Ikkinchidan,
jamiyatdagi turli siyosiy kuchlar nisbatini aniqlash
imkonini beradi, bu qaysi siyosiy kuch nimaga qodirligini, aholi nimani
ma’qul ko’rishini, kimga ishonishini bildiradi.
Uchinchidan,
siyosiy hokimiyatni, siyosiy boshchilarni,
siyosatchilarni tinch yo’l bilan almashishini ta’minlaydi, bu – hokimiyatga
yangi kuchlar kelishi, ishonchni oqlamagan shaxslar, vakillik
organlarining a’zolari siyosat maydonidan chiqishi, ularning o’rniga
yangilari kelishi demakdir.
To’rtinchidan,
xalq suverenitetini, demokratik siyosiy rejimni
ta’minlab, siyosiy elitani aholi nazoratida bo’lishini ta’minlaydi. Bu
degani har bir yangi saylov davrida avval saylangan saylovchilar oldida
hisobot berishini ta’minlashni bildiradi.
O’zbekiston o’z taraqqiyotini insonparvar demokratik huquqiy davlat
qurishda ko’rmoqda. Shu maqsadda barcha jabhalarda demokratik
islohotlar o’tkazilmoqda, natijada demokratiyaning o’zi ham
takomillashmoqda. Demokratiyaning takomillashuvini esa saylovlarning
takomillashuvisiz, demokratlashuvisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2016-yil 4-dekabrda O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti etib saylanganidan boshlab davlat va jamiyat
hayotining barcha jabhalarida keng qamrovli islohotlar yanada
jadallik bilan amalga oshirilib kelinayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Ayniqsa, bu islohotlar uning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
675
qabul qilinganining yigirma to’rt yilligiga bag’ishlangan tantanali
marosimdagi ma’ruzasida aytilganidek, “Xalq davlat idoralariga emas,
davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”ligi tamoyilidan kelib
chiqqan holda olib borilayotganligi muhim ahamiyatga egadir. Shu
munosabat bilan ham mamlakatimizda 2017-yil “Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari” yili deb e’lon qilindi.
Barcha yo’nalishlardagi islohotlarni keng qamrovli tarzda amalga
oshirilishini ta’minlash maqsadida 2017-yil 7-fevral kuni O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF–4947-son
Farmoni bilan “2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiya-
si” tasdiqlandi
271
. Ushbu hujjat orqali fuqarolarning murojaatlari bilan ish-
lash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq
muloqotni yo’lga qo’yishning yangi samarali mexanizmlari va usullarini
joriy etish, barcha darajalardagi hokimlarning, prokuratura va ichki ishlar
organlarining aholi oldida hisobot berishi tizimini amaliyotga joriy etish,
shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchini mustahkam-
lash kabi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda tegishli chora-tadbirlar
ishlab chiqilishi belgilandi.
Barcha islohotlarda birinchi navbatda “inson manfaati hamma
narsadan ustun” tamoyili asosida ish ko’rish, xususan, mamlakatimizning
barcha hududlarida “Xalq qabulxonalari”ning tashkil etilgani, buning
natijasida insonlarning yechimini kutayotgan muammo va masalalarining
hal etilishi muhim o’rin tutmoqda. 2017-yil 15-avgustiga qadar Harakatlar
strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha
sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, davlat va jamiyat qurilishi
tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor
yo’nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa
tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko’rib chiqildi
hamda 20 ta davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tashkil etildi
272
.
Harakatlar strategiyasi doirasida 2017-yil 8-sentabr kuni O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy
271
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi. -2017. -
№
2. 33-modda;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. -2017. 13-fevral, -
№
6. 70-modda.
272
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami -2017. -21 avgust. -
№
33-son. 847-modda; Xalq
so‘zi. -2017. -16-avgust.
676
islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoni ham qabul
qilindi. Unga ko’ra davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va
sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratish, davlat boshqaruvi organlari va
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uyg’un faoliyat yuritishlarini
tashkil etish mazkur Konsepsiyaning asosiy maqsadi etib belgilandi.
Shu bilan birga, unda ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining
institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; ijro
etuvchi hokimiyat organlari vazifalari, ularni amalga oshirish
mexanizmlari va javobgarlik sohalarini aniqlashtirish, muvofiqlashtirish va
o’zaro hamkorlik jarayonlarini takomillashtirish; iqtisodiyot tarmoqlariga
ma’muriy ta’sir ko’rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor
mexanizmlarini kengaytirish; vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi
hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish;
davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy
shakllari, innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy
etish; professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish,
ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida korrupsiyaga qarshi
kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish kabi muhim
yo’nalishlar belgilab olindi.
Kelgusida viloyat, tuman va shaharlar hokimlarini lavozimga
tayinlash tartibini takomillashtirish maqsadida “Viloyat, tuman va
shaharlar hokimlarini saylash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi
qonun loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqilishi mo’ljallanmoqda.
Bu o’z navbatida, bir tomondan milliy saylov qonunchiligini yanada
takomillashtirsa, ikkinchi tomondan hududlar rahbarlarini lavozimga
qo’yishda oshkoralik, samaradorlik, xolislik va haqqoniylik ta’minlanadi,
mahalliy hokimiyat organlarining aholi oldida masuliyati va hisobdorligini
yanada oshirishga xizmat qiladigan yangi saylov institutini
shakllantirishga asos bo’ladi.
2017-yil 22-dekabrda mamlakatimiz tarixida ilk bor O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga
Murojaatnoma yo’lladi. Unda xalqaro norma va standartlarga javob
beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish lozim
deb ta’kidladi.
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga
oshirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvarda qabul qilingan PF-5308-son Farmoni bilan “Faol tadbirkorlik,
innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da
677
amalga oshirishga oid hamda 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son
Farmoni bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni
qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturlariga muvofiq Saylov kodeksi
loyihasi ishlab chiqildi.
O’zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi bo’yicha 5 ta
qonunlar mavjud bo’lib, bu huquqni qo’llashda bir qator murakkabliklar
tug’diradi. Bundan tashqari, saylov jarayoni va uni o’tkazish
tartib-tamoyillari va qoidalarining ko’pchiligi qonun darajasida emas, balki
Markaziy saylov komissiyasining nizom va yo’riqnomalari bilan tartibga
solinadi.
Saylov qonunchiligining ayrim normalari hozirgi zamon talablariga
va saylovlarni demokratik tarzda o’tkazish bo’yicha xalqaro amaliyotga
to’la mos kelmaydi.
Xususan, Ekoharakat vakillarining parlament quyi palatasiga
kvota asosida kiritilishiuning faol va tashabbuskor bo’lib ishlashini
muayyan darajada susaytiradi, qonun saylovchilarning yagona elektron
ro’yxatini shakllantirishni nazarda tutmaydi, shuningdek, alohida hollarda
saylov byulletenining o’rniga saylov varaqalaridan foydalanilish
amaliyoti yashirin ovoz berish tamoyiliga mos kelmaydi, ozodlikdan
mahrum etish joylarida saqlab turilgan shaxslarning saylovda ishtirok
etishiga oid cheklovlar mavjudligi va boshqa shu kabi holatlar mavjud shu
va boshqa bir qator yangiliklarni o’zida qamrab olgan yangi Saylov
kodeksi 2019-yil 18-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2019-yil 28-fevral kuni
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ma’qullandi.
Saylov huquqi orqali amalga oshiriladi. Saylov huquqi esa konstitut-
siyaviy huquqning muhim institutidir. Saylov huquqining
jamiyat, fuqaro hayotidagi muhim ahamiyati uni alohida maxsus o’quv
kursi sifatida o’qitish zaruratini keltirib chiqaradi.
Saylov huquqi fuqarolarning asosiy, siyosiy huquqlaridan hisobla-
nadi. Bu huquq normalari, avvalo, Konstitutsiyada mustahkamlangan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida
alohida XXIII bob saylov tizimiga bag’ishlanib, unda saylov huquqining
asosiy qoidalari, prinsiplari belgilangan.
Hamma mamlakatlarning Konstitutsiyasida ham saylov masalasi,
huquqi (tizimi) uchun alohida bob yoki bo’lim ajratilmagan.
Jumladan, Rossiya Konstitutsiyasining 32-moddasi 2-, 3-bandlari
va 81-moddasida saylov huquqiga tegishli normalar mavjud. Yuqoridagi
678
normalarda fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishi say-
lov huquqi orqali amalga oshishi, kimlar saylovda ishtirok etmasligi, Ros-
siya Prezidentini saylash prinsiplari, prezident nomzodiga
qo’yiladigan talablar belgilab qo’yilib, qolgan masalalar qonunlar bilan
tartibga solinishi nazarda tutadi
273
.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida saylov uchun alo-
hida bob ajratilgani saylovning ahamiyati yuqori ekanligidan kelib chiqadi
va bu mazkur huquqiy institutning konstitutsiyaviylik xususiyatini aniq
ko’rsatadi.
Konstitutsiyaning saylov tizimi haqidagi normalari fuqarolarning
saylov huquqiga egaligini, har bir saylovchi teng ekanligini, ovoz
berishda o’z xohish-irodasini bildirishida erkin ekanligini o’rnatadi va bu
huquqlar qonun bilan kafolatlanishini, e’tirof etadi.
Konstitutsiyaning 117-moddasi normalari saylov o’tkazishning aniq
kunini o’rnatish bilan birga saylovning asosiy prinsiplarini hamda saylash
huquqi yoshini belgilab qo’yadi.
Konstitutsiyaviy norma saylovlardagi asosiy cheklashni belgilaydi,
unga ko’ra natijada sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb
topilganlar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joy-
larida saqlanayotgan shaxslar saylovda qatnashmaydi.
Konstitutsiya normasida boshqa har qanday holatda fuqarolarning
saylov huquqlarini cheklashga yo’l qo’yilmasligi ham belgilab qo’yilgan.
2014-yil 16-aprelda Konstitutsiyaga kiritilgan qo’shimchaga asosan
Markaziy saylov komissiyasining huquqiy holati, vazifasi, ish
yuritish prinsiplari, tashkil etish tartibi konstitutsiyaviy asosda belgilandi,
natijada saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari yanada kengaydi.
Saylov huquqiga taalluqli konstitutsiyaviy normalar faqat konstitut-
siyaning XXIII bobidagi (117-modda) normalar bilan cheklanmaydi. Ular
konstitutsiyaning boshqa bob va moddalaridagi normalarda ham uchraydi.
Jumladan, Konstitutsiyaning 32-moddasida fuqarolarning davlat
organlarini demokratik tarzda tashkil etishda ishtirok etish huquqi (say-
lov huquqi), Konstitutsiyaning 90-moddasida O’zbekiston Prezidenti
273
Коментарий
к
Конституции
РФ
. –
М
.:
БЕК
1994. 101, –
С
.261.
679
nomzodiga qo’yiladigan talablar haqidagi normalar, prezident saylovi
muddati va saylov prinsiplari haqidagi normalar,
Konstitutsiyaning 96-moddasidagi muddatdan tashqari Prezident
saylovini o’tkazish haqidagi normalar saylov huquqining
konstitutsiyaviy asosidir.
Saylov huquqining konstitutsiyaviy asosini, bevosita konstitutsiyaviy
normalardan tashqari, konstitutsiyaviy qonunlardagi saylovga taalluqli
normalar ham tashkil etadi.
“Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining
asosiy prinsiplari to’g’risida”gi
274
Konstitutsiyaviy Qonun va “Davlat
boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish
to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning ko’plab normalari saylov
huquqining konstitutsiyaviy asosini tashkil etadi.
Saylov huquqining huquqiy asoslari faqat konstitutsiyaviy asoslar bi-
lan cheklanmaydi. Huquqiy asos konstitutsiyaviy asosga nisbatan keng
bo’lib, huquqiy asoslar boshqa hujjatlardagi normalardan, ya’ni qonun,
farmon, qaror va boshqa normativ hujjat qoidalaridan iboratdir.
Saylov to’g’risidagi maxsus qonunlar va saylovga tegishli boshqa hu-
jjatlar hamda ularning normalari, qoidalari haqida keyingi paragraflarda
batafsil to’xtalamiz.
Demokratik jarayonlarning o’sib borishi natijasida hozirgi davrda
saylov huquqi va qonunchiligi mantiqiy jihatdan sekin-asta ommaviy
huquqning mustaqil tarmog’iga aylanib bormoqda
275
.
Do'stlaringiz bilan baham: |