Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


Prokuratura organlari tizimiga O’zbekiston Respublikasining



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

Prokuratura organlari tizimiga O’zbekiston Respublikasining 
Bosh prokurori boshchilik qilishi 
belgilangan.“Prokuratura to’g’risida”gi 
Qonunda ham O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan 
hamda lavozimidan ozod etiladigan O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori rahbarlik qilishi belgilangan.O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini lavozimiga 
tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlari 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi. 
Amaldagi qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuroriga zimmasiga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini 
ta’minlashi uchun bir qator muhim vakolatlar yuklangan. Xususan, 
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriO’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi bilan murojaat 
etishi mumkin bo’lib, bu o’z navbatida prokuratura organlari faoliyati
natijasida aniqlangan qonunlardagi kamchiliklar haqida parlamentni o’z 
vaqtida xabardor etish va qonun ijodkorligi jarayoni samaradorligini 
oshirish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura tizimidagi oliy 
mansabdor shaxs sifatida prokuratura organlarini boshqa davlat hokimiyat 
organlari bilan munosabatlarda ifodalaydi. Xususan, Bosh prokuror
prokuratura organlari faoliyatiga oid bir qator masalalar yuzasidan
bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etishi mumkin. 
Ushbu masalalarga Qonun Bosh prokuratura hayatining tarkibini 
294
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг

Ўзбекистон
РеспубликасиБош
прокуратураси
ҳузуридаги
Агросаноат
мажмуи
ва
озиқ
-
овқат
хавфсизлиги
таъминланиши
устидан
назорат
қилиш
инспекцияси
фаолиятини
ташкил
этишчора
-
тадбирлари
тўғрисида

ги
07 
май
2018 
йилги
N
ПҚ
-3699-
сонли
Қарори


711 
tasdiqlash to’g’risidagi takliflar kiritish, prokuratura organlari xodimlariga 
darajali unvonlar berish va oliy darajali unvonlar berish to’g’risidagi 
taqdimnoma bilan murojaat etishni kiritadi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori shuningdek, davlat 
hokimiyatining boshqa organlari, shu jumladan, Konstitutsiyaviy sud,
Oliy sud Plenumi majlislarida ishtirok etish va ko’rilayotgan masala
yuzasidan fikr bildirishi hamda qonun hujjatlarini qo’llash bilan bog’liq 
masalalar bo’yicha Oliy sud Plenumga tushuntirishlar berish xususida
takliflar kiritishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori vakolatiga shuningdek,
prokuratura organlari xodimlarini rag’batlantirish (davlat mukofotlariga 
taqdim etish, ko’krak nishonlar bilan taqdirlash), prokuratura organlarida 
ishni tashkil etish (buyruqlar chiqarish, tarkibiy bo’linmalar to’g’risidagi 
nizomlarni tasdiqlash),o’z vakolati doirasida chet el davlatlarining 
tegishli organlari bilan hamkorlik to’g’risidagi bitimlar tuzish hamda 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar ham kiritilgan. 
Qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 
hisobdorligiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, u O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senati oldida hisobdor ekanligi belgilab qo’yilgan. 
 
Qoraqalpog’iston Respublikasi prokuraturasi O’zbekiston 
Respublikasi prokuraturasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. “Proku-
ratura to’g’risida”gi Qonun 15-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurori 
rahbarlik qiladi va u O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan 
kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi 
tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurori Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va O’zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori oldida hisobdor hisoblanadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi prokurori tegishincha tuman, shahar 
prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning
faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining buyruqlari asosida va ularni ijro etish uchun o’ziga 
bo’ysunuvchi xodimlarning hammasi uchun majburiy bo’lgan 
buyruqlar chiqaradi. 
 
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan 
prokuraturalarga (“Prokuratura to’g’risida”gi Qonun 16-moddasi) tegishli 
prokurorlar rahbarlik qiladilar, ular O’zbekiston Respublikasi Bosh


712 
prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar hamda lavozimdan ozod
etiladilar. Bu prokurorlar O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga 
bo’ysunadilar va uning oldida hisobdordirlar. 
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan 
prokurorlar tegishincha tuman, shahar prokuraturalari va ularga 
tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlar, 
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari asosida va
ularni ijro etish uchun o’ziga bo’ysunuvchi xodimlarning hammasi uchun 
majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi. 
Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan 
prokuraturalarga (“Prokuratura to’g’risida”gi Qonun 17-moddasi) tegishli 
prokurorlar rahbarlik qiladi, ular O’zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod 
etiladilar. Bu prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga hamda 
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo’ysunadilar va ularning 
oldida hisobdordirlar. 
“Prokuratura to’g’risida”gi Qonun 11-moddasi O’zbekiston 
Respublikasida prokurorlarning vakolat muddatini belgilab beradi. Unga 
ko’ra, barcha bo’g’indagi prokurorlar – O’zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuroridan boshlab, tuman va shaharlar prokurorlari hamda ularga 
tenglashtirilgan prokurorlargacha yagona muddatga – besh yilga 
tayinlanadi.
Mamlakatimizda prokurorlarning vakolat muddati besh yil etib
belgilangan bo’lsa-da, ularning qaytadan tayinlanishi soniga nisbatan
hech qanday cheklov belgilanmagan. Ayrim davlatlarda, masalan, Xitoy 
Xalq Respublikasida esa, prokurorlar lavozimiga 2 martadan ortiq 
qo’yilmasligi belgilab qo’yilgan (Konstitutsiya 130-moddasi).
O’zbekiston Respublikasining “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunida 
qanday holatlarda prokuror lavozimiga takroran tayinlashga yo’l 
qo’yilmasligi ham to’g’ridan to’g’ri ko’rsatib qo’yilgan. Xususan, 
Qonunning 45-moddasiga ko’ra, o’z faoliyati davrida tegishli hududda 
qonunlar ijrosi ustidan lozim darajada nazorat o’rnatilishini ta’minlab bera 
olmagan shaxslar prokuror lavozimiga takroran ko’rsatilishga yo’l 
qo’yilmaydi. Ayni damda prokurorlik lavozimiga noloyiq xatti-harakatlar 
sodir etgan, demak, xizmat vazifasini tegishli darajada bajarmagan
prokurorlar, shuningdek, boshqa ishga o’tgan yoki sog’lig’i ishni davom 
ettirishga imkon bermagan prokurorlar lavozimlaridan muddatidan ilgari 
ozod etilishlari mumkin. 


713 
Xalqaro miqqiyosda ham prokurorlarning turli xil tashkilotlari bo’lib, 
Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi (XPA) shular jumlasidandir. Mazkur 
assotsiatsiyasi u 1995-yil 6-iyunda Venadagi BMT vakolatxonasida
tashkil qilingan. Uning tarkibiga turli davlatlarning prokuratura xizmatlari 
yoki assosatsiyalari a’zolik huquqlari asosida kirishadi. 
Nodavlat tashkiloti hisoblangan ushbu assotsiatsiyaning vakolatiga 
huquqiy islohotlar loyihalarini shakllantirish va qo’llash hamda transmilliy 
jinoyatlarga qarshi kurash kiradi.
Muxtasar qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasi qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat
qiluvchi, inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilinishini kafolatlovchi, 
o’ziga xos tizimga hamda mamlakatda demokratik-huquqiy davlat qurishda
o’z o’rniga ega bo’lgan konstitutsiyaviy organ hisoblanadi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish