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan
majburiyatlarni bajarish;
– mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining butun hududida joriy
etilgan harbiy vaqt yoki favqulodda holat sharoitlarida, shuningdek,
harbiy vaqt tugagan yoki favqulodda holat bekor qilingandan keyin uch
oy davomida referendum o’tkazilmaydi.
Referendum natijalari rasman e’lon qilingandan keyin bir yil
davomida mazmun yoki ma’nosiga ko’ra xuddi shunday savol qo’yilgan
referendum o’tkazilmaydi.
Referendum O’zbekiston hayotiga kirib kelgan va bir necha bor eng
muhim masalalarni hal qilishda qo’llanilgan voqea bo’lib qoldi.
Oxirgi referendum 2002-yil 27-yanvarda o’tkazilib uning natijasida ikki
palatali parlament joriy etildi va prezidentning vakolat muddati
o’zgartirildi. Shu referendumda ovoz beruvchilar ro’yxatiga 13 266 602
fuqaro kiritilgan bo’lsa, ularning 12 113 070 nafari ovoz berishda ishtirok
etdi. Ovoz berishda ishtirok etganlarning 92 %i ikki palatali parlament va
prezidentning vakolat muddati uzaytirilishini yoqlab ovoz berdi
283
.
“Referendumning o’tkazilishi va uning yakunlari davlatchiligimiz
rivojida, jamiyatni demokratik yangilash jarayonida muhim bosqich bo’ldi.
Eng asosiysi, referendum natijalari mamlakatimizda olib borilayotgan
siyosatning jamoatchiligimiz, aholimiz tomonidan qanchalik
qo’llab-quvvatlanayotganini amalda yaqol tasdiqladi”
284
.
283
Azizx
о
‘jaevA. Vab
о
shqalar.
О
’zbekist
о
nRespublikasiningK
о
nstitutsiyasigasharh. – T.:
О
’zbekist
о
n
2013. – B.54.
284
Karim
о
vI.A.
О
’zbekist
о
ndadem
о
kratik
о
‘zgarishlarniyanadachuqurlashtirishvafuqar
о
likjamiyatias
о
slarinishakllantirishni
ngas
о
siyyo‘nalishlari. – T.:
О
’zbekist
о
n. 2009. – B.15.
690
Do'stlaringiz bilan baham: |