Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


-§. Prokurorning qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishi ustidan



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

2-§. Prokurorning qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishi ustidan 
nazorat faoliyati 
Yuridik adabiyotlarda prokuror nazorati deganda davlat nomidan 
maxsus vakolatga ega bo’lgan mansabdor shaxslar – prokurorlar 
tomonidan qonun buzilish holatlarini o’z vaqtida aniqlash va bartaraf
qilish, aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka 
tortish bilan qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishini ta’minlashga
qaratilgan faoliyat ekanligi ta’kidlanadi.
289 
Professor Sh.Sh.Shoraxmetovning ta’kidlashicha, prokuror nazorati 
hech qanday ma’muriy hokimiyatga ega bo’lmaganligini, har qanday 
ma’muriy hokimiyatdan farq qilishini va birorta ma’muriy masala 
bo’yicha hech qanday hal qiluvchi ovozga ega emasligini esda tutish 
kerak. Prokuror faqat birgina narsaga haqqi bor va majbur, u ham bo’lsa 
hech qanday mahalliy xususiyatlarga va mahalliy ta’sirlarga qaramasdan 
butun Respublikada qonunni va boshqa huquqiy me’yorlarni bir xilda 
tushunishning tatbiq etilishini kuzatib borishga qaratilgan. Prokurorning 
birdan-bir huquq va burchi masalani sud hukmiga topshirish lozimligi 
yuridik adabiyotlardan ma’lum.
290 
Huquqiy adabiyotlarda prokuror nazoratining o’ziga xos xususiyatlari 
o’z ifodasini topgan. Unga ko’ra: 
1) mavjud bo’lgan barcha qonunlarni fuqarolar va tashkilotlar tomoni-
dan ularning faoliyat doirasidan qat’i nazar aniq va to’g’ri qo’llanilishini 
ta’minlash; 
2) prokuror nazorati–prokuratura faoliyatining bir yo’nalishi; 
289
Рустамбоев
М
.
Х

Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
ва
прокуратура

Масъул
муҳаррир

ю
.
ф
.
д
., 
проф

А
.
Х
.
Саидов
. –
Т
.: 
ТДЮИ
, 2005, -8 
б
.
290
Шорахметов
Ш
.
Ш

Ўзбекистон
Республикасининг
фуқаролик
процессуал
ҳуқуқи

Дарслик
. -
Т
.: 
Адолат
2001. -72 
б



701 
3) prokuror nazorati oliy qonun chiqaruvchi va ijro organlariga, 
O’zbekiston Respublikasi oliy mansabdor shaxslariga, umumiy 
yurisdiksiya sudlariga va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudiga nisbatan tatbiq etilmasligi hisoblanadi.
291 
Prokuratura organlarining tashkiliy faoliyatidagi muhim 
xususiyati uning har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari,
mahalliy organlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ekanligidadir. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasiga ko’ra, 
prokuratura organlari o’z vakolatlarini har qanday davlat organlari,
jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat 
qonunga bo’ysunib amalga oshiradilar.
Shuningdek, prokurorlar o’z vakolatlari davrida siyosiy partiyalar va 
boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to’xtatib turishi to’g’risida
qoida belgilangan. O’zbekiston Respublikasidagi barcha vazirliklar, davlat 
qo’mitalari va idoralari, davlat nazorati idoralari, hokimlar, kimga 
bo’ysinishidan, kimning tasarrufida bo’lishidan va mulkchilik shaklidan 
qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, 
harbiy qismlar, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan 
qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston 
Respublikasining Bosh Prokurori va unga bo’ysinuvchi quyi prokurorlar 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Qonunlarni to’g’ri tatbiq qilish borasida prokuratura organlarining 
faoliyati sudlarga birmuncha o’xshash bo’lsa-da, sudlar o’z faoliyatini odil 
sudlovni amalga oshirishga qaratadilar, prokuror esa, odil sudlovni amalga 
oshirish uchun har tomonlama ko’maklashuvchi organ bo’lib hisoblanadi. 
Demak, sud va prokuratura organlarining qonunlarni to’g’ri tadbiq
qilish yuzasidan nazorat etish vazifasida o’xshashliklar mavjud bo’lsa-da, 
biroq ularni amalga oshirishda sud va prokuror o’ziga xos turli usul va 
shakllardan foydalanadilar.
292 
O’zbekiston prokuraturasi – faqat qonunga bo’ysunuvchi mustaqil 
davlat organi. Prokuraturaga konstitutsiyaviy maqomni berilishi 
prokuratura organlarining samarali faoliyat yuritishining va ularning
mustaqilligining muhim faktori hisoblanadi.
291
Рустамбоев
М
.
Ҳ

Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
ва
прокуратура

Масъул
муҳаррир

ю
.
ф
.
д
., 
проф

А
.
Х
.
Саидов
. –
Т
.: 
ТДЮИ
, 2005, -8 
б

292
Мамасиддиқов
М
.
М
., 
Шодмонов
Ф
.
Ю
., 
Алимарданов
Х

Фуқаролик
процессида
про
-
курор
иштироки

Ўқув
-
амалий
қўлланма

Ю
.
ф
.
н

Ш
.
Б
.
Мустафоев
таҳрири
остида
. –
Т
.: 
Ўзбекистон
Рес
-
публикаси
Бош
прокуратурасининг
Олий
ўқув
курси
- 2014. – 100 
б



702 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (118-120 m.m.) va 
“Prokuratura to’g’risida”gi qonun (1-m.) O’zbekiston Respublikasi 
prokuraturasining davlat-huquqiy statusini qonuniy mustahkamlagan. 
Qonunga muvofiq, prokuratura O’zbekiston Respublikasi hududida
amalda bo’lgan qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiruvchi yagona markazlashtirilgan organlar tizimi hisoblanadi. 
Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari «Prokuratura 
to’g’risida» gi qonunining 4-moddasida belgilangan.
Prokuratura organlari o’z faoliyatini quyidagi asosiy yo’nalishlar 
bo’yicha amalga oshiradi: 
–vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan 
qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; 
–fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan 
qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish; 
–O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat 
qo’mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi 
ustidan nazorat qilish; 
–tezkor-qidiruv faoliyatni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga 
oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat 
qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 
–jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
–sudlarda jinoyat ishlari ko’rib chiqilayotganda davlat ayblovini 
quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar 
to’g’risidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni ko’rishda ishtirok etish, 
qonunlarga zid bo’lgan sud hujjatlariga protest keltirish;
–soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi 
jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek, davlatga
etkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi 
ustidan nazorat qilish;
–ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy 
jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish 
chog’ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; 
–qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish ishida ishtirok etish. 
Demokratik davlatning muhim talabi ham davlat organlari, jamoat 
birlashmalari va jamoalar, mansobdor shaxslar Konstitutsiya va 


703 
qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishlari, ular tomonidan qabul 
qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga 
muvofiqligidir. Prokuratura organlari faoliyati va kuchi qonun 
ustuvorligini mustahkamlash, uning barqarorligi, bir xilda qo’llanilishini 
ta’minlash hamda mamlakatimiz Konstitutsiyasida oliy qadriyat sifatida 
e’lon qilingan fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquq 
va erkinliklarini himoya qilishga yo’naltirilgan. 
Prokuratura organlari faoliyati har bir prokuror tomonidan qonun 
ustuvorligini ta’minlash, ular faoliyati mamlakat hududida barchaning 
qonun oldidagi tengligi va barchaga qonunning bir xil tatbiq etilishini 
ta’minlashga qaratilganligida ko’rinadi. Bunda Konstitutsiyaning 
18-moddasida belgilangan qoida nazarda tutiladi, unga muvofiq 
“O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bil xil huquq va 
erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida
tengdirlar”. 
“Prokuratura to’g’risida”gi qonunning amaldagi tahririga muvofiq, 
O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari 
qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, 
fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun
bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini, O’zbekiston Respublikasi 
konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish 
va profilaktika qilishdan iborat (Qonunning 2-moddasi).
Prokuror o’zining har xil sohalardagi faoliyatida keng vakolatlarga 
ega bo’lib, ularning qo’llanilishi unga o’zining faoliyatini samarali amalga 
oshirishga imkon beradi, ya’ni – birinchi navbatda, inson huquq va 
erkinliklari himoyasini ta’minlashda. Bu vakolatlarni tatbiq etish 
prokurorning nafaqat huquqi, balkim majburiyati hamdir. Misol uchun,
inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi
vakolatlar, prokurorga ma’lum bo’lgan fakt, davlat boshqaruvi organlari, 
o’zini o’zi boshqarish organlari, mansabdor shaxs va boshqa shaxslarning 
fuqarolarning huquqlarini buzuvchi qonunsiz harakatlariga tezkorlik 
bilan munosabat bildirish majburiyatini ko’rsatadi.
Ko’pchilik holatlarda prokuror tomonidan yuqorida qayd qilingan 
faoliyatni amalga oshirish uchun asos, kelib tushgan ariza va 
shikoyatlardan ma’lum bo’lgan qonun buzilish hisoblanadi. “Prokuratura 
to’g’risida”gi qonunning 7-moddasi prokuratura organlarining 
fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning 
murojaatlarini ko’rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va 


704 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko’rishga oid
vakolatlarini nazarda tutadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini
tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 
Farmonining ijro etilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri va O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori zimmasiga 
yuklanganligini ham qayd etish lozim.
Yangi tahrirdagi “Prokuratura to’g’risida”gi qonunda prokuror 
nazoratining quyidagi tarmoqlari: qonunlar ijrosi ustidan nazorat; 
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazorat;
jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan 
qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat; ushlab turilganlarni, qamoqqa 
olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy 
ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog’ida qonunlarga rioya qilinishi 
ustidan nazorat qayd qilingan. Bulardan tashqari, qonun sudlarda ishlarni 
ko’rishda prokurorning vakolatlari va prokuror nazorati belgilangan. 
O’zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi 
prokurorlar vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, fuqarolarning 
o’zini-o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar, 
O’zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari, vazirliklar, davlat 
qo’mitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari tomonidan 
qonunlarning ijro etilishi, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinayotgan 
hujjatlarning O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga 
muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. 
Prokuror nazoratni amalga oshirish jarayonida prokuror faoliyati bilan 
bog’liq asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qonun buzilishining 
mohiyatiga qarab qo’llaydi. Bu hujjatlar prokuror nazorati hujjatlari deb 
nomlanadi. “Prokuratura to’g’risida”gi qonunda quyidagi prokuror 
nazorati hujjatlari belgilangan: protest (38-modda), qaror (39-modda), 
taqdimnoma (40-modda), ariza (41-modda) va ogohlantiruv (42-modda). 
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi
prokurorlar qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali, 
jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini ta’minlash maqsadida 
prokuratura organlari tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruv va dastlabki 
tergovni amalga oshiradigan tegishli organlarning faoliyatini 
muvofiqlashtiradilar, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning huquq va 


705 
erkinliklarini buzish holatlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini
amalga oshiradilar. 
Mamlakatda qonun ustuvorligi, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning 
barqarorligini ta’minlashda prokuratura organlari faoliyati 
samaradorligini oshirish va rolini kuchaytirish maqsadida va demokratik 
islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha jamiyat ehtiyojlarini hisobga olgan 
holda milliy qonunchilikka prokuratura organlari faoliyatini belgilovchi 
huquqiy asoslarini takomillashtirish, uning vakolatlarini kuchaytirishga 
yo’naltirilgan bir qator o’zgartirishlar kiritildi.
2001-yilni 6-iyulidan Bosh prokuratura huzurida Soliq va valyutaga 
oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish 
Departamenti va uning joylardagi bo’linmalar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Prokuraturaning huquqni himoya qilishga oid profilaktik funksiyasi, 
uning muhim ijtimoiy vazifalarni, davlatning strategik manfaatlari 
himoyasi bilan bog’liq bir qator yo’nalishlardagi faoliyati jiddiy 
kuchaytirildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi 
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2833-sonli 
Qarori asosida - Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka 
qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi; Voyaga 
etmaganlar ishlari bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi; Odam
savdosiga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha respublika idoralararo komissiyasi 
faoliyatlarini muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasiga yuklandi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson 
huquq va erkiniliklarining ishonchi himoyasini ta’minlashda prokuratura 
organlarining rolini kuchaytirish to’g’risida”gi 2017-yil 18-apreldagi 
5019-sonli Farmoni asosida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
va uning joylardagi organlari tizimi va strukturasi takomillashtirildi. Bosh 
prokuratura strukturasida Ijtimoiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat 
boshqarmasi, Iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi, 
Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish bo’limi tashkil qilindi, 
hamda boshqa tarkibiy tuzilmalarga o’zgartirishlar kiritildi. Farmon bilan 
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
7-fevralidagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 
harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmonida belgilangan 


706 
ustuvor yo’nalishlarning bajarilishini ta’minlash prokuratura organlarining 
asosiy vazifasi hisoblanishi belgilandi. 
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o’zining vakolatlari 
doirasida chet el davlatlarining prokuratura va vakolatli organlari hamda 
ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlari bilan aloqalarni amalga oshiradi,
bu O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarining 
muhim yo’nalishi hisoblanadi. Bosh prokuratura O’zbekiston Respublikasi 
va uning fuqarolari manfaatlarini qamrab oluvchi uyushgan, 
transmilliy, odam savdosi, narkotrafik bilan bog’liq jinoyatchilik, boshqa 
iqtisodiyot, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda 
o’zining imkoniyatlarini chet el davlatlarining huquqni muhofaza qiluvchi 
organlari bilan hamkorlik va kuchlarni birlashtirishga qaratib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-may kunidagi 
“Elektor energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol
qilish sohasida to’lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro 
ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Farmoni asosida O’zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilib, uning vazifasi, 
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so’zsiz ijrosini ta’minlash, 
eleektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish,
talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish, oldini olish va boshqa bir 
qator vazifalarni bajarish hisoblanadi. 
Prokuratura organlari faoliyatiga oid qonunchilikka kiritilgan 
o’zgartishlarning tahlili shundan dalolat beradiki, bu o’zgartishlar birinchi 
navbatda, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini, 
davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga, mamlakatda qonun
ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni va huquqtartibotni mustahkamlash-
ga yo’naltirilgan. Yuqorida qayd qilingan vazifalarni muvoffaqayatli
bajarilishida prokuratura organlarining roli nixoyatda muhumligi e’tiborga 
olinib 2016-yil 19-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi prokuratura
organlari xodimlari kunini belgilash to’g’risida”gi Qonunga muvofiq
8-yanvar O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari 
kuni deb belgilandi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish