Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Saylovlarning chinakamligi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Saylovlarning chinakamligi
xalqaro standartlardan bo’lib, uning 
natijasida saylovlardagi barcha tadbirlar, saylovchilarning huquqlari 
qonunlarda belgilangan asosda bo’lishi nazarda tutiladi. Chinakam 
saylovlardagina fuqarolar saylovchining boshqa huquqlarini amalga 
oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Saylovlar chinakam bo’lgandagina
unda mag’lubiyatga uchragan kuchlar mag’lubiyatni tan olishga majbur
bo’ladi Aks holda, jamiyatda qarshiliklar kuchayib ketib, turli inqirozlar 
vujudga keladi. Haqiqiy saylovlar jamiyatni bir siyosiy kuchdan 
ikkinchisiga talafotsiz, buzg’unchiliksiz, qonuniy topshirishga 
asos bo’ladi. Chinakam saylovlar saylovchilarga haqiqiy saylovni 
ta’minlab, jamiyatda plyuralizmni keltirib chiqaradi va o’zi ham unga 
tayanadi. Saylovlarning oshkora o’tishi saylovlarni haqiqiy bo’lishida 
muhim rol o’ynaydi.
Adabiyotlar bilan tanishib, saylov tajribalarini o’rganib, ilmiy 
izlanishlar orqali saylovlardagi xalqaro standartlar qatoriga saylovlarning 
davriyligi (aniq muddatlarda o’tishi)ni ham qo’shsa bo’ladi. Chunki 
saylovlarning aniq muddatlarda o’tishi uning muddatlarini hukmron 
kuchlar, hokimiyat tuzilmalari xohlagancha o’zgartira olmasligi, 
saylovlarga qo’yiladigan xalqaro talablardan biridir. 
“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi xalqaro Paktning
25-moddasida umumiy saylov prinsiplari qatorida saylovlar davriy 
o’tkazilishi belgilangan. 
O’zbekiston Respublikasi ana shu xalqaro hujjat normalari 
ko’rsatmasiga mos ravishda saylovlar o’tkazishning aniq muddatini 
Konstitutsiyaning 117-moddasida mustahkamlab qo’ygan.
O’zbekiston Konstitutsiyasining muqaddimasida konstitutsiya 
qabul qilinishidan ko’zlangan maqsadlar qatorida umume’tirof etilgan 
xalqaro qoidalarning ustunligini tan olish ta’kidlangan. 
Umuman, konstitutsiya loyihasi ishlab chiqishda komissiya 
raisi komissiya oldiga boshqa vazifalar bilan birga, boshqa 
mamlakatlarning inson huquqlari bo’yicha, demokratiya va qonunchilik 
borasida qo’lga kiritilgan yutuqlarni, xalqaro hujjat qoidalarini hisobga 
olish vazifasini qo’ygan.


686 
Bu ko’rsatma xalqaro huquq normalarining O’zbekiston 
Konstitutsiyasi va qonunchiligiga implementatsiya qilish uchun turtki 
bo’ldi. 
Xalqaro huquq qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya 
qilish, xalqaro huquq normalarini aynan shundayligicha qonunlarimizga 
ko’chirish emas, ularning mazmun-mohiyatini qonunchiligimizga 
singdirish, to’g’ri talqin qilish orqali xalqaro huquq normalarini 
qonunchilikka, milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda, milliy 
manfaatlarga zarar yetkazmagan holda tatbiq etishdir. 
Saylov huquqi inson huquqining, fuqarolar huquqining ajralmas 
qismidir. Shuning uchun milliy qonunchilikka xalqaro huquq normalarini 
implementatsiya qilish saylov huquqiga ham to’la taalluqlidir.
Xalqaro huquq normalarining saylov huquqiga ta’sirini biz 
konstitutsiyadan barcha saylov qonunlarida ko’ramiz. Implementatsiya 
natijalarida konstitutsiya va saylov qonunchiligigacha saylov huquqini 
umume’tirof etilgan prinsiplari umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri, 
yashirin ovoz berish va ularga amal qilish natijasida vujudga kelgan 
Umumiy prinsiplarning ro’yobga chiqishini ta’minlaydigan saylovning 
xalqaro standartlariga muvofiq keladigan erkin, ixtiyoriy, oshkora, 
adolatli, chinakam, davriy saylovlar mamlakatimizda amal qilmoqda. 
Saylov huquqining prinsiplari, saylov o’tkazishning xalqaro 
standartlari shunchaki qonunlarda yozib qo’yilmasdan, ularning real amal 
qilishini ta’minlovchi shart-sharoitlar mamlakatimizda shakllangan.
Saylov huquqi prinsiplarining va saylov standartlarining amal
qilishini ta’minlovchi sharoitlar sifatida quyidagilar ko’rsatiladi: 
1. Saylovlarning ochiq, oshkora, erkin, chinakam va adolatli o’tishi; 
2. Saylovlarning mustaqil saylov komissiyalari tomonidan 
o’tkazilishi; 
3. Saylovlarning, saylov komissiyasining, nomzodlar va siyosiy 
Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish